6
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi
bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari
yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik
faoliyati bilan shu-
g‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 28-modda
Shu
bilan birga, ayrim sabablarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar yoki guruhlar mavjud. Bularga:
– davlat organlari;
– davlat organlarining
mansabdor shaxslari;
– tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etil
-
gan boshqa shaxslarni kiritish mumkin.
TADBIRKORLIK UCHUN NIMALAR ZARUR?
Siz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishingiz uchun quyidagilar ta
-
qozo etiladi:
– biznes-g‘oyaga ega bo‘lish;
– biznes-g‘oyani amalga oshirish uchun aniq xatti-harakatlar rejasi (biz
-
nes-reja) ishlab chiqish;
– tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan
dastlabki
(boshlang‘ich) kapitalga ega bo‘lish;
– tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli moddiy resurs
-
lar va shart-sharoitlarga ega bo‘lish.
BU QIZIQ...
1997-yili kollejda birga tahsil olgan do‘stlar Internetdan har qan
-
day ma’lumotni topib bera oladigan algoritmni yaratish g‘oyasi bilan
qiziqqan vaqtlarida buning
nima bilan yakun topishini, hatto tasavvur
ham qilmaganlar. Bu vaqtda ular yaxshi ta’lim olishga intiluvchi yosh
talabalar edilar. Algoritm yaratish ustida
ishni davom ettirish uchun
vaqt yetmagani uchun ular o‘z ishlanmalarini «Yahoo» kompaniyasiga
1 mln. dollarga sotishga qaror qildilar. «Yahoo» bilan savdolashish
narxi 500
ming dollargacha bordi, biroq oxir-oqibat algoritmni sotish
-
7
dan voz kechdilar. Yigitlar algoritm ustida ishlashni davom ettirdilar.
Natijada hozirda qiymati 250 mlrd. dollarga baholanayotgan «Google»
kompaniyasi tashkil topdi.
Dostları ilə paylaş: