masofada ichki tashish xarajatlari miqdori va sug'urta qilish
xarajatlari... foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar miqdori,
quwati
va boshqa uskunalarga mos kelishi, ehtiyot qismlaming mavjudligi
va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari..., shuningdek, perso-
nalni o‘qitish, texnik xavfsizlik va atrof-muhitga ta’siri birlamchi
darajada e’tibor berilishi lozim».
Xuddi shunday ko‘rsatmalar Jahon bankining namunaviy
tender hujjatlarida ham
o ‘z
ifodasini topgan (WB Standard Bidding
Documents). Ushbu hujjatning 26.4 punktida «buyurtmachi to
monidan talabgoming hujjatlarini baholashda, bahoga qo‘shimcha
tarzda.... quyidagi omillaming biri yoki bir nechtasi inobatga
olinishi shart...: a) buyurtmachining mamlakatida
tovam i
yetkazib
berish bilan bog‘liq ichki transport, sug'urta va boshqa xarajatlar...,
b) yetkazib berish muddatlari..., v) to‘lovni amalga oshirishda
jadvaldan chetga chiqish..., g)
komponentlar, zaruriy ehtiyot
qismlar va xizmat ko‘rsatish qiymati, d) buyurtmachining
mamlakatida ehtiyot qismlar va sotishdan so‘nggi xizmat ko‘r-
satishning mavjudligi..., e) ekslpluatatsiya va xizmat ko‘rsatish
uchun ko‘zda tutilayotgan xarajatlar m iqdori..., j) asbob-
uskunaning ishonchlilik darajasi va quwati...va boshqa o‘ziga xos
omillar...».
Yuqorida keltirilgan ikkala yo‘riqno
та ham
agar buyurtmachi
uchun muhim bo‘lsa, tovarlar yetkazib berishda nafaqat baho,
balki sifat omillarini ham inobatga olish zarurligini ta’kidlamoqda.
Tovarlarni yetkazib berishda sifat omillarini hisobga olish Jahon
banki yo‘riqnomasining 2.51 punktida «baholash qiymatining eng
past miqdorini aniqlashda, baholab bo‘lmaydigan
omillarni iloji
boricha pul k o £rinishida yoki yalpi m iqdor ko‘rinishida
aniqlanadi...». Eng past baholarni aniqlashda, baholovchilar,
talabgor mol yetkazib beruvchining baholariga ma’lum summalami
qo‘shib hisoblaydilar (o‘rtacha yillik ekspluatasiya xarajatlarini
q o ‘shib hisoblash mumkin), yoki pul ko‘rinishida ifodalab
b o ‘lm aydigan om illarn i inobatga olish u ch u n tu z a tish
koeffisiyentlaridan foydalanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida davlat
ehtiyojlari uchun tovarlar
xaridini amalga oshirishda tender savdolarida g‘olibni baholash,
64
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 21-
noyabrdagi 456-sonli qaroriga ilova qilingan «Xom ashyo,
materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish
bo'yicha tender savdolari o‘tkazish to ‘g‘risida»gi Nizomga asosan
amalga oshiriladi.
Xalqaro amaliyotda kuzatilganidek, tovarlar yetkazib berish
uchun tuziladigan tenderlarda baho aniqlovchi tusga ega ekanligini
kuzatish mumkin: «...taklif etilgan narxlaming o‘rtacha jahon va
konsalting firmasi, yoki Iqtisodiyot
vazirligi huzuridagi Tovar
bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari
va dasturlarini ekspertiza qihsh respublika markazi yoki Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xulosalari
bo‘yicha bozor kon’yunkturasida yuzaga kelgan narxlarga mosligiga
asosan amalga oshiriladi» (yuqoridan qayd etilgan Nizomning 10-
moddasi).
Ammo, baho tanlovning yagona omili emasligi va albatta sifat
ko'rsatkichlari ham inobatga olinishiga e’tiborni qaratish lozim
«...taqdim etilgan tender takHflarining qo‘shimcha texnik, tashkiliy
va tijoriy ustunliklari hamda tender qatnashchisining obro‘-e’tibori
ham e’tiborga olinishi mumkin».
Alohida e’tiborli xususiyat shundaki,
Respublikada tender
savdolari bo‘yicha talabgorlar taklifini baholashda mahalliy ishlab
chiqaruvchilarga baho imtiyozlari taqdim etilgan: «...agar tenderda
xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga mamlakatimiz korxonalari,
ishlab chiqaruvchilari ishtirok etsa, bu korxonalarga tovarlar va
xizmatlar davlat xaridi... tender savdolarida ishtirok etganda 20
foizgacha miqdorda narx imtiyozlari beriladi» (yuqoridagi Nizomga
maxsus X-I bo‘lim kiritilgan bo‘lib, ushbu bo‘limning 55-punktida
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida g‘olibni aniqlashda baho
imtiyozlarini taqdim etish shartlari keltirilgan).
Yuqoridagi Nizomning quyidagi ikki punkti, tender g‘olibini
aniqlashning ustuvor mezoni baho omili ekanligini ko‘rsatadi:
«mamlakatimizning boshqa korxonalari — ishlab chiqamvchilariga
nisbatan, lekin qo‘shimcha qiymat solig'i summasiga qo'shib
hisoblagan holda import tovarlar yetkazib berish (ishlami bajarish,
xizmatlar ko'rsatish) bo‘yicha eng
yaxshi narxdan oshmaydigan
Dostları ilə paylaş: