5
xatar, muammo va to‘siqlardan cho‘chimasdan, o‘z maqsadiga erishishda
tavakkalchilikka bora oluvchi shaxs hisoblanadi.
3. Mas’uliyat.
Tadbirkorning tashabbusi va tavakkalchiligi ortida uning
mas’uliyati, ya’ni o‘zining xatti-harakati uchun mol-mulki va resurslari
bilan javobgar bo‘lishga tayyorligi turadi.
4. Yangilikka intilish.
Tadbirkorlikning mazmunida yangilikka intilish,
ya’ni o‘z faoliyatini tashkil etish va amalga
oshirishda yanada yuqori
natijalarga erishish uchun muayyan yangilik va o‘zgarishlar kiritib borish
muhim o‘
rin
tutadi.
TADBIRKORLIKNING AHAMIYATI
Siz o‘z oila a’zolaringiz turmush sharoitining yuqori darajada bo‘lishini
xohlaysizmi? Bu sharoit va imkoniyatlarning aksariyat
qismi tadbirkorlik
faoliyati orqali yaratilishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Tadbirkorlik har bir insonni muayyan daromad bilan ta’minlab, uning
o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, turmush
darajasini oshirishga imkon
yaratadi. Agar jamiyatda tadbirkor insonlar ko‘p bo‘lsa, unda tinchlik va
oso yishtalik, barqarorlikka intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Tadbirkor
-
lik yaxshi rivojlangan
jamiyatda yaratuvchanlik, ilm-ma’rifat va saxovat
yetakchi o‘rin tutadi.
Tadbirkorlik o‘z faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali
davlat budjeti daromadlarini ham ta’minlaydi. Budjet mablag‘lari qanchalik
ko‘p bo‘lsa, jamiyat a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar,
yo‘llar,
tibbiyot muassasalari, o‘quv maskanlari va boshqalar)ni yanada
yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Demak, tadbirkorlikning ahamiyati uning
har bir shaxs, jamiyat va davlatning imkoniyatlarini
kengaytirishi orqa
-
li namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati
davlat tomonidan muhofaza qilinadi va qo‘llab-quvvatlanadi.
Dostları ilə paylaş: