boshqarmalari, respublikaning boshqa shaharlarida va tumanlarida – statistika
bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.
Tegishli Hokimlarga qarashli bu statistika organlari, barcha xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlardan hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qiladi, to‘g‘riligini nazorat
qiladi va qayta ishlab, umumlashtirib, mamlakatning boshqaruv organlari va
qiziquvchilarga yetkazib beradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘qrisida”gi qonunning 6-
moddasida “Davlat statistika organlarining huquqlari” shunday ifodalangan:
•
davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga
solish ishlarini amalga oshirish;
•
davlat statistika organlari va boshqa davlat organlari tomonidan olib
boriladigan davlat statistikpa kuzatuvlari dasturlarini tasdiqlash hamda idoraviy
xususiyatdagi statistika kuzatuvlari shakllarini kelishib olish;
•
moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idoralar va
xizmatlardan, yuridik shaxslar hamda ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy
shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlari,
idoraviy hisobga olish ma’lumotlari hamda davlat statistika ishlarini olib borish uchun
zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida),
shuningdenk ularga ilova etiladigan tushuntirish-izohlarni surash hamda olish va
statistika maqsadlarida foydalanish;
•
korxonalar,
muassasalar
va
tashkilotlarda
statistika
ma’lumotalri
ishonchliligini tekshirish, qoidabo‘zarliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish
haqida ko‘rsatma beri shva statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
•
olinayotgan statistika ma’lumotlarining to‘liqligi hamda holisligini
ekspertizadan o‘tkazish;
•
statistika ma’lumotlarini taqdim etayotgan davlat organlari, yuridik
shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka
tartibdagi tadbirkorlar bajarilishi majburi bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qilish;
•
davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini bo‘zgan shaxslarga
nisbatan qonunga muvofiq ravishda jarima sanksiyalarini qo‘llash;
•
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish ishini amalga oshirayotgan organlardan korxonalar va tashkilotlarning yagona
davlat registrini yuritish uchun zarur ma’umotlar olish;
•
Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistikaga oid, tahliliy,
axborot, noshirlik xizmatlari va boshqa xizmatlarni shartnoma asosida qonun
hujjatalrida belgilangan tartibda ko‘rsatish;
11
•
boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari
bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish;
•
ayrim vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: |