21
Statistik ma’lumotlar bir belgi yoki maqsadga muvofiq bir nechta belgilar
asosida guruhlanishi mumkin. Ikki va undan ortiq belgilari bo‘yicha guruhlashlar
kombinatsion (aralash) guruhlashlar deyiladi.
Statistik ma’lumotlarni guruhlashda dastlab guruhlash oralig‘ini aniqlab
olish lozim. Guruhlash teng oraliqli va tengsiz oraliqli bo‘lishi mumkin. Bu
kuzatilgan xodisa va jarayonlar mohiyatidan, guruh soni
va belgi xususiyatlariga
bog‘liq.
Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil oraliq miqdori
tushiniladi va u quyidagicha aniqlanadi.
Xmax - Xmin
i = --------------------- ; bu yerda: i – oraliq kattaligi (miqdori)
n
Xmax - guruhlash belgisining eng katta miqdori (varianti);
Xmin - guruhlash belgisining eng kichik miqdori (varianti);
n - guruhlar soni.
Ko‘pincha guruhlar soni aniq bo‘ladi. Bu kuzatish maqsadi va vazifasidan
kelib chiqib, ularni to‘liq amalga oshirish uchun kerakli sonda bo‘lishi lozim.
Agarda guruhlarning optimal sonini aniqlash lozim bo‘lsa, unda Sterdjess
formulasidan foydalanamiz.
n = 1 + 3,322 lg N: bu yerda N–to‘plamdagi birliklar soni
Teng yoki teng bo‘lmagan oraliqlar yopiq va ochiq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Agar oraliqlar miqdori “dan - gacha” aniq bo‘lsa, bunday guruhlar yopiq oraliq
ko‘rinishidagi; agarda “gacha” dan boshlanib, “undan yuqori” bilan tugasa, ochiq
oraliq ko‘rinishidagi guruhlash bo‘ladi.
Statistik to‘plam ko‘rsatichlarini hisoblash uchun oraliqlarini “yopiq”
holatga o‘tkazish lozim. Buning uchun ochiq oraliq miqdoriga yonidagi yopiq
oraliq farqi asos qilib olinadi yoki guruh belgisi mazmunidan kelib chiqqan holda
yopiladi. Statistik guruhlashlar zamon (vaqt), makon (xududiy) va qanday
vazifalarni hal qilishiga qarab turlarga bo‘linishi mumkin.
Rejalashtirilgan maqsad va vazifani hal qilish nuqtai nazaridan guruhlash:
tipologik, tuzulmaviy (tarkibiy) va analitik bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy xodisa voqealarning bir xil tipdagi o‘zgarishi bo‘yicha
guruhlanishi tipologik guruhlashga kiradi.
Kuzatilgan to‘plam tarkibini o‘rganishda, bir xil tipdagi xodisalarni biror
belgisi bo‘yicha hissalarini aniqlashda tuzilmaviy (tarkibiy) guruhlashdan
foydalaniladi. Masalan: Shahar va qishloq joylarida yashaydigan aholilar hissasini
aniqlash.
Iqtisodiy xodisa va jarayonlar doimo bir-biri bilan bog‘liqlikda bo‘ladi.
Xodisa va jarayonlar belgilarini o‘zaro bog‘liqligi, qanchalik aloqadorligi analitik
guruhlashlardan foydalanib aniqlanadi. Bunda natijaviy belgiga bir yoki bir nechta
omilli belgining ta’sirini aniqlash mumkin.
22
Guruhlashda taqsimot qatorlari tuziladi. Taqsimot qatorlari deb xodisa va
jarayonlarning biror belgi bo‘yicha ma’lum bir tartibda taqsimlanishiga aytiladi.
Har qanday taqsimot qatori 2 elementdan: belgilar va belglar sonidan iborat
bo‘ladi. Atributiv belgilari bo‘yicha tuzilgan qator atributiv taqsimot qatori
deyiladi. Miqdor belgilari bo‘yicha tuzilgan taqsimot qatorlari variatsion qatorlar
deyiladi. Miqdor belgilarning variatsiyalari diskret (uzlukli) va uzluksiz bo‘lishi
mumkin.
Guruhlashda belgi faqat butun sonlar bilan ifodalanadigan bo‘lsa
bunday
gurhlashda diskret (uzlukli) qatorlar tuziladi. Masalan, oilalarni bolalar soniga
qarab guruhlash.
Statistik amaliyotida ma’lumotlarni ikkilamchi guruhlash ham mavjud.
Oldingi guruhlangan ma’lumotlar asosida yangi guruhlarni tuzish ikkilamchi
guruhlash deyiladi. Ikkilamchi guruhlash dastlabki guruhlash oraliqlarini
yiriklashtirish va umumiy yig‘indiga nisbatan ayrim guruhlarning salmog‘ini
aniqlash yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
Umuman, kuzatish ma’lumotlarini guruhlash statistikaning muxim
usullaridan bo‘lib, ommaviy xodisalarning xususiyatlarini
ochib berishda katta
ahamiyatga ega. Ayniqsa hozirgi paytda kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlashda
hozirgi zamon mikro EXMlaridan foydalanib, to‘plamni ko‘p belgilari bilan
guruhlashni qo‘llash yaxshi natijalar beradi.
Dostları ilə paylaş: