§
6.
Tender sardolarida g‘olibni aniqlashga
ta’sir etuvchi omillar tahlili
Tender savdolarida g‘olibni aniqlash ikki xil usul bilan amalga
oshiriladi —
baho asosida tanlash
(inglizchada, cost based selection
— CBS) va
sifat asosida tanlash
(inglizchada, quality based
selection — QBS). Savdo natijalarini umumlashtirarkan, tender
tashkilotchilari, ushbu ikki usulni birgalikda qo‘llash orqali xulosa
chiqaradilar. Bunda tovarlar yetkazib
berish taklifni baholashda
baho va sifat omiUarining nisbati, xizmatlar ko'rsatishdagi ushbu
omillar nisbatini baholashdan tubdan farq qiladi.
Savdo predmetining turlichaligidan, baho va sifat omillarini
turli nisbatlaridan foydalanuvchi baholash
usullari mos ravishda
ishlatiladi.
Tender savdolari tarixida, faqatgina, eng past so‘ralgan
baholarga asoslanib, g'olibni aniqlash davrlari ham yuz bergan.
Ushbu tanlov usuli judda oddiy va samarali bo'lgan. Ammo,
buyurtmachilar eng past baholar bu talab etiladigan sifat emasUgini
tezda tushunib yetganlar va faqatgina,
savdoda ishtirok etayotgan
mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va maslahatchilar buyurt-
machiga o'zlarining yuqori sifat ko'rsatkichlari bilan oldindan
ma’lum bo'lgan holatgina bundan mustasno.
Shu sababdan, tender
savdolarining rivojlanib borishi bilan buyurtmachilar tanlov
hujyatlarida sifat ko'rsatkichlari bo'yicha qator talablarni qo'yishga
majbur bo'ldilar va ushbu ko'rsatkichlar ko'pchilik holatlarda
tanlovning asosiy mezoni bo'lib qolmoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining yo'riqnomalari, tovar hamda
xizmatlarni xarid qilish bo'yicha
namunaviy hujjatlarida, yirik
xaridlar uchun tenderlarni amalga oshirishda baho omili bilan bir
qatorda sifat omillariga ham katta e’tibor berish talab etiladi.
Miqdoriy ifodalash mumkin bo'lmaydigan xarid turlari uchun
tanlovlarda sifat omilining nisbati ancha yuqoridir. Boshqacha
62
aytadigan bo1 Isa, xarid predmetini qanchalik aniq va to‘liq ifodalash
mumkin bolsa, bunday holatlarda
baho omiUning nisbati sifat
omiliga qaraganda yuqori bo‘ladi. Tender takliflarini baholash
amaliyotida baho va sifat nisbat quyidagicha ifodalanadi, masalan,
70:30, 80:20 va hakazo.
Ayrim olingan savdo turlari uchun bunday nisbat buyurtmachi
tomonidan tender hujjatlarida oldindan belgilab qo‘yiladi va
natijalami baholashda majburiy mezon hisoblanadi. 0 ‘z navbatida,
savdo natijalarini baholashda boshqa baholovchilar jahon
amahyotida qo£llanilib kelingan tajribalarga asoslangan nisbatlarni
aks ettiruvchi o‘z uslubiyotlaridan foydalanishadilar.
Dostları ilə paylaş: