U. G‘afurov, Q. Sharipov



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

MOLIYAVIY TADBIRKORLIK
Siz, shuningdek, maxsus bilim va ko‘nikmalar talab qiluvchi moliyaviy 
tadbirkorlik turi bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin.
Moliyaviy tadbirkorlik
– pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi 
bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati.
Moliyaviy tadbirkorlikda qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar 
va boshqalar), valuta qimmatliklari va milliy pullar oldi-sotdi qilinishi 
uning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy tadbir
-
korlikni tashkil etish uchun tijorat banklari, moliya-kredit kompaniyalari
fond, valuta birjalari va boshqa shu kabi maxsus muassasalar faoliyatini 
yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. 
SUG‘URTA FAOLIYATI
Hayot turli tasodiflarga, kutilmagan hodisalarga to‘la. Har qanday ki-
shi kutilmaganda sog‘lig‘ini, tabiiy ofat yoki baxtsiz hodisa tufayli mol-
mulkini yo‘qotishi mumkin. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida hech 
kimning faoliyat natijasi to‘liq kafolatlanmagan bo‘lib, korxonalar moli
-
yaviy inqirozga yuz tutishi mumkin. 
Shunday holatlarda sug‘urta faoliyatiga ehtiyoj seziladi.


12
Sug‘urta – 
turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan 
moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati.
Sug‘urta faoliyati ham tadbirkorlikning maxsus turi hisoblanadi. Unga 
mulk sug‘urtasi, hayot va sog‘liqning shaxsiy sug‘urtasi, risk sug‘urtasi, 
javobgarlik sug‘urtasi kabilar kiradi. Umumiy holda sug‘urta tadbirkorli
-
gini sug‘urta xizmatlarining oldi-sotdisi sifatida tavsiflash mumkin. 
TADBIRKORLIK TURLARINING UMUMIY TAHLILI
Siz shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlik turidan muvofiqini tanlash 
uchun har bir tadbirkorlik turining xususiyatli belgisi bo‘yicha ma’lumot-
larni umumiy jadval yordamida tahlil qilishingiz mumkin. Bunda muayyan 
belgining murakkablik darajasini baholash uchun «past» – 1 ball, «ahami
-
yatli» 
– 2 ball, «yuqori» – 3 ball bilan ifodalab olamiz.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin