U хudoyberdiev, B. Aliev


 Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va



Yüklə 340,94 Kb.
səhifə15/79
tarix15.10.2023
ölçüsü340,94 Kb.
#155966
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3.3. Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va 
ularga qo‘yiladigan talablar. 

Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash statistik jadvallarda


amalga oshiriladi. Statistik jadvallar gorizantal qatorlar va vertikal ustunlardan
iborat shakldir. Qatorlar va ustunlar kesishgan katakchalarga statistik ma’lumotlar
joylashtiriladi. Eng avvalo statistik jadvalning maketi tuziladi. Unda jadval qanday
ko‘rinishga ega bo‘lishi, nechta qator va ustunlar bo‘lishi belgilab olinadi.
Ma’lumotlar tahlil qilishga ung‘ay bo‘lishi lozim.
Demak, ommaviy hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
ko‘rinarli, tushunarli va ixcham tarzda tegishli qator va ustun katakchalarga tartib
bilan yozish statistik jadval deyiladi.
Har bir statistik jadval ega va kesimdan tashkil topadi. Jadval egasi bo‘lib,
o‘rganilayotgan ko‘rsatkich hisoblanadi va gap nima ustida borayotganligini
anglatadi. Jadval kesimi esa jadvalning egasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bo‘ladi.
Ko‘pincha jadval egasi qatorlarda, kesimi esa - ustunlarda ko‘rsatiladi. (ayrim
hollarda teskarisi bo‘lishi ham mumkin.)
Statistik jadvallar egasining tuzilishiga qarab: oddiy, guruxli va
kombinatsion (aralash) jadvallarga bo‘linadi.
Statistik kuzatish ob’ekti, xududi yoki boshqa xodisalar ega bo‘lib tuzulgan
jadvallar oddiy statistik jadvallar deyiladi. Bunday jadvallarda ko‘shimcha ishlar



23
kam bo‘lib, jadvalga ma’lumotlar kuzatish materiallaridan olinadi. Masalan, (3.3.1


- jadvalga qarang)
3.3.1. - jadval 
O‘zbekistonda asosiy chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 


O‘tgan yil

Joriy yil 
Joriy yilni o‘tgan 
yilga nisbati, % 
Go‘sht(tirik vaznda)
800,6
801,1
100,1
Sut
3403,9
3405,6
100,0
Tuxum, mln. dona
1057,1
1057,3
102,0

Jadval egasi biror belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratilib tuzulsa guruxli


jadvallar deyiladi. Masalan, (3.3.2 - jadvalga qarang).


Yüklə 340,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin