v
i
t
k
A
v
i
s
s
a
P
g
n
i
n
i
r
a
l
‘
g
a
l
b
a
m
k
i
l
a
j
‘
o
X
g
n
i
n
r
a
l
u
a
v
i
r
a
l
r
u
t
i
h
s
i
n
a
l
y
o
j
a
m
m
u
S
g
n
i
n
r
a
l
‘
g
a
l
b
a
M
h
s
i
p
o
t
l
i
k
h
s
a
t
i
r
a
l
a
b
n
a
m
a
m
m
u
S
„Balans“ atamasi lotincha
bis — ikki marta, banx — tarozi
pallasi so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, tom ma’noda ikki palla
degan ma’noni anglatadi va
tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida
ishlatiladi.
Aktiv va passiv tomonlarining har bir satrlari
balans moddalari
deb ataladi. Har bir modda yoki uning kelib chiqish manbayi ma’lum
mablag‘ turi holatini aks ettiradi.
Masalan, balans aktividagi „Asosiy
vosita(fond)lar “ moddasi korxonaga qarashli hamma asosiy vositalar
summasini aks ettiradi. Passiv qismidagi „
Mehnatga haq to‘lash
yuzasidan ishchi va xizmatchilardan qarz“ moddasi esa korxonaning
ishchi va xizmatchilariga hisoblangan, lekin hali berilmagan ish haqi
yuzasidan qarz summasini ko‘rsatadi.
Balans aktivida ko‘rsatiladigan moddalarga quyidagilarni misol
qilib keltirish mumkin:
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital
qo‘yilmalar, ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot va boshqalar.
Balans passivida quyidagi moddalar mavjud:
ustav kapitali,
qo‘shilgan kapital, uzoq muddatli qarzlar, qisqa muddatli qarzlar,
kreditorlar va boshqalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
72
Agar u yoki bu fan predmeti deyilganda uning nimani o‘rganishi
tushunilsa, usuli deyilganda o‘sha o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsani
qanday usullar yordamida o‘rganish tushuniladi.
Buxgalteriya hisobining usullari deb, uning predmetini o‘rga-
nishga qaratilgan usullari yig‘indisiga aytiladi. Ayrim usullar uning
elementlari deb atalib, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
hujjatlashtirish
va
inventarizatsiya qilish, baholash va kalkulatsiya qilish, schotlar
tizimi va ikki yoqlama yozish usuli, buxgalteriya balansi va hisobot.
Quyida ushbu usullarning qisqacha mazmunini keltirib o‘tamiz:
Hujjatlashtirish — bu korxona xo‘jalik faoliyatini kuzatib borish,
hisobga olinadigan xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks
ettirishning asosiy usulidir.
Inventarizatsiya — bu hisob ma’lumotlari bilan haqiqat
o‘rtasidagi tafovutni bartaraf qilish uchun korxona mablag‘lari
natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob-
kitob ishlarini tekshirish usulidir.
Baholash — korxona mablag‘lari va ularning kelib chiqish
manbalarining pul o‘lchovida ifodalanishidir.
Kalkulatsiya— ishlab chiqarilgan mahsulot va sotib olingan
moddiy boyliklarning tannarxini aniqlash usuli bo‘lib, buxgalteriya
hisobi obyektlari haqida umumlashgan ma’lumotlar olish uchun
zarur.
Schotlar tizimi — hisob obyektlarini ularning iqtisodiy
mazmuniga ko‘ra guruhlash uchun xizmat qiladi. Bu esa schotlar
tizimi yordamida korxona xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va reja
topshiriqlarining bajarilishi haqida ma’lumotlar olish imkonini
beradi.
Ikki yoqlama usul — bu usulning xususiyati shundaki, har
qanday xo‘jalik operatsiyasiga tegishli bir summa buxgalteriya hisobida
shu vaqtning o‘zida ikkitadan kam bo‘lmagan schotda aks ettiriladi.
Xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining schotlarida aks ettirish
ikki yoqlama yozish usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul
xo‘jalik operatsiyasining ikki taraflamaligidan kelib chiqadi.
Buxgalteriya balansi — ma’lum bir muddatga xo‘jalik
mablag‘lari holati haqida pul shaklida umumlashgan ma’lumotlar
olish uchun xizmat qiladi. Balansda korxona mablag‘larining
joylanishi va tarkibi, mablag‘lar manbalarining tashkil topishi
haqidagi ma’lumotlar keltiradi.
Hisobot — bu ma’lum bir muddatga korxona ishlab chiqarish—
xo‘jalik faoliyati natijalari haqida umumlashgan ma’lumotlar olish
www.ziyouz.com kutubxonasi
73
usulidir. Balans va hisobot yordamida har bir korxona xo‘jalik faoliyati
natijalari yakunlanadi.
Aytib o‘tilgan buxgalteriya hisobi usulining bunday elementlari
amalda bir-biridan ajralgan holda emas, balki bir butun holda
qo‘llaniladi.
Bozor munosabatlari sohasida xo‘jalikni, korxonani samarali
boshqarish uning xo‘jalik faoliyati, mablag‘-vositalarining ahvoli va
ulardan foydalanish, ularni tashkil etish manbalari to‘g‘risida to‘la
ishonarli iqtisodiy axborotni tezkorlik bilan olish va foydalanishni
talab qiladi.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan
muloqotimizda audit so‘zi ham tez-tez uchrab turadigan bo‘lib qoldi.
Audit o‘zi nima? Bu savolga javob beradigan bo‘lsak, „audit“ so‘zi
turli tarjimalarda „u eshityapti“ yoki „eshituvchi“ ma’nosini ang-
latadi.
Auditning vujudga kelishi korxonani boshqarish (ma’muriyat,
menejerlar) bilan bevosita shug‘ullanadiganlar va uning faoliyatiga
o‘z pullarini sarf qiladiganlarning manfaatlarini taqsimlash bilan
bog‘liqdir.
Angliya auditning tarixiy vatani hisoblanadi. Bu mamlakatda
1844-yildan boshlab kompaniyalar to‘g‘risida qator qonunlar
chiqarilib, ularga muvofiq aksionerlik kompaniyalarining
boshqaruvlari buxgalterlik hisoblarini tekshirish va aksiyadorlar oldida
hisob berish uchun maxsus odamni yilda kamida bir marta taklif
qilishga majbur bo‘lganlar.
Auditning asosiy vazifalariga mijoz bilan shartnomada shartlan-
gan moliya resurslaridan yaxshiroq foydalanish rezervlarini aniqlash,
soliqlarni hisoblab chiqishning to‘g‘riligini tahlil qilish, korxonaning
moliyaviy ahvolini o‘nglashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish,
xarajatlarni va faoliyat natijalarini, daromad va sarfni optimallash
va boshqalar kiradi.
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Balans nimalar asosida tuziladi?
2. Balansning chap qismi nima deb ataladi?
3. Balansning o‘ng qismi nima deb ataladi?
4. Buxgalteriya hisobining usullari deb nimaga aytiladi?
5. Ikki yoqlama usulning xususiyatini tushuntirib bering.
6. Auditning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
74
18. Birja. Birja faoliyati
18. Birja. Birja faoliyati
18. Birja. Birja faoliyati
18. Birja. Birja faoliyati
18. Birja. Birja faoliyati
Birja
Birja
Birja
Birja
Birja — bu bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli. U turli
ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Ishlab chiqarish vositalari bilan ulgurji savdo tovar birjalari
orqali amalga oshishi mumkin. Birja bozor xizmatlari mexanizmining
ajralmas bir elementidir. U bozorning regulatori va savdoning bir
shaklidir. Bozor munosabatlarining dunyo tajribasida ikki xil birja
bo‘lib, ular tovar va fond birjalaridir. Ishlab chiqarish vositalari
bilan savdo tovar birjalarida amalga oshiriladi.
Òovar birjasi
Òovar birjasi
Òovar birjasi
Òovar birjasi
Òovar birjasi — ma’lum xarakteristikaga ega bo‘lgan tovarlar savdo-
sotiq ishlarini olib boruvchi korxonadir. Birjaning ishlash mexanizmi
tovarlarni bozor bahosida savdo-sotiq qilish va hamma qiziquvchi
shaxslar va tashkilotlarni birja savdosiga erkin kira olishiga asoslanadi.
Birja ommaviy bir turdagi mahsuloti bor keng bozorni ko‘zlaydi.
Odatga ko‘ra birja muassasa hisoblanadi va u tor doiradagi tovarlarga
ixtisoslashtiriladi. Ixtisoslashgan birjalar bilan birga universal tovar
birjalari ham mavjud. Bu birjalarda faqat ishlab chiqarish vositalari
savdo qilinmay, balki qimmatbaho qog‘ozlar, valutalar bilan ham
savdo qilinadi.
Bozor munosabatlarini tarkib toptirish ishlab chiqarish
vositalari barcha iste’molchi korxonalarga, korxona egalariga va aholiga
erkin narxlarda sotish imkoniyatlarini yaratishni taqozo etadi. Ushbu
aloqalar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomaviy aloqalar shaklida ulgurji
baholar orqali ulgurji savdo shaklida bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy
boshqarishning bozor usuliga xos bo‘lgan mamlakatlarda ulgurji
savdo tovar birjalari orqali amalga oshiriladi. Òovar birjalari uni
tashkil etuvchilarning pul qo‘yishi orqali aksioner jamiyati singari
tashkil etiladi.
Òovar birjalari ikki xil bo‘ladi
Òovar birjalari ikki xil bo‘ladi
Òovar birjalari ikki xil bo‘ladi
Òovar birjalari ikki xil bo‘ladi
Òovar birjalari ikki xil bo‘ladi:
1. Yopiq tovar birjasi.
2. Ochiq tovar birjasi.
Yopiq tovar birjalarida birja ishtirokchilari nomidan va ularning
manfaatini ko‘zlab, bir marta keluvchilarning ham manfaatini
ko‘zlab ish yurituvchi birja maklerlari va brokerlari orasida bitim
tuziladi, xolos.
Ochiq tovar birjalarida bitim mijozlar bilan hamda vositachilar
orqali ham tuziladi.
Birjani kengash va uning prezidenti boshqaradi. Òovar birjasining
daromadi birja muomalasi ishtirokchilari to‘laydigan xizmat haqidan
tashkil topadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
75
Fon
Fon
Fon
Fon
Fond birjasi
d birjasi
d birjasi
d birjasi
d birjasi — bu qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi muo-
malasini olib boradigan joy. Uning oldida quyidagi vazifalar turadi:
•
qimmatli qog‘ozlar bir maromda muomalada bo‘lishining
zarur sharoitini ta’minlash;
•
qimmatli qog‘ozlar talab va taklifi o‘rtasidagi muvozanatni
aks ettiruvchi narxlarni, ya’ni bozor bahosini belgilash;
•
qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining kasb maho-
ratini yuqori darajada saqlab borish va h.k.lar.
Dunyodagi birinchi fond birjasi 1773-yilda Londonda,
brokerlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish uchun
tashkil etilgan. U dastlab qirollikning pul almashtirish muassasasi
(banki) binosining bir qismida ijaraga joylashadi. 1791-yilda
Filadelfiya shahrida Amerikada birinchi fond birjasi tashkil etilgan.
1792-yilda esa Nyu-York fond birjasi ochilgan. U birja hozirgi
kungacha dunyoning eng yetakchi fond birjasi bo‘lib kelyapti.
O‘zbekistonda birinchi fond birjasi 1994-yilda Òoshkent shahrida
tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining „Birjalar va birja faoliyati
Birjalar va birja faoliyati
Birjalar va birja faoliyati
Birjalar va birja faoliyati
Birjalar va birja faoliyati
to‘g‘risida
to‘g‘risida
to‘g‘risida
to‘g‘risida
to‘g‘risida“gi qonuniga muvofiq quyidagi idoralar, muassasalar,
birlashmalar birja bo‘lishi mumkin emas:
•
davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy hamda mahalliy
idoralari;
•
davlat banklari va davlat kredit muassasalari (bunda banklar
fond va valuta birjalarining muassasalari bo‘lishi mumkin);
•
davlat sug‘urta va davlat investitsiya kompaniyalari hamda
fondlari;
•
jamoat, diniy va xayriya birlashma (tashkilot)lari hamda
fondlari;
•
qonunlarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi
man etilgan jismoniy shaxslar.
Fond birjasi birja oldi-sotdisi vaqtida bitimlar tuzish, bitimlarni
tekshirib ko‘rish va ular yuzasidan hisob-kitob qilish tartibini
mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Fond birjalari va
fond bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishib olingan qimmatli qog‘ozlar muomalasi bitimlarini amalga
oshirish nizomlari va ichki qoidalari, fond birjasi ustavi (fond
bo‘limi to‘g‘risidagi nizom) asosida ish tutadilar.
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Birja nima va uning qanday xillari mavjud?
2. Òovar birjalarining nechta xili bor?
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
76
3. Birjani kim boshqaradi?
4. Fond birjasini tushuntirib bering.
5. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq qanday idoralar birja bo‘lishi
mumkin emas.
19. Bozorni o‘rganish. Marketing
19. Bozorni o‘rganish. Marketing
19. Bozorni o‘rganish. Marketing
19. Bozorni o‘rganish. Marketing
19. Bozorni o‘rganish. Marketing
Kichik biznesdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar har doim
xaridorni mo‘ljal qilib, quyidagi savollarga javob topishlari kerak:
Qancha? Qay darajada sifatli? Nimadan? Qachon mahsulot ishlab
chiqarilishi kerak? Bundan ma’lumki, kichik tadbirkorlik tarkiblari
soni, sifati, fazoviyligi va vaqti o‘lchamlari bo‘yicha cheklangan.
Ular bozorni egallash uchun amalga oshirayotgan xo‘jalik
operatsiyalarining xarajatlarini xaridorlar uchun olib boriladigan
raqobat kurashida yutib chiqish uchun kamaytirib borishlari zarur.
Natijada potensial xaridor uning taklif etgan tovarini xarid qiladi.
Bu muammoni yechishida marketing muhim dastak hisoblanadi.
Endi
marketing o‘zi nima, degan savolga javob beradigan bo‘lsak,
marketing (inglizchadan
market—bozor) bu mahsulotni ishlab
chiqarishdan boshlab toki uni sotishni tashkil etilishigacha bo‘lgan
majmuaviy tizimdir.
Hozirgi vaqtda marketing tushunchasini talqin etishda ancha
katta ziddiyatlar mavjud. Ko‘pgina xorijiy mutaxassislar bu
tushuncha kengaytirilishi va o‘z ichiga notadbirkorlik faoliyatni ham
olishi kerak deb hisoblaydilar.
Ko‘pchilik odamlar marketing—bu tovarlarni sotish, o‘tkazish
yo‘li deb noto‘g‘ri fikrda bo‘lishadi. Marketingni ulkan bir tog‘
deb olinsa, tovarlarni sotish, o‘tkazish shu tog‘ning atigi bir
cho‘qqisidir, xolos. Marketingning iste’molchilar ehtiyojini
aniqlash, yaxshi tovarlarni ishlab chiqib, munosib baholarni
belgilash, ularni taqsimlash tizimini yo‘lga qo‘yish singari
bo‘limlari borki, bularni unutish yaramaydi. Ravshanki, bu
ishlarning hammasi aniq maqsadga qaratilgan bo‘lishi bilan birga,
o‘zaro mahkam bog‘langan bo‘lishi ham kerak.
Òovarlarni o‘tkazish, sotish marketing vazifalaridan biridir,
lekin u hamisha ham eng muhimi bo‘lib hisoblanavermaydi.
Òo‘g‘rirog‘i, bu ishlar birmuncha keng ko‘lamdagi marketing maj-
muyining bir qismi, bozorga mumkin qadar ko‘proq ta’sir o‘tkaza
olishi uchun bir-biri bilan payvasta bog‘lanishi kerak bo‘lgan
marketing vositalarining bir qismi bo‘lib qoladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
77
Marketing konsepsiyasining bozor munosabatlari tizimi uchta
asosiy elementni o‘z ichiga oladi:
— ishlab chiqarish va savdo;
— bozor subyektlari o‘rtasidagi aloqalar;
— tovarlarni taqsimlash kanallari.
Bozor qatnashchilari va tovarlarni taqsimlovchi hamma
kanallar zanjirining o‘zaro munosabati mollarni o‘tkazish jarayo-
nidan o‘zga narsa emas.
Marketingga doir adabiyotlarda „mollarni o‘tkazish“ degan
tushuncha ikki ma’noda:
tovarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga
yetkazib berish jarayoni yoki uni sotish ma’nosida ishlatiladi. Aslini
aytganda, tovarlarni o‘tkazish va sotish bir xildagi jarayonning
o‘zi emas, chunki mahsulotni muvaffaqiyatli realizatsiya qilish
tovarlar sotilguncha ular o‘tib boradigan turli kanallardan samarali
foydalanishga bog‘liq.
Marketingning asosiy maqsadlari talabni shakllantirish va
rag‘batlantirish, sotish, bozordagi ulush va foydalarning hajmini
kengaytirish maqsadida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari va
korxona (firma) ish rejalarining asoslanishini ta’minlashdan iborat.
Korxonani boshqarishga marketing bo‘yicha yondashishda asosiy
shior: „
Ishlab chiqarilganni sotish emas, balki sotiladigan narsani
ishlab chiqarish“dan iborat. Bu korxona ishlab chiqarishdan avval
aniq iste’molchilar ehtiyojlarini mukammal o‘rganishlari kerak-
ligini, olingan ma’lumotlarga muvofiq tovarning kam-ko‘stlarini
tuzatishlari va takomillashtirishlari, faqat shundan keyin ushbu
tovar bozorga chiqishi kerakligini bildiradi.
„Marketing
Marketing
Marketing
Marketing
Marketing“ tushunchasining qisqa tavsifi bilan atamalar
(tushunchalar) zanjirini ko‘rib chiqishni tugallaymiz. Xuddi shu
so‘z „
bozor iqtisodi“ bilan yaqin aloqadordir. Yuqorida aytib
o‘tganimizdek, marketing ingliz tilidan kelib chiqqan „market“
so‘zini bildiradi va „bozor“ ma’nosiga ega. Bozor munosabatlari
amaliyotida marketing ikki ma’noda ishlatiladi.
1.
Marketing — bu bozorni, tovar sotuvini o‘rganishga
yo‘naltirilgan faoliyatdir. Bunga quyidagi savdo faoliyatlari, ya’ni
tovarlarning sotuvi saqlanishi kiradi.
2.
Marketing— bu ishlab chiqarishda ishni tashkil qilishning
shunday tizimiki, unda bozor talabini ijtimoiy o‘rganish orqali
qaror qabul qilinadi. Ko‘rib turibmizki, ikkinchi aniqlov, asosan
menejment tavsifini anglatadi. Bunday holatda marketingda
menejment haqida so‘z yuritiladi, ya’ni asos sifatida iste’molchining
www.ziyouz.com kutubxonasi
78
talabi turadi, unga xos sifatli mahsulot ishlab chiqarish masalasi
qo‘yilgan boshqaruv tushuniladi.
Bozorni kompleks, batafsil o‘rganish avvalo bozorlarni
iste’molchilar guruhlari va tovarlarning iste’mol xususiyatlariga
muvofiq segmentlashni talab qiladi.
Bozorni segmentlash deganda, odatda aniq bozorning belgilangan
alomatlari bo‘yicha segmentlash tushuniladi. Bozorni segmentlash
marketing konsepsiyasining xususiyatlaridan biri bo‘lib xaridorlar
tomonidan tovarlarning u yoki bu turini „
tanlash jarayonini tahlil
qilish bozor segmentining „ko‘pligi“ni ajratish“ga imkon beradi, ulardan
har bir xaridorlik xulqining turli xil modellariga mos keladi. Bundan
tashqari, har biri segment ichida xaridorlar turli xil yo‘llar bilan
mahsulotlar va sotish narxlari bilan bog‘liq u yoki bu o‘lchamlarini
baholaydilar, ularning o‘zgarishlariga har xil e’tibor beradilar.
Bozorni segmentlash, o‘z navbatida, bir necha turga bo‘linadi:
makrosegmentlarga bo‘lish, mikrosegmentlash, ichkarida segmentlash,
eniga segmentlash, avvaldan segmentlash, yakuniy segmentlarga
bo‘lish.
Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo‘yicha
ularning sanoatlashuviga qarab bo‘lishni ko‘zda tutadi.
Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste’molchilarini yanada
batafsilroq mezonlar bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi.
Ichkarida segmentlash — marketing segmentlashni tor guruh-
dan boshlab, keyin uni kengaytirishni ko‘zda tutadi.
Avvaldan segmentlash mohiyatiga ko‘ra, bu bozorning marke-
ting tadqiqotining boshlanishi va katta miqdordagi ehtimol bo‘lgan
bozorlarni qamrab oladi.
Yakuniy segmentlash bozorlarning eng qulay segmentlarini
aniqlash bo‘yicha bozor tadqiqotini tugatadi va keyinchalik ushbu
korxona bozor strategiyasi va dasturini ishlab chiqadi.
Eng qulay segmentni tanlash uchun eng yirik segmentlarga
afzallikni berish zarur. Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, eng muvofiq
segment deb ushbu bozorning taxminan 20% xaridorlari firma taqdim
qilgan tovar hajmining 80%ini xarid qiladiganlari hisoblanadi.
Marketingning eng muhim yo‘nalishlaridan biri — bu bozor
vaziyati rivojlanishiga asoslangan holda oldindan ko‘rishni amalga
oshirishga va korxona, firma, assotsiatsiyalarning ishlab chiqarish —
sotish va ilmiy-texnik faoliyati samaradorligini ta’minlash maqsadida
bozorga marketing ta’sirining tegishli tadbirlarini ishlab chiqishga
imkon beruvchi bozorning kompleks tadqiqidan iborat. Bozorning
www.ziyouz.com kutubxonasi
79
kompleks marketing tadqiqoti yuqori rahbarlik tomonidan malakali
boshqaruv qarorini qabul qilish uchun ilmiy asoslangan zamin
yaratadi.
Marketingning kompleks tadbirlari o‘z ichiga katta miqdordagi
masalalarni o‘rganish va tahlil qilishni oladi. Òovarga taqdim qilingan
bozor talablari ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qobiliyati
darajasini aniqlashga imkon beradi. Kengroq alohida segmentlaridagi
talab va taklifni, bozor sig‘imi va xarajatlarini, narxlar darajasi, talab
va taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligini, bozor raqobati darajasi
va shartlarini o‘rganish bilan bog‘liq iqtisodiy holatni o‘rganish va
tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Ma’lumotlarning tahlili ulardan marketing faoliyatining barcha
bosqichlaridan
strategik, taktik va tezkor foydalanish imkoniyatini
beradi.
Bozorni segmentlashning tahlili xaridorlar talablari va bozor
imkoniyatlariga eng mos keluvchilarini, bozorlardagi uning faoliyati
muvofiqligini aniqlash maqsadida alohida bozor segmentlarini tadqiq
qilishga imkon beradi.
Bunday tadqiqotlar turli xil mezonlar bo‘yicha
amalga oshiriladi: demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va ruhiy.
Bozorni kompleks tadqiq qilishda bozorning barcha elementlari:
yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, savdoni amalga oshiruvchilar,
vositachilar haqida kerakli axborotlarni olishga mo‘ljallangan. Kerakli
axborotlarni olish uchun avval tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qiluvchi
bozorlar — bozor segmentlariga bo‘linadi.
Barcha bozorlarning darajalashtirilgan tahlili alohida bozorlarda
paydo bo‘ladigan qo‘shilmalar va xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlashga
va ular strategiyasini ishlab chiqishda hisobga olishga imkon beradi.
Bozorni, hammadan avval bozor holatini kompleks tadqiq qilish
korxonalarga xatolardan qochish, xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda
xavf-xatarni kamaytiruvchi qurol bo‘ladi.
Òovarlar harakatida asosiy o‘rinni
reklama egallaydi. Bu bozor
faoliyatining ko‘p qirrali ko‘rinishi bo‘lib, u ba’zan mustaqil yo‘na-
lishga ajratiladi. Marketing va reklama bir yirik jarayonning ikki tomonini
tashkil qiladi.
Shu bilan bir vaqtda, reklama marketing tizimida o‘ziga xos o‘rinni
egallaydi.
Mutaxassislar fikricha, reklama
kommunikatsiya shakli deb
qaraladi, qaysiki, u tovar sifati va xizmat ko‘rsatishni, shuningdek
g‘oyani iste’molchining talab va ehtiyojiga muvofiq tashkil etishga
intiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
80
Reklamaning mohiyati ishlab chiqaruvchi manfaatidan kelib
chiqib, xaridorga tovarni sotib olish to‘g‘risida tasavvur uyg‘otishi
zarur. Reklamaga tovar ishlab chiqaruvchi o‘z tovari bilan bozorga
kiritayotgani to‘g‘risidagi
axborot deb qarashi lozim. Bunda so‘z
tovar iste’molchining ehtiyojini ma’lum darajada qoldirayotgani
haqida borayotganini tushunish muhim. Ishlab chiqaruvchi man-
faati mahsulotni bozorda sotishga, xaridor manfaati esa o‘z
ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi
kommunikativ
aloqa reklama hisoblanadi. Reklama korxona va bozor o‘rtasidagi
butun aloqa tizimini o‘z ichiga oladi. Reklama xabarlari shunday
bo‘lishi lozimki, u iste’molchida tovarga nisbatan ijobiy munosabat
uyg‘otishi va uni sotib olishga ishonch uyg‘ota olishi lozim.
Reklamaning mazmuniga kelsak, unga tovarlarni va ularning
iste’mol qilish xususiyatini tashviqot qilish deb qaralishi shart.
Ayrim qarash va g‘oyalarning shakllanishini tashviqot qilish
reklamani rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini ochadi.
Marketing faoliyati tajribasi shuni tasdiqlaydiki, reklamaning
ta’sirchanligi unga tovarlarni ishlab chiqaruvchidan tortib iste’mol-
chigacha bo‘lgan harakat tizimidagi o‘rniga nechog‘li ahamiyat
berilishiga bog‘liqdir. Reklamaning samaradorligi esa jamoatchilik
fikrining shakllanishi va iste’mol baholarining o‘zgarishi bilan
o‘lchanadi.
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Marketing nima?
2. Marketing konsepsiyasining bozor munosabatlari tizimi nechta asosiy
elementni o‘z ichiga oladi?
3. Marketingning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
4. Bozorni segmentlash deganda nima tushuniladi?
5. Bozorni kompleks tadqiq qilishda qanday elementlardan foydalaniladi?
20. Menejment
20. Menejment
20. Menejment
20. Menejment
20. Menejment
Menejmentning ma’nosini va mohiyatini yaxshi tushunish
uchun uning ichki tushunchalar toifalari bilan bo‘ladigan o‘zaro
munosabatlari bilan birgalikda qarash maqsadga muvofiqdir.
Menejment tushunchasini umumiy va ko‘proq shaxsiy tushuncha
ko‘rinishida faraz qilish mumkin,
masalan: iqtisod, bozor, biznes,
tadbirkorlik, menejment, marketing.
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
81
Umuman olganda, iqtisod deb, resurslarni tanlash usuliga va
xo‘jalikni to‘g‘ri olib borishga aytiladi. Iqtisod asosini uning
birlamchi bo‘g‘ini — korxona tashkil qiladi.
Bozor iqtisodiyoti — mehnat xususiy mulk prinsipida va ishlab
chiqaruvchi — iste’molchilarning o‘zaro munosabatlari asosida
ko‘riladi.
Erkin narx belgilash, mehnat bozori, kapital, tovarlar mav-
judligi, bu bozor iqtisodining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi, bu
yerda
menejment — sohalarni boshqarish va tashkil qilish vazifasini
bajaradi.
Menejmentning boshqaruv faoliyati bozor iqtisodiyoti sharo-
itida firma va korporatsiyalarda amalga oshadi. Menejment hozirgi
zamon adabiyotida keng tarqalgan termin bo‘lib, „tashkilot“ so‘zi
bilan ishlatiladi. Keng ma’noda u bir guruh umumiy faoliyat
maqsadida birlashgan odamlar jamoasini bildiradi (ikki va undan
ortiq). „Òashkilot
Òashkilot
Òashkilot
Òashkilot
Òashkilot“ atamasi
firma, korporatsiya, bank, institut,
idora kabilarni anglatadi. Biznes va tadbirkorlik tushunchasi juda
ko‘p umumiylikka ega va amalda birini biri almashishi mumkin.
Ammo ularning ma’nosi biroz boshqacharoq. Biznes qandaydir
ishni—tijorat amalini yoki alohida korxona siyosatini bajarishni
bildirishi mumkin. „Biznes
Biznes
Biznes
Biznes
Biznes“ so‘zining ma’nosi
tijorat, savdo, firma,
ishbilarmonlik faoliyatini bildiradi.
Òadbirkorlik faoliyati
Òadbirkorlik faoliyati
Òadbirkorlik faoliyati
Òadbirkorlik faoliyati
Òadbirkorlik faoliyati — biznesning va iqtisodning turli- tuman
sohalarida namoyon bo‘ladi. Uning farqlanish xususiyati, uning
aqlli faoliyati va chaqqon tashabbuskorligi bo‘lib, moddiy boylikka
to‘la yoki qisman ega bo‘lib ularni o‘z ishini, o‘z biznesini tashkil
qilish uchun ishlatadi.
Ko‘rib chiqilgan tushunchalar tizimiga menejment rahbarlar-
ning, mutaxassislarning alohida faoliyat turi sifatida va jamoa ishlari-
ning boshqaruvini amalga oshirish kiradi.
Òadbirkor shaxsiy ishga ega, menejer esa ko‘pincha xizmatchi
hisoblanadi. Unga mehnati uchun mulk egasi haq to‘laydi.
Menejer
Menejer
Menejer
Menejer
Menejer — bu tashkilot saviyasining har qanday darajasida
xizmatchi hisoblanadi. U odamlar harakatini o‘z maqsadiga
erishishga yo‘naltiradi.
Menejer odamlar guruhi birgalikda ishlagan yerda bo‘ladi.
Kichik biznesda tadbirkor bir shaxsda mulk egasi va menejer
vazifasini birga qo‘shib bajaradi. Aksincha, korporatsiyalarda, yirik
firmalarda boshqaruv saviyasidagi menejerlar korpusi bir vaqtda
ko‘pincha qisman mulk egasi ham hisoblanadilar. Keng ma’noda
quyidagi uchta so‘z, ya’ni
biznesmen tadbirkor va menejer
6 — Iqtisodiyot va tadbirkorlik
www.ziyouz.com kutubxonasi
82
o‘zlarining ma’nolari bilan o‘xshashdirlar. Bu faol faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi odam bo‘lib, u muvaffaqiyatga erishgan taqdirda
yaxshi moddiy foyda keltiradi (daromad, foyda, yuqori oylik,
dividendlar, mukofotlar va boshqalar).
Menejmentda ba’zi bir ichki tushunchalar ham bor. Ularning
o‘zaro munosabatlarini kuzatish mumkin. Bir nechta juft tushun-
chalarni ko‘rib chiqamiz.
Birinchi juft tushunchalar — bu boshqaruv va rahbarlik. Ushbu
toifalar tez-tez sinonim sifatida ko‘riladi. Òo‘laligicha qaralganda
boshqaruv keng ma’noga ega. Uni
aqliy va jismoniy jarayon deb
olish mumkin.
Unga bo‘ysunuvchilar zaruriy topshiriqlarni va ma’lum masalalarni
bajaradilar. Rahbarlik ushbu jarayonda uning alohida elementi bo‘lib
chiqadi. Òa’sir samarasi hukmronlik darajasiga va rahbarni
(menejmentni) bo‘ysunuvchilarga ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liq.
Ikkinchi juft tushunchalari — bu boshqaruv va rejalashtirish
korxona faoliyati ichida rejalashtirish boshqaruvining tarkibiy
bo‘g‘ini bo‘lib, uning vazifasi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar strategik
rejalashtirish haqida so‘z ketsa, menejment bu holatda yangi sifatga
ega bo‘ladi: barcha bevosita ishlab chiqarish boshqaruvi bunyod etiladi-
gan strategiyaning maqsad va vazifalariga bo‘ysunadi.
Uchinchi juft tushunchalari — bu boshqaruv va tashkil qilish
jarayoni. Ishlab chiqarish amaliyotida ushbu ikkita tushuncha o‘zaro
almashuviga ega, „tashkil qilish“ so‘zi keng ma’noda ishlab chiqarish
sharoitini bunyod etish va ushlab turishda qo‘llaniladi. Òashkil qilish
tushunchasi boshqaruvning bir bo‘lagi bo‘lib, rejalashtirish va
tashkil qilish esa menejmentning asosiy vazifalaridir.
Òo‘rtinchi juft tushunchalari — bu boshqaruv va nazorat.
Nazorat boshqaruv jarayonining bir qismi, uning vazifasining
bir bo‘lagidir. Ammo aniq ishlab chiqarish amaliyotida shunday
holatlar mavjudki, tashkil qilishdagi hukm surayotgan nazoratning
turi va shakllari shunchalik ko‘p sonlikki, ba’zida menejment uning
barcha vazifalarining o‘rnini bosadi. Bu kabi tashkilotlarda nazorat
eng kuchli boshqaruv vositasi bo‘lib hisoblanadi va o‘ta qattiq
tavsifga ega.
Yana bir,
beshinchi juft tushunchalarini ko‘rib chiqamiz.
Menejmentning o‘zi nima — fanmi yoki san’atmi? Bu savolga javob
berish uncha qiyin emas.
Menejment — bu shubhasiz boshqaruv
fani, chunki bu mavzu ma’lum obyektiv iqtisodiy qonunlarga
asoslanadi. Boshqa tomondan, boshqaruv ko‘p hollarda rahbarning
o‘ziga xos qobiliyatlariga, uning odamlar bilan ishlay olishiga,
www.ziyouz.com kutubxonasi
83
shaxsiy tashabbusiga, fahm-farosatiga bog‘liqdir. Bularning
barchasini boshqaruvda ishlata olish — bu san’atdir.
Boshqaruv san’ati — menejmentning, rahbarning qobiliyati,
ustomonligi, ijodiyotidir. Shunday qilib, har qanday ijodiy faoliyat
sifatida menejment o‘zida fan va san’at elementlarini mujassamlashtirgan.
Biz ko‘rib chiqqan toifalar, tabiiyki, menejmentning barcha
tushunchalarini qamrab ololmaydi. Ularga yetarli sonda boshqa
tushunchalar kiradi.
Masalan, qonuniylik, vazifalar, masalalar,
maqsadlar, qarorlar, boshqaruv mexanizmi, taktika, strategiya
va boshqalar.
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Menejment so‘zining mohiyatini aytib bering.
2. Bozor iqtisodiyoti nimalar asosida ko‘riladi?
3. Kichik biznesda tadbirkor o‘zida qanday vazifalarni birga qo‘shib
bajaradi?
21. Òadbirkorlarga maslahatlar
21. Òadbirkorlarga maslahatlar
21. Òadbirkorlarga maslahatlar
21. Òadbirkorlarga maslahatlar
21. Òadbirkorlarga maslahatlar
Moliya, xususan, biznes sohasida hech kim o‘zini har tomon-
lama bilimdon mutaxassis, deb aytolmaydi. Har birimiz u yoki bu
masalalarda xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Biznesda mutlaq ishonchli
tushuncha yo‘q. Unda har bir odam o‘z tashvishida yugurib-yeladi.
Biznes dunyosida matematikadagi „aksioma“larni kam uchratamiz.
Biroq, shunga qaramasdan, ma’lum qoidalarga amal qilinadi. Ana
shunday qoidalardan biznes olamida mashhur nazariyotchi va
amaliyotchi Gerbert Nyuton Kesson
Gerbert Nyuton Kesson
Gerbert Nyuton Kesson
Gerbert Nyuton Kesson
Gerbert Nyuton Kesson o‘zining mashhur „Puldorlik
san’ati“ kitobida pul topish va asrash borasida quyidagi 12 ta qoidani
tavsiya qiladi:
1. Pulni o‘zingiz bilgan narsaga qo‘ying.
2. Òa’sirlarga berilmang.
3. Rejalar hisobiga emas, mulk hisobiga pul qiling.
4. Sotish mumkin bo‘lgan narsalargagina pul sarflang.
5. O‘z foydangizni oling.
6. Bankiringizning so‘zlarini tinglang.
7. Narxlar arzonligida sotib olib, qimmatligida soting.
8. Pulingizning har doim aylanib turishini ta’minlang.
9. Qancha pul qo‘yish mumkin bo‘lsa, shuncha qarz oling.
10. Manmanlik uchun emas, ishingizni rivojlantirish uchun
qarz oling.
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
84
11. Hech qachon qarz bermang.
12. Pulingizni butun boshli tarmoqqa qo‘yib, narxning
tebranishini kuzatib boring.
Bu qoidalar sarmoyaga ega bo‘lgan va uni yo‘qotishni
istamaganlarga mo‘ljallangan.
Òadbirkorlikning o‘n qat’iy tamoyili
Òadbirkorlikning o‘n qat’iy tamoyili
Òadbirkorlikning o‘n qat’iy tamoyili
Òadbirkorlikning o‘n qat’iy tamoyili
Òadbirkorlikning o‘n qat’iy tamoyili
Bo‘lajak tadbirkor quyidagi o‘n qoida doirasida faoliyat ko‘rsata
olishi lozim.
1. Òadbirkorlik faoliyatiga oid g‘oya toping
1. Òadbirkorlik faoliyatiga oid g‘oya toping
1. Òadbirkorlik faoliyatiga oid g‘oya toping
1. Òadbirkorlik faoliyatiga oid g‘oya toping
1. Òadbirkorlik faoliyatiga oid g‘oya toping
Siz bozorga qanday tovar (mol), xizmat turlarini taklif
qilayotganingiz xususida aniq tasavvurga ega bo‘lishingiz kerak.
Dastlab o‘zingiz qila oladigan narsadan nimani sotish mumkinligini
hal qilib, so‘ngra ishlab chiqarish kerak. Yangilikka intiling.
2. Raqobatdan qo‘rqmang
2. Raqobatdan qo‘rqmang
2. Raqobatdan qo‘rqmang
2. Raqobatdan qo‘rqmang
2. Raqobatdan qo‘rqmang
Bu to‘g‘rida o‘ylab turish o‘rinsizdir. Chunki bu bozorning
muhim regulatorlaridan biridir. Esda tutingki, raqobatchilarga qarshi
kurashda sizda uch beqiyos qurol mavjuddir. Ular:
•
sifat;
•
baho;
•
reklama.
Jahon bozori tajribasida raqobatning quyidagi shart-sharoitlari
mavjud:
•
Agar raqobatchilar kuchi teng va strategiyalar bir-biriga
o‘xshash bo‘lsa, bozorda muvozanat uzoq saqlanmaydi,
ular o‘rtasida kelishmovchilik susaymaydi.
•
Sizning raqobatchingiz hamma narsadan xabardor deb
biling.
•
Raqobatchilar g‘ashini keltiradigan harakatlar qilmang.
•
Sizning harakatlaringiz o‘zingizning imkoniyatlaringizga mos
ekanligiga raqobatchingizni ishontiring.
Firmaning bozordagi ulushlariga qarab, raqobat ko‘rsatkichlari
aniqlanadi:
•
Ilg‘or (zo‘ravon) — 40 foiz.
•
Ilg‘orlikka da’vogar — 30 foiz.
•
O‘rtamiyona — 20 foiz.
•
Bozorda uncha omadi kelmagan — 10 foizgacha.
www.ziyouz.com kutubxonasi
85
3. Sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarishga
3. Sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarishga
3. Sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarishga
3. Sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarishga
3. Sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarishga
yo‘l qo‘ymang
yo‘l qo‘ymang
yo‘l qo‘ymang
yo‘l qo‘ymang
yo‘l qo‘ymang
Sifat
Sifat
Sifat
Sifat
Sifat — bu iste’mol xususiyatlarining majmuasidir. Xaridorga
oxir-oqibatda bunday buyumlar yoki xizmatlar kerak emas. Unga
oldida turgan muammoning yechimi, ehtiyojning qoniqtirilishi
kerak. Aynan shu katta pul turadi va nisbatan yuqori foyda keltiradi.
Masalan, devor bloklarini ishlab chiqarish va sotish mumkin.
Ammo butun kuch-quvvatini, xaridorga tayyor uy taklif qilish
ancha foydalidir.
Ish sifati uchun shaxsiy mas’uliyat, qolaversa na ko‘rsatmalar,
na buyruqlar kafolat bo‘la olmaydi. „
Risoladagi odam yomon
ishlamaydi, yomon ishlash — uyat“ shiori ostida ijodiy imkoni-
yatlarni izlang.
4. Biznes-reja tuzing
4. Biznes-reja tuzing
4. Biznes-reja tuzing
4. Biznes-reja tuzing
4. Biznes-reja tuzing
Agar o‘z faoliyatingizni biznes-rejasiz boshlasangiz tez orada
inqirozga uchrab, sinib qolishingiz hech gap emas. Biznes-reja
shunday narsaki, u yaqin kelajakda biz uchun ko‘nikarli bo‘lib
qolgan texnik-iqtisodiy hujjatlarning o‘rnini egallaydi.
Unda:
•
Nima sotish kerak?
•
Ularni nimadan tayyorlash kerak?
•
U qancha turadi?
•
Kim uni sotib oladi?
•
Xaridorlar tovar haqida bilishlari uchun nima qilish kerak?
•
Sotuvni qanday qilib kengaytirish kabi masalalar o‘z aksini
topadi.
5. Narxni tushirishdan xavfsiramang
5. Narxni tushirishdan xavfsiramang
5. Narxni tushirishdan xavfsiramang
5. Narxni tushirishdan xavfsiramang
5. Narxni tushirishdan xavfsiramang
Bilingki, faqat narxlar raqobati orqali talab va taklif muvozanati
ta’minlanadi. Narx qancha past bo‘lsa, talab shuncha oshadi. Iloji
boricha narxni tushirishdan qo‘rqmang. Foyda ikkita buyumni
qimmat sotishda emas, balki ikki ming, ikki yuz ming, million
xaridorga o‘z tovaringizni yoki xizmatingizni ularga mos narxda
sotishingizdir.
6. Òovaringizni reklama qiling
6. Òovaringizni reklama qiling
6. Òovaringizni reklama qiling
6. Òovaringizni reklama qiling
6. Òovaringizni reklama qiling
Reklama
Reklama
Reklama
Reklama
Reklama — bu raqobatchilarga qarshi kurashning uchinchi
qurolidir. Mahalliy gazetalarda o‘z faoliyatingiz haqida ma’lumotlar
bering. E’lonlar, plakatlarga buyurtma bering va ularni odamlar
gavjum joylarga yopishtirib chiqing.
www.ziyouz.com kutubxonasi
86
Sotmoqchi bo‘lgan narsangiz xususidagi ma’lumotlarni qanday
qilib qisqa va aniq bayon qilish haqida o‘ylab ko‘ring.
7. Kredit olishdan qo‘rqmang
7. Kredit olishdan qo‘rqmang
7. Kredit olishdan qo‘rqmang
7. Kredit olishdan qo‘rqmang
7. Kredit olishdan qo‘rqmang
Siz pul topib kreditni qaytarasiz yoki pul topmaysiz va uni
qaytarmaysiz. Bor muammo shu! Yuqori kredit foizlari — bu
bank tavakkalchiligi uchun to‘lovdir. Bankdan uy qurish uchun
kredit oling, uni qurib ishlab chiqarish fondi (bazasi) sifatida
foydalaning. Xo‘jalik bloki qursangiz — bu Sizning omborxonangiz
bo‘ladi.
O‘sha joydan yana kredit oling va mashina sotib oling. Mashinasiz
biror ishni bajarish juda qiyin yoki mashinani haydovchisi bilan
ijaraga oling.
8. Xayrixoh va ochiqko‘ngil bo‘ling
8. Xayrixoh va ochiqko‘ngil bo‘ling
8. Xayrixoh va ochiqko‘ngil bo‘ling
8. Xayrixoh va ochiqko‘ngil bo‘ling
8. Xayrixoh va ochiqko‘ngil bo‘ling
Chunki har qanday amaldor, faoliyat bo‘yicha har qanday
hamkoringiz, har qanday qo‘l ostingizdagi xodim — bu xuddi
Siz kabi insondir. Qanaqa odam bilan birga ishlash shaxsan Siz
uchun yoqimli. O‘zingiz ham shunday bo‘ling va qo‘l
ostidagilaringizdan birdaniga ko‘p narsa talab qilmang.
Kishilar bilan munosabatda aytilmagan narsani anglashga
o‘rganing.
Ishda uch „ inkor“ga amal qiling:
•
g‘azablanmang;
•
o‘zingizni yo‘qotmang;
•
hovliqib ketmang.
Qo‘l ostingizdagi qobiliyatlilarni cho‘chitmang. Korxona
maqsadlariga erishish uchun xodimlarga imkon boricha eng ko‘p
erkinlik bering. Inson uchun kamsitishdan ko‘ra, achchiqroq va
alamliroq narsa yo‘qligini yodda tuting. Kamsitish hech qachon
unutilmaydi va kechirilmaydi. Adolatsizlik qilishdan qo‘rqing — u
insonni juda qattiq ranjitadi. Xayrixohlik va hamdardlik ko‘pincha
puldan qadrliroq. Barchani tinglay biling, sabr-toqatli bo‘ling.
9. Hamma tuxumni bir savatda saqlamang
9. Hamma tuxumni bir savatda saqlamang
9. Hamma tuxumni bir savatda saqlamang
9. Hamma tuxumni bir savatda saqlamang
9. Hamma tuxumni bir savatda saqlamang
Bir ishingiz oldinga ketdimi, unga darhol boshqasini ulang.
Biri bo‘lmasa yoki to‘xtab qolsa, ikkinchisi yurishib ketadi.
Dastlab, Siz mashinalar ijarasi va prokatni tashkil qiling, so‘ngra
esa ularning ta’mirlanishini, keyin esa ehtiyot qismlarini sotishni
tashkil qiling.
www.ziyouz.com kutubxonasi
87
10. Esda tutingki, bugun asosiy kapitalingiz
10. Esda tutingki, bugun asosiy kapitalingiz
10. Esda tutingki, bugun asosiy kapitalingiz
10. Esda tutingki, bugun asosiy kapitalingiz
10. Esda tutingki, bugun asosiy kapitalingiz
Sizning o‘zingiz va Sizdagi vaqtdir
Sizning o‘zingiz va Sizdagi vaqtdir
Sizning o‘zingiz va Sizdagi vaqtdir
Sizning o‘zingiz va Sizdagi vaqtdir
Sizning o‘zingiz va Sizdagi vaqtdir
Bu kapitalni kun davomida 24 soat samarali ishlashga majbur
qiling. Dunyoda qadrli narsalar ko‘p:
mulk, kasb. Lekin yana ham
qadrliroq narsa — bu
vaqt. Vaqt— misoli otilgan o‘q. Vaqt qaytmaydi.
Vaqt hamma narsani o‘zlashtiradi, lekin biz uni tutib qola olmaymiz.
Biz uni orqaga qaytara olmaymiz. Bu mumkin emas.
Vaqt— bu oliy hakam. Uni hech kim yengolmaydi. U
yengilmasdir. Biz „hozir“ deymiz, lekin bu lahza faqat bir martagina
bo‘ladi. Agar shu lahzani qo‘ldan chiqarsak, uni boshqa qaytara
olmaymiz, bu „hozir“ hozirning o‘zidayoq butunlay g‘oyib bo‘ladi.
Bu —vaqtdir.
Mana nima uchun biz vaqtni qadrlamog‘imiz darkor. Mulkka
va kasbga ega bo‘lish mumkin, lekin boy berilgan vaqtga — hech
qachon.
Bir kecha-yu kunduz 24 soatdan iborat. Bu hamma uchun
bir xil. Lekin gap bu 24 soatdan qanday foydalanishda! Faraz
qilaylik, agar biror kishi boshqalardan ko‘ra uch barobar ko‘proq
ishlayapti yoki o‘qiyapti. Bu holda uning uchun kecha-yu kunduz
24 soat emas, 72 soatdan iborat. Biz bunda soatlar miqdori yoki
umuman, sarflangan vaqtni emas, balki, unumli, sifatli foydala-
nilgan vaqtni hisobga olmog‘imiz lozim.
Mavzularni o‘zlashtirishni nazorat qilish uchun
Mavzularni o‘zlashtirishni nazorat qilish uchun
Mavzularni o‘zlashtirishni nazorat qilish uchun
Mavzularni o‘zlashtirishni nazorat qilish uchun
Mavzularni o‘zlashtirishni nazorat qilish uchun
test savollari
test savollari
test savollari
test savollari
test savollari
1
.
Òadbirkorlik— bu:
A) qonun hujjatlariga muvofiq daromad olishga qaratilgan
tashabbuskor faoliyat;
B) bozor iqtisodiyotida xo‘jalik yuritishning asosiy subyekti
hisobalanadi;
C) tadbir bilan, puxta o‘ylab ish tutadigan kishi;
D) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab
chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) yo‘li bilan tavakkal qilib,
o‘z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan
tashabbuskor faoliyat;
E) A; E.
www.ziyouz.com kutubxonasi
88
2.
Quyidagi keltirilgan pul topish yo‘llarining qaysi bir turi
tadbirkorlikka kirmaydi?
A) yollanib ishlash orqali pul topish;
B) yerni ijaraga berib, renta olish hisobiga pul topish;
C) pulni bankka qo‘yib, foiz olish hisobiga pul topish;
D) pulni qarzga berib, foiz olish hisobiga pul topish;
E) noto‘g‘ri javob yo‘q.
3.
Biznes— bu:
A) tadbirkorlikning eng asosiy elementidir;
B) ruxsat etilgan jamiyat a’zolariga naf keltiruvchi faoliyat
bilan shug‘ullanib, pul, daromad topishni bildiradi;
C) shaxsiy boylik, foyda orttirishga qaratilgan ish;
D) puldan pul keltirib chiqarishdir;
E) A; B; D.
4.
Biznesmen — bu:
A) biznes bilan shug‘ullanuvchi shaxs;
B) biznes bilan shug‘llanuvchi tashkilot;
C) yerni ijaraga berib, renta olish orqali pul topuvchi shaxs;
D) pulni bankka qo‘yib, foiz olish orqali pul topuvchi shaxs;
E) pulni qarzga berib, foiz orqali pul topuvchi shaxs.
5.
Quyida keltirilganlarning qaysi biri tadbirkorlik shakllariga
taalluqli?
A) yakka tartibdagi mehnat faoliyati;
B) xususiy tadbirkorlik faoliyati;
C) jamoa tartibidagi mehnat faoliyati;
D) aralash tadbirkorlik;
E) noto‘g‘ri javob yo‘q.
6.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan
tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu yerda faoliyat ko‘rsatuvchilar
o‘z faoliyatini¾
A) yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar;
B) yollanma ishchi kuchisiz olib boradilar;
C) yollanma ishchi kuchini qisman jalb qilish yordamida olib
boradilar;
D) B; D;
E) noto‘g‘ri javob yo‘q.
www.ziyouz.com kutubxonasi
89
7.
Yakka tadbirkorlik—bu shunday faoliyat (korxona)ki, uning egasi
butun daromad va biznesning butun tavakkalchiligini¾
A) to‘la o‘z zimmasiga oluvchi bir kishidir;
B) to‘la o‘z zimmasiga oluvchi bir oiladir;
C) to‘la o‘z zimmasiga oluvchi bir necha oiladir;
D) A; B;
E) to‘g‘ri javob yo‘q.
8.
Quyida qayd qilingan javoblarning qaysi biri yakka tadbir-
korlikning afzallik tomonlari bo‘lib hisoblanadi?
A) faoliyat muddatining noaniqligi;
B) cheklanmagan javobgarlikning hukm surishi;
C) ixtisoslashgan menejmentlarning yetishmasligi;
D) faoliyatning konfidensialligi;
E) zaif poydevorga ega ekanligi.
9.
Quyida qayd qilingan javoblarning qaysi biri kichik va o‘rta
biznesning afzalliklari hisoblanadi?
A) moslashuvchanlik va tezkor qarorlar qabul qilish imko-
niyati;
B) mahalliy shart-sharoitlarga tez ko‘nikma hosil qilishi;
C) operatsion xarajatlarning kamligi;
D) tezlik bilan moddiy yutuqqa erishish imkoniyati;
E) noto‘g‘ri javob yo‘q.
10.
Quyida qayd etilgan javoblarning qaysi biri kichik va o‘rta
biznesning kamchiliklariga taalluqli?
A) tadbirkorning yakka javobgar ekanligi;
B) bir necha kasbni qo‘shib olib borish imkoniyati;
C) operatsion xarajatlarning kamligi;
D) mehnat resurslarining kamroq jalb qilinishi;
E) moslashuvchanlik imkoniyati.
11.
Xususiy firmalarda:
A) „kemaga tushganning joni bir“ qoidasiga amal qiladi;
B) firma mulki firma a’zolarining hissaviy badallari asosida
shakllanadi;
C) yakka sohib emas, balki jamoa sohiblik qiladi;
D) o‘zgalarni yollab o‘z faoliyatlarini olib boradilar;
E) firma a’zolari xo‘jalik shartnomasi asosida ish yuritadilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
90
12.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra, sanoat va
qurilishda kichik korxonalar turkumiga, odatda, hisobot davrida
ulardagi xodimlarning o‘rtacha soni quyidagi chegaradan oshmagan
korxonalarga kiradi:
A) 100 nafargacha;
B) 75 nafargacha;
C) 50 nafargacha ;
D) 25 nafargacha;
E) 40 nafargacha.
13.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra noishlab chiqarish
sohasida kichik korxonalar turkumiga, odatda, hisobot davrida
ulardagi xodimlarning o‘rtacha soni quyidagi chegaradan oshmagan
korxonalar kiradi:
A) 25 nafargacha;
B) 20 nafargacha;
C) 15 nafargacha;
D) 10 nafargacha;
E) 5 nafargacha.
14.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra, chakana savdoda
kichik korxonalar turkumiga odatda, hisobot davrida ulardagi
xodimlarning o‘rtacha soni quyidagi chegaradan oshmagan
korxonalar kiradi:
A) 15 nafargacha;
B) 5 nafargacha;
C) 10 nafargacha;
D) 7 nafargacha;
D) 6 nafargacha.
15
.
Hissadorlik jamiyati— bu:
A) jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo‘lib, u
aksiyalar chiqarish yo‘li bilan tashkil etiladi;
B) mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil hissadorlik
jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil
etilgan hissadorlik jamiyatidir;
C) davlat mulki bo‘lgan va uning nazorati ostida ishlovchi
korxonadir;
D) yuridik shaxslar kapitallarining birlashuvi bo‘lib, u
aksiyalar chiqarish yo‘li bilan tashkil etiladi;
E) noto‘g‘ri javob yo‘q.
www.ziyouz.com kutubxonasi
91
16
.
Biznes-reja— bu:
A) korxona(firma)ning rivojlanish strategiyasini belgilab
beruvchi asosiy hujjatdir;
B) asosan, ishlab chiqarish bo‘limining rejasidir;
C) asosan, marketing bo‘limining rejasidir;
D) asosan, tashkiliy rejadir;
E) asosan, moliyaviy rejadir.
17
.
Biznes-rejaning qaysi qismida uning asosiy maqsadlari va
xulosalari o‘z aksini topishi lozim.
A) ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar
qismida;
B) ishlab chiqarish rejasi qismida;
C) moliyaviy reja qismida;
D) kirish qismida:
E) marketing qismida.
18
.
Buxgalteriya balansining aktiv qismida:
A) xo‘jalik mablag‘lari turlarining holati aks ettiriladi;
B) xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalari va ulardan
foydalanish aks ettiriladi;
C) asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar holati va ulardan
foydalanish samaradorligi aks ettiriladi;
D) daromadlar ahvoli aks ettiriladi;
E) xarajatlar ahvoli aks ettiriladi.
19
.
Auditning tarixiy vatani— bu:
A) AQSH;
B) Angliya;
C) Germaniya;
D) Fransiya;
E) Italiya.
20
.
Fond birjasi— bu:
A) valuta bozorini o‘tkazadigan va valutalar kotirovkasini
amalga oshiradigan joy;
B) ommaviy tovarlarni sotadigan joy;
C) qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi muomalasini olib
boradigan joy;
D) ish kuchini oldi-sotdi munosabatlarini bajaradigan joy.
www.ziyouz.com kutubxonasi
92
21
.
Dunyodagi birinchi fond birjasi:
A) 1775-yilda Londonda tashkil etilgan;
B) 1773-yilda Londonda tashkil etilgan;
C) 1873-yilda Nyu-Yorkda tashkil etilgan;
D) 1875-yilda Òokioda tashkil etilgan.
22
.
Mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab toki uni sotishni tashkil
etilishigacha bo‘lgan majmuyiy tizim— bu:
A) menejment;
B) audit;
C) marketing;
D) buxgalteriya.
23
.
Marketing konsepsiyasining bozor munosabatlari tizimi nechta
elementni o‘z ichiga oladi?
A) 2 ta;
B) 3 ta;
C) 4 ta;
D) 5 ta.
24
.
Menejment— bu:
A) boshqaruv hokimiyati va san’atidir;
B) resurslarni boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy
ko‘nikmadir;
C) o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlovdir;
D) A; B;
E) noto‘g‘ri javob yo‘q.
25
.
Menejer— bu:
A) yollanma boshqaruvchi bo‘lib, aholining alohida ijtimoiy
qatlamidir;
B) maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir-asrorlari
va qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassisdir;
C) boshqaruvchi;
D) A; B;
E) noto‘g‘ri javob yo‘q.
www.ziyouz.com kutubxonasi
93
22. ADABIYOÒLAR RO‘YXAÒI
22. ADABIYOÒLAR RO‘YXAÒI
22. ADABIYOÒLAR RO‘YXAÒI
22. ADABIYOÒLAR RO‘YXAÒI
22. ADABIYOÒLAR RO‘YXAÒI
1. I. A. Karimov
I. A. Karimov
I. A. Karimov
I. A. Karimov
I. A. Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo‘lida. Toshkent, „O‘zbekiston“, 1995- yil.
2. I.
I.
I.
I.
I. A.
A.
A.
A.
A. Karimov.
Karimov.
Karimov.
Karimov.
Karimov. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejam-
korlik bilan foydalanish bosh yo‘limiz. Toshkent, „O‘zbekiston“, 2002-
yil.
3. „Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida“gi O‘zbe-
kiston Respublikasi Qonuni. T.: 2000- yil 25- may.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Xususiy tadbirkorlik,
kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida“gi Farmoni. 1998- yil fevral.
5. S. S. G‘ulomov
S. S. G‘ulomov
S. S. G‘ulomov
S. S. G‘ulomov
S. S. G‘ulomov. Òadbirkorlik va kichik biznes. Òoshkent, 1998- yil.
6. Sh. Abdullayeva.
Sh. Abdullayeva.
Sh. Abdullayeva.
Sh. Abdullayeva.
Sh. Abdullayeva. Pul, kredit va banklar. Òoshkent, „Moliya“ nash-
riyoti, 2000-yil, 312 b.
7. M.Hakimova
M.Hakimova
M.Hakimova
M.Hakimova
M.Hakimova. Makroiqtisodiyot. Òoshkent, „Mehnat“, 1997-yil.
8. Firma faoliyatini rejalashtirish (o‘quv qo‘llanma), Namangan,1999-
yil.
9. Y. Abdullayev.
Y. Abdullayev.
Y. Abdullayev.
Y. Abdullayev.
Y. Abdullayev. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob.
Òoshkent, „Mehnat“, 1997- yil.
10. Y. Abdullayev, Ò.G‘oraliyev.
Y. Abdullayev, Ò.G‘oraliyev.
Y. Abdullayev, Ò.G‘oraliyev.
Y. Abdullayev, Ò.G‘oraliyev.
Y. Abdullayev, Ò.G‘oraliyev. Pul: 100 savol va javob. Òoshkent,
„Mehnat“, 1996- yil.
11. M. Rasulov
M. Rasulov
M. Rasulov
M. Rasulov
M. Rasulov. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Òoshkent, „O‘zbekiston“.
1999- yil.
12. M. Sharifxo‘jayev, Y. Abdullayev.
M. Sharifxo‘jayev, Y. Abdullayev.
M. Sharifxo‘jayev, Y. Abdullayev.
M. Sharifxo‘jayev, Y. Abdullayev.
M. Sharifxo‘jayev, Y. Abdullayev. Menejment: 100 savol va javob.
Òoshkent, „Mehnat“, 2000- yil.
13. Y. Davlatov, S.Ahmedov, R.Davlatov.
Y. Davlatov, S.Ahmedov, R.Davlatov.
Y. Davlatov, S.Ahmedov, R.Davlatov.
Y. Davlatov, S.Ahmedov, R.Davlatov.
Y. Davlatov, S.Ahmedov, R.Davlatov. Qurilishda biznes-
rejalashtirish. ÒAQI, Òoshkent, 2001- yil.
14. Egamberdiyev E.,
Egamberdiyev E.,
Egamberdiyev E.,
Egamberdiyev E.,
Egamberdiyev E., Xo‘jaqulov H.
Xo‘jaqulov H.
Xo‘jaqulov H.
Xo‘jaqulov H.
Xo‘jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik.
Toshkent, „Ma’naviyat“. 2003- yil, 144 bet.
15. Á.
Á.
Á.
Á.
Á. Õàñàíîâ, À.
Õàñàíîâ, À.
Õàñàíîâ, À.
Õàñàíîâ, À.
Õàñàíîâ, À. Âàõîáîâ
Âàõîáîâ
Âàõîáîâ
Âàõîáîâ
Âàõîáîâ è äð. „Ìàëûé áèçíåñ è ïðåäïðè-
íèìàòåëüñòâî ïðîáëåìû è ðåøåíèÿ“. Ò., ÒÌÈ, 2002.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MUNDARIJA
So‘zboshi ......................................................................... 3
I bo‘lim.
I bo‘lim.
I bo‘lim.
I bo‘lim.
I bo‘lim. Mikroiqtisodiyot asoslari
Mikroiqtisodiyot asoslari
Mikroiqtisodiyot asoslari
Mikroiqtisodiyot asoslari
Mikroiqtisodiyot asoslari
1. Fanning vazifalari ........................................................... 4
2. Bozor tizimi .................................................................. 5
3. Òalab va taklif. Mukammal va nomukammal raqobat bozori ...... 9
4. Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida firmalar faoliyati nazariyasi .............................. 15
5. Baholash va ishlab chiqarish samaradorligi ......................... 18
6. Ishlab chiqarish omillari va daromadlar taqsimoti ............... 21
II bo‘lim.
II bo‘lim.
II bo‘lim.
II bo‘lim.
II bo‘lim. Makroiqtisodiyot asoslari
Makroiqtisodiyot asoslari
Makroiqtisodiyot asoslari
Makroiqtisodiyot asoslari
Makroiqtisodiyot asoslari
7. Fanning vazifalari ......................................................... 30
8. Pul ............................................................................ 31
9. Banklar va pul-kredit siyosati ......................................... 34
10. Budjet. Soliqlar. Davlatning fiskal siyosati .......................... 37
11. Iqtisodiy sikl. Inflatsiya, bandlilik ................................... 41
12. Makroiqtisodiyot muvozanati ......................................... 44
13. Xalqaro savdo. Valuta kursi va valuta tizimlari ...................... 47
III bo‘lim.
III bo‘lim.
III bo‘lim.
III bo‘lim.
III bo‘lim. Òadbirkorlik asoslari
Òadbirkorlik asoslari
Òadbirkorlik asoslari
Òadbirkorlik asoslari
Òadbirkorlik asoslari
14. Òadbirkorlik tushunchasi va uning mohiyati ...................... 56
15. Kichik va o‘rta biznesni tashkil etish ................................ 60
16. Biznes-reja ................................................................. 66
17. Buxgalteriya hisobining elementlari ................................. 70
18. Birja va birja faoliyati ...................................................... 74
19. Bozorni o‘rganish. Marketing ......................................... 76
20. Menejment ................................................................. 80
21. Òadbirkorlarga maslahatlar ............................................. 83
22. Adabiyotlar ro‘yxati ..................................................... 93
94
www.ziyouz.com kutubxonasi
ULUG‘BEK ILYOSOVICH INOYATOV
SULTON ILYOSOVICH AHMEDOV
RAVSHAN IBRAGIMOVICH NURIMBETOV
IQTISODIYOT VA TADBIRKORLIK
IQTISODIYOT VA TADBIRKORLIK
IQTISODIYOT VA TADBIRKORLIK
IQTISODIYOT VA TADBIRKORLIK
IQTISODIYOT VA TADBIRKORLIK
Kasb-hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘llanma
Òoshkent „O‘qituvchi“ 2004
Muharrir
S.Mirzaxo‘jayev
Badiiy muharrir
Sh.Qahhorov
Òexnik muharrirlar
S.Òursunova, T. Greshnikova
Kompyuterda sahifalovchi
K. Hamidullayeva
Musahhih
D. Umarova
IB ¹ 8334
Original-maketdan bosishga ruxsat etildi 12.07.2004. Bichimi 60x90
1
/
16
.
Kegli 11,10 shponli. Garn. tayms. Ofset bosma usulida bosildi. Bosma t. 6,0.
Nashr. t. 6,0. 2000 nushada bosildi. Buyurtma ¹
„O‘qituvchi“ nashriyoti, Toshkent, 129. Navoiy ko‘chasi. 30. Shartnoma
¹ 07—67—04.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Toshkent kitob-jurnal
fabrikasida chop etildi. Toshkent, Yunusobod dahasi, Murodov
ko‘chasi, 1- uy. 2004.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Inoyatov U. va b.
Iqtisodiyot va tadbirkorlik:
Iqtisodiyot va tadbirkorlik:
Iqtisodiyot va tadbirkorlik:
Iqtisodiyot va tadbirkorlik:
Iqtisodiyot va tadbirkorlik: Kasb-hunar
kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma / Mualliflar
Mualliflar
Mualliflar
Mualliflar
Mualliflar:::::
U. Inoyatov, S. Ahmedov, R. Nurimbetov.
U. Inoyatov, S. Ahmedov, R. Nurimbetov.
U. Inoyatov, S. Ahmedov, R. Nurimbetov.
U. Inoyatov, S. Ahmedov, R. Nurimbetov.
U. Inoyatov, S. Ahmedov, R. Nurimbetov.
— Ò.: „O‘qituvchi“, 2004. 96 b.
I 58
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |