U. G‘afurov, Q. Sharipov


Shaxsiy yordamchi xo‘jalik



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

 
Shaxsiy yordamchi xo‘jalik 
– qishloq joylarda yashovchi fuqarolarning o‘z 
tomorqasidagi shaxsiy mehnati orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 
bilan shug‘ullanishiga asoslangan oilaviy xo‘jalik.
Startap
(ingl. «
startup company
», «
startup
» – harakatni boshlayotgan) – o‘z 
faoliyatini innovatsion g‘oyalar yoki texnologiyalarga asoslangan holda yurituvchi 
yangi tashkil etilgan kompaniya, firma yoki biznes loyiha.
Ta’sis shartnomasi – 
muassislarning
 
korxonani tashkil etish chog‘ida o‘zaro 
kelishib olingan asosiy shartlarini ifodalovchi yuridik hujjat.
Tadbirkor
tadbirkorlik layoqatiga, ya’ni qandaydir turdagi tovar ishlab 
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil eta olish borasida bilim
ko‘nikma va tajribaga ega shaxs.
Tadbirkorlik riski – 
resurslardan samarali foydalanish mumkin bo‘lgan ho
-
latdan chetga chiqish va buning oqibatida resurslarni
 
yo‘qotish
 
xavfi.
Tadbirkorning huquqi
– davlat tomonidan tadbirkor uchun foydalanishi bel
-
gilangan yoki ruxsat berilgan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi.
Tadbirkorning javobgarligi
– bu tadbirkor xatti-harakatining belgilangan 
qonun me’yorlari, ijtimoiy va axloqiy qoidalarga muvofiqligi yuzasidan javob 
berish majburiyati. 
Tadbirkorning majburiyati
– davlat tomonidan tadbirkor uchun rioya etilishi 
yoki bajarilishi shart etib belgilangan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi.
Tannarx – 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining puldagi ifodasi.
«Yagona darcha» markazi – 
aholi va korxonalarga turli davlat xizmatlari 
ko‘rsatish, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan 
shug‘ullanuvchi maxsus idora.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin