13
kabligining turli darajalarini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, siz ham xususiyatli
belgilarini baholash orqali o‘zingiz shug‘ullanishingiz mumkin bo‘lgan
tadbirkorlik turini tanlashingiz mumkin.
TADBIRKORLIK SHAKLLARI
Tadbirkorlik
turlari bilan bir qatorda, tadbirkorlik shakllarini ham
to‘g‘ri tanlash muhim hisoblanadi.
Tadbirkorlik shakli
–
faoliyat yuza
-
sidan hamkorlar, boshqa tadbirkorlar va davlat
idoralari bilan munosabati
jihatidan farqlanuvchi belgilar tizimidir.
Tadbirkorlikning muayyan shakli bozorning holati va tadbirkor ixti
-
yorida kapitalning mavjudligi orqali belgilanadi. Tadbirkorlikning asosiy
shakllariga
yakka tartibdagi tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi, korporativ
tadbirkorlik kiradi. Tadbirkorlik har bir shaklining o‘ziga
xos xususiyat
-
larini keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz.
BU QIZIQ...
Berto Jekobs va uning ukasi Jon hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatni
ham sotish mumkin degan qarorga keldilar. Buning uchun ular «Life
is good» brendini yaratdilar. Dastlab 1984-yilda 48 ta futbolkaga shun
-
day shiorli logotiplar bosildi. Ular Boston shahrida to‘g‘ridan to‘g‘ri
avtofurgonda sotila boshlandi. 45 daqiqa ichida barcha kiyimlar soti
-
lib bo‘ldi! Shunda aka-uka kishilarga optimizm ulashish ham boylikka
olib borishi mumkinligini tushunib yetdilar. Bugungi kunda «Life is
good» brendi mahsulotlari AQSHning o‘zida 4500
ta savdo shoxob-
chasida sotiladi, dunyoning 27 ta mamlakatida uning filiallari mavjud.
Jami do‘konlari soni yuzga yaqin. Kompaniyaning foydasi 2007-yilda
100 million dollarga yetgan.
Dostları ilə paylaş: