124
27-MAVZU
INNOVATSION FAOLIYAT
Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yan
-
gilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz
emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi
davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga,
innovatsiyaga tayangan
davlat yutadi.
Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etish
-
ni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, inno
-
vatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Rasmlarda ifodalangan mahsulotlarning odatdagi mahsulotlardan ajralib
turadigan xususiyati nimada deb o‘ylaysiz?
2. Ushbu mahsulotlarning o‘ziga xos xususiyatlarining afzalligi nimada?
3. Siz o‘zingiz ham biron-bir mahsulotni noodatiy
holda ishlab chiqarish
haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
INNOVATSIYALAR
Sizga ma’lumki, mamlakatimizda 2018-yil «Faol tadbirkorlik, inno-
vatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»
deb nom-
landi. Xo‘sh, innovatsiyaning o‘zi nima?
Innovatsiya
(ingl. «
innovation
» – yangilik, novatorlik) – yangi tex
-
nologiya, mahsulot va xizmatlar turi,
ishlab chiqarish, mehnat, xizmat
ko‘rsatish va boshqaruv ko‘rinishidagi yangiliklarning qo‘llanilishi.
125
Demak, bundan ko‘rinadiki, agar
siz shu vaqtga qadar mavjud
bo‘lmagan yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni yo‘lga
qo‘ysangiz, u holda innovatsiyani amalga oshirgan bo‘lasiz.
BILASIZMI?
Innovatsiya tushunchasini birinchi bo‘lib avstriyalik iqtisodchi
Y.
Shumpeter muomalaga kiritib, beshta jihatini belgilab bergan:
– yangi texnika va texnologik jarayonlardan foydalanish;
– yangi xossalarga ega bo‘lgan
mahsulotni joriy etish;
– yangi xomashyodan foydalanish;
– ishlab chiqarish va uning moddiy-texnik ta’minotini
tashkil etish
-
dagi o‘zgarishlar;
– yangi sotish bozorlarining paydo bo‘lishi.
Dostları ilə paylaş: