16
To‘planadigan ma’lumotlar manbaiga qarab: bevosita, hujjatli va so‘roq
orqali o‘tkaziladigan kuzatishga bo‘linadi.
Bevosita kuzatish, o‘rganiladigan hodisalar belgilarini qayd qiluvchilar
tomonidan o‘lchash, sanash, qarab chiqish natijasida
faktlarni aniqlash asosida
amalga oshiriladi.
Masalan: inventarizatsiya natijasida tovar qoldiqlarini aniqlash va hokazo
shu singarilar.
Hujjatli kuzatish ma’lumotlar manbai sifatida turli hujjatlardan foydalanish
asosida amalga oshiriladi. Ma’lumki korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi
hisobotni
tuzish uchun, buxgalteriya hisobining hujjatlaridan foydalaniladi.
So‘roq orqali kuzatish esa so‘roq qilinayotgan shaxslarning javoblari asosida
olinadigan ma’lumotlar orqali amalga oshiriladi. Kuzatishning bu turi axolini
ro‘yxatga olish, turli sotsiologik va ko‘pchilik fikrini o‘rganish singari tadbirlarga
xosdir. Statistik kuzatish usullari bo‘yicha ham, ya’ni statistik ma’lumotlarni
to‘plash usuli bo‘yicha ham farqlanadi.
Kuzatishning hisobot, ekspeditsion, o‘z-o‘zini qayd
qilish va anketa orqali
kuzatish usullari qo‘llaniladi.
Hisobot usuli turli tashkilot, korxona va muassasalar belgilangan
muddatlarda tekshiradigan hisobotlarga asoslangandir.
Ekspeditsion usulning
mohiyati shundaki, har bir kuzatish birligiga
maxsus
shaxslar - hisobchilar (qayd qiluvchi)lar yuboriladi. Ular maxsus formulyarlarda
kuzatiladigan xodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni qayd qiladi.
O‘z - o‘zini qayd qilish usuliga muvofiq
maxsus xodimlar tomonidan
tegishli blankalar bilan ta’minlanadi va ularni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar
beriladi. Blankalarni esa o‘zlari to‘ldiradilar.
Anketa orqali kuzatishda esa, ma’lum doiradagi shaxslarga maxsus anketalar
(so‘roqnomalar) beriladi yoki matbuotda e’lon qilinadi. Bu anketalarni ixtiyoriy.
Statistik kuzatishning turi va usullarining tanlash bir qancha omillarga
bog‘liqdir, ulardan eng muhimlari, kuzatish
maqsadlari va vazifalari,
kuzatilayotgan ob’ekt xususiyatlari, natijalarining aniqlanish muddati, maxsus
kadrlarning mavjudligi, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan
texnik vositalarningmavjudligi va shu singarilardir.
Dostları ilə paylaş: