)
m
‘
o
s
(
i
x
r
a
n
n
u
g
k
1
)
g
k
(
i
r
o
d
q
i
m
n
u
n
a
g
i
d
a
n
i
l
i
q
f
i
l
k
a
t
k
i
l
a
t
f
a
H
0
0
2
0
6
0
6
1
0
5
0
2
1
5
3
0
8
0
2
0
4
5
Muvozanat
Muvozanat
Muvozanat
Muvozanat
Muvozanat
Òalab va taklif shkalalari bizga turli narxlarda xaridorlar qancha
tovar talab qilishi, sotuvchilar esa qancha tovar taklif qilishi
mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Ammo ular qanday narx bo‘lganida
oldi-sotdi haqiqatan ro‘y berishini bizga ma’lum qila olmaydi. Òurli
ikkita kuch birlashganida boshqacha bir hodisa ro‘y beradi. Òaklif
bilan talabning o‘zaro munosabati oqibatida muvozanat narxi yoki
bozor narxi o‘rnatilishiga olib keladi. Bozor narxlari tovar va
xizmatlar haqiqatda pulga ayriboshlanadigan asl narxdir.
Bu hodisa qay tariqa ro‘y berishini muzqaymoqqa talab va taklif
shakllarini birlashtiramiz.
3- jadval
i
s
a
l
a
k
h
s
b
a
l
a
t
a
q
q
o
m
y
a
q
z
u
M
b
a
l
a
T
g
n
i
n
i
s
a
n
o
d
r
i
B
i
x
r
a
n
f
i
l
k
a
T
0
9
1
m
‘
o
s
0
5
0
5
5
7
1
m
‘
o
s
5
7
0
8
5
2
1
m
‘
o
s
0
0
1
5
2
1
5
8
m
‘
o
s
5
2
1
5
7
1
5
6
m
‘
o
s
0
5
1
5
3
2
0
5
m
‘
o
s
5
7
1
5
6
2
0
4
m
‘
o
s
0
0
2
0
0
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Òalab hajmi taklifga teppa-teng bo‘lgandagina narx bozor narxi
yoki muvozanat narxidir. Biz keltirgan misolda bunday narx 100
so‘mdir, chunki bu narxda qancha muzqaymoq tayyorlangan
bo‘lsa, shuncha odam uni shu narxda sotib olishga rozi.
Qondirilmagan talab. Aytaylik, muzqaymoq 50 so‘mdan
sotilayotganda (talab shkalasi—3-jadvalga qarang) muzqaymoqning
190 donasi sotiladi. Lekin sotuvchi faqat 50 dona olib kelgan.
Iste’molchilar sotuvda bo‘lgan 50 dona muzqaymoqni xarid qilib
ketishgach, qolgan muzqaymoqxo‘rlar yana qo‘shimcha talab
qilishadi. Ushbu holni muzqaymoqqa
qondirilmagan talab deb
atashadi.
Bunday qaraganda, sotuvchilar talab qondirilmaganini ko‘rib,
ertasiga muzqaymoqni 50 so‘mdan qimmatroq sotishlari mumkin.
Yangi narxda ham muzqaymoqning hammasi bemalol sotilishi
mumkin.
Demak, qondirilmagan talab narxning oshishiga sabab bo‘ladi
va bu jarayon talab bilan taklif baravarlashguncha davom etadi.
Ortiqcha taklif. Aksincha vaziyatni tasavvur qilaylik. Sotuvchi
muzqaymoqning har donasini 150 so‘mdan taklif qiladi. Bu holda
kuniga ishlab chiqarilgan 235 donasidan faqat 65 tasi xarid qilinadi.
Bu esa 170 dona ortiqcha taklif borligini bildiradi.
Muzxonasida shuncha muzqaymoq qolgan sotuvchilar
imkonlari bo‘lsa, muzqaymoqni arzonroq narxda taklif qila
boshlaydilar. Narx pasaya boshlashi bilan tobora ko‘proq
muzqaymoq sotila boshlaydi. Bu jarayon ham taklif bilan talab
bab-baravar bo‘lgunga qadar davom etadi. Bundan ortiqcha taklif
narxning muvozanat darajasigacha pasayishiga olib keladi degan
xulosani chiqarishimiz mumkin.
Mukammal va nomukammal raqobat bozori
Mukammal va nomukammal raqobat bozori
Mukammal va nomukammal raqobat bozori
Mukammal va nomukammal raqobat bozori
Mukammal va nomukammal raqobat bozori
Har qanday ijtimoiy tuzumda raqobat muayyan ijtimoiy
vazifalarni bajaradi.
Keng ma’noda raqobat deganda bir maqsad sari intilayotgan
subyektlarning faol musobaqadagi o‘zaro munosabatlari tushuniladi.
Raqobatsiz bozor iqtisodiyotining bo‘lishi mumkin emas va
bunday iqtisodiyot mavjud bo‘la olmaydi ham.
Iqtisodiyot fani bozorning raqobatchilik tarkibiy tuzilishining
turli-modellarini ajratib bergan. Uning to‘rt modeli keng e’tirof
etilgan:
mukammal (sof) raqobat; monopolistik raqobat; oligopoliya;
mukammal (sof) monopoliya. Bu modellarni quyida batafsilroq ko‘rib
chiqamiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
Mukammal (sof) raqobat bozorga erkin kirib keladigan va undan
chiqib ketadigan xaridor va sotuvchilarning ko‘pligi bilan
tavsiflanadi, sotuvchilar bir xil yoki turdosh tovarlar va xizmat-
larni taklif etadilar. Bunda xaridorlar yoki sotuvchilarning birontasi
ham alohida bir o‘zi bozor narxlariga ta’sir ko‘rsatishga qodir
bo‘lmaydi. Bu modelga ko‘ra mukammal raqobatchi mavjud bozor
narxlarida o‘zi sotish uchun mo‘ljallangan jami mahsuloti yoki
xizmatini bozorda sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqa-
ruvchi yoki tovarlarni sotuvchi hisoblanadi. U umumbozor
narxlariga, uni ko‘tarish yoki pasaytirish tomoniga qarab hech
qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi, chunki bir yoki turdosh tovarlar
va xizmatlar savdosining umumiy hajmida uning hissasi katta emas,
uning hissasi bir ishlab chiqaruvchi bozorni o‘z izmiga oladigan
hajm bo‘sag‘asidan past.
Monopolistik raqobat o‘z nomiga mos holda ustun keladigan
raqobatning bir qadar monopol hukmronlik bilan aralashmasidan
(qo‘shilmasidan) iborat.
Raqobatchilarning anchagina sonli bo‘lishi ulardan har birining
bozor narxlarini nazorat qilishi imkoniyatini to‘liq bo‘lmasa-da,
ammo sezilarli darajada cheklaydi. Monopolistik raqobatga xos
bo‘lgan muhim belgi sotuvchilarning tovarlarni tabaqalashtirishga
intilishidir. Òabaqalashtirish, ya’ni tovarga alohida, uni o‘ziga
o‘xshash tovarlardan ajratib turadigan sifat berish sotuvchiga
raqiblarning xuddi shunday tovarlarga qaraganda uning tovarlarini
afzal ko‘ruvchi xaridorlar doirasini yaratish imkoniyatini beradi.
Oligopoliya — tarmoqda bir necha firmaning hukmronligi bo‘lib,
ularning har biri bozorning katta qismini nazorat qiladi.
Oligopoliya sharoitlarida firmalar o‘zaro bog‘lanib qoladi,
ularning har biri o‘z harakati bilan raqiblarga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi va o‘zi ham ularning ta’sirida bo‘ladi. Bozorning oligopolik
tuzilmasida firmalar aynan o‘xshash yoki deyarli bir xil yoki
bo‘lmasa, tabaqalangan mahsulotlar ishlab chiqarishlari mumkin.
Oligopolik bozorda narx bo‘yicha peshqadam bo‘lish ko‘p
uchraydi. Bu peshqadam tarmoqdagi eng yirik yoki eng samarali
ishlayotgan firma bo‘ladi. Òarmoqdagi peshqadam o‘z mahsuloti
narxini o‘zgartirish bilan boshqa firmalarning ham narxini qayta
ko‘rib chiqishga majbur etadi.
Mukammal (sof) monopoliya mukammal (sof) raqobatning
tamomila aksi. Bu modelda yaqinroq o‘rinbosarlari bo‘lmagan
mahsulot taklif etadigan yagona ishlab chiqaruvchi mukammal
monopolist hisoblanadi. Bu modelga yaqin bozorlarda sotuvchi tanho
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
yoki ularning soni shu qadar kamki, ularning har biri raqiblari
bilan kelishilgan holda mustaqil tovarlar va xizmatlar taklifi
umumiy hajmiga va ularning narxiga ta’sir ko‘rsatishga qodir.
Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda, shu jumladan, raqobat
darajasi yuqori bo‘lgan rivojlangan bozor iqtisodiyotli
mamlakatlarda ham mavjud. Bu holni bir qancha sabablar paydo
etadi.
Mahsulot birligi xarajatlarining ishlab chiqarish miqyosiga
bog‘liqligi yorqin ko‘rinadigan va tabiiy sharoitlarga ko‘ra raqobatning
bo‘lishi qiyin yoki uni qo‘llab bo‘lmaydigan tarmoqlar
tabiiy
monopoliyalar deb ataladi.
Amalda barcha davlatlarda jamiyatning eng muhim ehtiyojlariga
xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlar: elektr ta’minoti, aloqa, temir-
yo‘l transporti va shu kabilar tabiiy monopoliyalar qatorida turadi.
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Òalab deb nimaga aytiladi?
2. Òalabning nechta turi o‘zaro farq qiladi va ularni tushuntirib bering?
3. Òalab miqdorining o‘zgarishiga eng ko‘p ta’sir qiladigan omilni
aytib bering?
4. Òalab qonuni deb nimaga aytiladi?
5. Òalab o‘zgarishi nimaga olib keladi?
6. Òaklif deb nimaga aytiladi?
7. Òaklif qanaqa omillar ta’sirida o‘zgaradi?
8. Bozor narxi nima natijasida o‘rnatiladi?
9. Òalab va taklif egri chiziqlarini tushuntirib bering?
10. Raqobat deganda nimani tushunasiz va uning turlarini sanab bering?
4. Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda.
4. Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda.
4. Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda.
4. Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda.
4. Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar faoliyati nazariyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar faoliyati nazariyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar faoliyati nazariyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar faoliyati nazariyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar faoliyati nazariyasi
Har bir korxona, firma va qolaversa har bir shaxs o‘z ishlab
chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Bunga qanday
qilib erishish mumkin? Bunga umumiy javob shunday; korxona,
firma va o‘z foydasi miqdorini ko‘paytirishni maqsad qilib qo‘ygan
har bir shaxs ishlab chiqarish jarayonini shunday tashkil etishi
lozimki, bir xil hajmdagi ishlab chiqaradigan tayyor mahsulotga
imkoni boricha kam ishlab chiqarish omillarini sarf etsin.
Òovarlar ishlab chiqarish va sotish jarayonida firma ma’lum
xarajatlar qilishga majbur bo‘ladi. Xarajatlarning ikki turi —
ochiq
xarajatlar va zimmaga tushgan noaniq xarajatlarni ko‘rib chiqaylik.
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
Ochiq (aniq) xarajatlarga firmaning quyidagi ishlab chiqarish
omillariga sarf etgan xarajatlar kiradi;
1. Mehnat—ish haqi.
2. Yer - ijara.
3. Kapital—asosiy va aylanma fondlarga xarajatlar.
4. Òadbirkorlik qobiliyatiga to‘lanuvchi haq.
Barcha aniq xarajatlarning yig‘indisi mahsulot tannarxini
bildiradi.
Bozor narxi bilan tannarx o‘rtasidagi farq foydani ifodalaydi.
Ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga ochiq (aniq) xarajatlardan
tashqari zimmaga tushgan
noaniq xarajatlar ham kiritiladi.
Zimmaga tushgan xarajatlar deb, firma mulki bo‘lgan
resurslarni ishlatishdagi muqobil xarajatlarga (muqobil qiymat)
aytiladi.
Bu xarajatlar firmalarning boshqa tashkilotlarga beradigan
to‘lovlariga kiritilmaydi (masalan, tadbirkor o‘z kapitalini ishlab
chiqarishga kiritgan bo‘lsa, u bularni bankka qo‘yib, foiz ololmaydi).
Yer egasi renta to‘lamaydi, lekin yerda o‘zi ishlasa, u uni
ijaraga berishdan keluvchi qo‘shimcha daromaddan voz kechadi.
Sof iqtisodiy foyda mahsulot sotilishidan olingan yalpi
daromaddan barcha xarajatlarni ayirib tashlash yo‘li bilan
aniqlanadi.
Aniq va zimmaga tushgan xarajatlar o‘rtasidagi farqni bilib
olib, biz foydani aniqlashimiz mumkin.
Xarajatlar to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz „boy berilgan
imkoniyatlar xarajati“ degan tushunchani bilishimiz kerak. „
Boy
berilgan imkoniyat xarajati“ deb biror xil resursdan foyda olish
maqsadida foydalanib, lekin yo‘lning to‘g‘ri tanlanmaganligi uchun
boy berilgan daromadga aytiladi.
„
Foyda“ tushunchasining ikki ko‘rinishi bo‘lib ular:
a) buxgalteriya hisobidagi foyda;
b) iqtisodiy foyda.
Buxgalterlik hisob-kitobidagi foydani aniqlashda mahsulotni
sotishdan kelgan pul tushumidan bevosita xarajatlar hamda ustama
xarajatlar ayirilib tashlanadi.
Iqtisodiy foydani aniqlashda buxgalterlik hisob-kitobidagi
foydadan „boy berilgan imkoniyatlar xarajati“ ham ayirilib
tashlanadi. Buni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin:
Korxonaning jami pul tushumi = 10000 ming so‘m;
— bevosita xarajatlar (xomashyo materiallar, ish haqi, yoqilg‘i
moylash materiallari va h.k.) = 6000 ming so‘m;
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
— ustama xarajatlari (ishlab chiqarishni tashkil etish va bosh-
qarish xarajatlari va h.k.) = 1000,0 ming so‘m;
— buxgalterlik hisobi bo‘yicha foyda = 3000,0 ming so‘m;
—„Boy berilgan imkoniyatlar harajati“ = 1000,0 ming so‘m;
— iqtisodiy foyda = 2000,0 so‘m.
Albatta, bu yerda „boy berilgan imkoniyatlar xarajati“ni
aniqlash birmuncha murakkab, buning uchun qo‘shimcha hisob-
kitoblar qilishga, normativ ma’lumotlardan foydalanishga to‘g‘ri
keladi. Uni aniqlashning umumiy tartibini yuqorida ko‘rib o‘tdik.
Moliyaviy foyda
Moliyaviy foyda
Moliyaviy foyda
Moliyaviy foyda
Moliyaviy foyda — firmaning yalpi daromadi (tushumi) bilan
aniq xarajatlar o‘rtasidagi farqqa tengdir.
Iqtisodiy foyda
Iqtisodiy foyda
Iqtisodiy foyda
Iqtisodiy foyda
Iqtisodiy foyda— bu firmaning yalpi daromadi (tushumi)
bilan barcha (aniq va zimmaga tushgan) xarajatlar o‘rtasidagi
farqdir.
Normal foyda
Normal foyda
Normal foyda
Normal foyda
Normal foyda — bu firma egasi tomonidan ishlab chiqarishga
ketkazgan zimmaga tushgan xarajatlariga teng bo‘lgan foydadir
(masalan, tadbirkor ishlab chiqarishga 1 mln. so‘m kiritib 8
foiz foyda olsin, agar u shu summa uchun bank foiz stavkasi
8 foizga teng bo‘lsa, tadbirkor tomonidan olingan foyda normal
foyda bo‘ladi). Firma xarajatlarini doimiy va o‘zgaruvchan
xarajatlarga bo‘lish mumkin:
Ba’zi ishlab chiqarish omillari firma tomonidan:
•
doimiy:
•
ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z
faoliyatini to‘xtatishdan qat’iy nazar to‘lanadigan (ijara to‘lovi,
bank krediti bo‘yicha to‘lovlar, sug‘urta kommunal xizmat
to‘lovlari, amortizatsiya ajratmalari).
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘lmagan harajatlar
doimiy xarajatlar deyiladi.
Hajmi ishlab chiqarish hajmi o‘zgarib borishi bilan bog‘liq
xarajatlar, ya’ni xodimlarga to‘lanadigan ish haqi, xom ashyo,
materiallar, yonilg‘i (aylanma kapital) uchun sarflangan xarajatlar
firmaning
o‘zgaruvchan xarajatlari deyiladi.
Xarajatlarning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linishi
korxona yopilishi yoki u zarar bilan ishlayotgan holda bankrot
deb e’lon qilinishi haqida qaror qabul qilish uchun zarur.
Ishlab chiqaruvchi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xa-
rajatlar
o‘rtacha xarajatlar deyiladi.
2 — Iqtisodiyot va tadbirkorlik
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Xarajatlarning qanday turlari mavjud va ularni tushuntirib bering?
2. Mahsulot tannarxi deganda nimani tushunasiz?
3. Foyda qanday ifodalanadi?
4. Zimmaga tushgan xarajatlar deb nimaga aytiladi?
5. „Boy berilgan imkoniyatlar xarajati“ deb nimaga aytiladi?
6. „Foyda“ tushunchasining nechta ko‘rinishi mavjud va ular qanday
aniqlanadi?
7. Doimiy xarajatlar deb nimaga aytiladi?
8. O‘zgaruvchan xarajatlar deb nimaga aytiladi?
9. O‘rtacha xarajat deb nimaga aytiladi?
5. Baholash va ishlab chiqarish samaradorligi
5. Baholash va ishlab chiqarish samaradorligi
5. Baholash va ishlab chiqarish samaradorligi
5. Baholash va ishlab chiqarish samaradorligi
5. Baholash va ishlab chiqarish samaradorligi
Bozor tizimida turli xil tovar va xizmatlarni taklif qiluvchi va
xarid etuvchi bozorlar ko‘p bo‘lib, ular muntazam va samarali
faoliyat yuritadilar. Bu tizim o‘z- o‘zini
tartibga soluvchi tizim
deb ataladi. Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga
o‘zining vazifalari orqali ta’sir etadi. Baholar yordamida asosiy
muammo nima ishlab chiqarish lozimligi hal etiladi, ya’ni baho,
taklif va talabning qondirilishi, mahsulotlarni sotishda, axborot
bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Ya’ni tovarning taklifi,
baholar to‘g‘risida aholining to‘lov qobiliyati, ishlab chiqarish
resurslarning yetarligiga va ortiqchaligi borasida axborot beradi,
qilingan xarajatlar va olingan tovarlar, baho yordamida hisob -
kitob qilinadi. Foyda, tovar bahosi bilan ishlab chiqarish uchun
ketgan xarajatlar o‘rtasidagi farqqa teng bo‘ladi. Muayyan baho
sharoitida ko‘proq foyda olish uchun xarajatlarni kamaytirish
zarur. Shu sababli, korxonalar tejamli ish tutib xarajatni
pasaytirishga harakat qiladilar. Buning uchun ishlab chiqaruvchilar
resurslardan ratsional (oqilona) foydalanishi, ilg‘or texnika va
texnologiyani, mehnatni ilmiy tashkil qilishni ishlab chiqarishga
joriy qilishga majbur bo‘ladilar. O‘z navbatida baho taklif va talabga
ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy nazariya baho bilan talab hamda baho
bilan taklif o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi talab va taklif
qonunini ochgan. Bu qonun orqali baho va daromadlarni tartibga
solish mumkin. Òalab va taklif, nisbatan mustaqil va ayni vaqtda
o‘zida bir-birini taqozo etuvchi juft kategoriyalardir. Zero talab
faqat taklifda qondirilishi mumkin, taklif esa talabda — talab
orqali ro‘yobga chiqishi mumkin.
Òalab va taklif qonuniga ko‘ra, bozorda talab va taklif
nafaqat miqdori, balki o‘zining tarkibi jihatidan ham bir-biriga
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
mos kelishi kerak va shundagina bozor muvozanatiga erishiladi.
Òalab va taklif bozor muvozanatlarining mohiyatini, bozorning
o‘zidagi o‘zgarishlarning sabab va oqibatlarini bildiradi. Ammo
talab va taklif qonuni, ishlab chiqarishni tartibga soluvchi kuch
birligini bildiradiki, unga ko‘ra bozordagi o‘zgarish darhol ishlab
chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi talab va taklifning
nisbatiga qarab ishlab chiqarishning sur’atlari va tarkibi tashkil
topadi. Bu esa tovar ishlab chiqarishga sarf etilgan hamma
mehnat—ijtimoiy normal va zarur ekanligini ko‘rsatadi. Bunday
muvozanat iqtisodiyotni rivojlantirish katta samaradorlikka
erishganligidan dalolat beradi.
Òaklifning talabdan orqada qolishi natijasida baho o‘sadi, u
ijtimoiy zaruriy mehnat sarfidan ajralib qoladi. Òaklifning
talabdan muntazam sur’atda orqada qolishi natijasida bozorning
deformatsiyalashuvi, ishlab chiqaruvchi o‘z hukmini o‘tkazishiga
olib keladi.
Bozor muvozanati buzilsa, jamiyat uni tiklash
choralarini ko‘radi. U talab va taklifni shakllantiruvchi
omillarga ta’sir etib, ular muvozanatini ta’minlashi mumkin.
Bozor muvozanatini ta’minlash yo‘llari quyidagilar: ishlab
chiqarishni rivojlantirish orqali bozorni tovarlar bilan to‘ldirish
hamda yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish, talab va
unumdorlikning ish haqiga nisbatan tezroq o‘sishi va aholining
taklifiga qarab, baholarni pasaytirish yoki ko‘tarish, mehnat
daromadlarini, tovar va xizmatlarning ko‘payishiga qarab
orttirish, eksport yoki importni kamaytirishdir.
Har bir tovar yoki xizmat turi bozorda qanday ko‘rinishda
taklif qilinishiga bog‘liq ravishda o‘z narxiga ega, bu narx pulda
ifodalanib, daromadning biror bir ko‘rinishiga aylanadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, narx ham daromadga
aylanmaydi, bu jarayon faqatgina talab va taklifning bozor
muvozanatiga javob bergandagina yuz beradi.
Òalab va taklifning
bozor muvozanati deganda nima tushuniladi?
Amalda bunday muvozanatni tasavvur etish mushkul, lekin
nazariy jihatdan unga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Agarda bozorda jamiyat iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan
miqdordan ko‘proq tovar mavjud bo‘lsa, uni kamroq sotib
oladilar va uning narxi asta-sekin tushib taklif normallashadi.
Narxlarning yuqori bo‘lishi taklif yetishmasligidan dalolat
beradi, bu holda ishlab chiqarish kengayadi, chunki uni ushbu
yuqori narxlar rag‘batlantiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Muvozanat narxi — bu talab va taklif teng bo‘lgan holdagi
narxdir.
Ortiqcha tovar zaxirasidan qutulmoqchi bo‘lgan sotuvchi o‘z
tovari narxini kamaytirishga, ishlab chiqaruvchi esa ushbu tovarni
arzon narxda ishlab chiqarmaslikka harakat qiladi. Muvozanatga
muntazam ravishda narx vositasida iste’mol tovarlari, ishlab chiqarish
omillari va ish kuchi bozorida, pul, qimmatli qog‘ozlar, axborot
bozorida talab va taklif nisbatini tenglashtirish yo‘li bilan erishiladi.
Demak,
o‘zini o‘zi tartibga soluvchi bozor iqtisodiyoti—bu
raqobat narxining muvozanatli iqtisodiyotidir.
Raqobat jarayonida muvozanat narxini aniqlash yo‘li bilangina
nima, qanday va nima uchun tovar ishlab chiqarish masalasini
hal etish mumkin.
Bozor tizimi raqobat natijasida shakllandi, lekin raqobatning
o‘zi unga zid bo‘lgan monopoliyani vujudga keltiradi. Monopolizm
xarajatlar kam va ommaviy talab qondirilgan joyda vujudga
keladi.
Raqobat quyidagilarni amalga oshirishga majbur qiladi:
•
ishlab chiqarish ko‘lami va ommaviy mahsulot ishlab
chiqarishning o‘sishi hisobidan tejash;
•
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish;
•
ishlab chiqarish omillarining bir-birini o‘rnini bosishiga
harakat qilish;
•
ishlab chiqarishni tashkil etishning eng maqbul shaklini
qo‘llash;
•
malakaliroq ishchi kuchidan foydalanish.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar ishlab chiqarish konsen-
trasiyasi va markazlashuviga, bu jarayon esa yirik monopoliyalar
vujudga kelishiga olib keladi.
Monopolizm esa narxlarni belgilash yo‘li bilan bozor
iqtisodiyotiga, uning o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmiga
rahna soladi.
Monopol narx belgilashning salbiy mexanizmining mohiyati
nimada, bunga quyidagilarni misol qilish mumkin:
•
Òovar bozorlarining qashshoqlashuvi.
•
Òovar tanqisligining vujudga kelishi.
•
Iste’molning cheklanishi.
•
Fan-texnika taraqqiyotini sekinlashuvi;
•
Mehnat faoliyatining pasayishi;
•
Cheklangan resurslarni o‘z foydasiga taqsimlash;
•
Ularni tejashdan manfaatdor bo‘lmaslik;
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
•
Jamiyat daromadlarini monopol narx o‘rnatish yo‘li bilan
o‘z hisobiga o‘tkazish;
•
Ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi;
•
Jamiyatda tabaqalanishuv va uning noroziliklarga olib kelishi.
Monopolizm deganda raqobatli muvozanat narxi shakllanishiga
aralashuv tushuniladi.
Raqobatli narx shakllanishiga ta’sir etuvchi monopolizmni kim
va qanday cheklashi mumkin?
Òartibga solish sohasidagi qarorlar bozor qarorlari bo‘lishi va
ular davlat tomonidan qabul qilinishi lozim.
Davlatning tartibga soluvchilik vazifasi, xo‘jalik yurituvchi
subyektlar o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi va bir-biriga moslashuvchi,
shu bilan birga maxsus ishlangan „o‘yin qoidalariga“ amal qiluvchi
bozor jarayoni natijasidan iborat bo‘lishi kerak.
Iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solish quyidagi uch xil yo‘nalishda amalga
oshirilishi kerak.
•
Iqtisodiy samaradorlikni qo‘llab-quvvatlash, (monopolizmni
cheklash, tadbirkorlik faoliyati uchun har xil sharoit yaratish,
raqobatni qo‘llab-quvvatlash);
•
Rivojlanish barqarorligini ta’minlash (barqaror iqtisodiy
o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, siklik tebranishlar keskinligini
kamaytirish);
•
Ijtimoiy adolatni ta’minlash.
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Qanday tizim o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tizim deb ataladi?
2. Baholar yordamida nimalar hal etiladi?
3. Bozor muvozanatini ta’minlash yo‘llarini sanab bering.
4. Òalab va taklifning bozor muvozanati deganda nima tushuniladi?
5. Muvozanat narxini tushuntirib bering?
6. Monopolizm qanday joyda vujudga keladi?
7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qanday yo‘nalishlarda
amalga oshirilishi kerak?
6. Ishlab chiqarish omillari va daromadlar taqsimoti
6. Ishlab chiqarish omillari va daromadlar taqsimoti
6. Ishlab chiqarish omillari va daromadlar taqsimoti
6. Ishlab chiqarish omillari va daromadlar taqsimoti
6. Ishlab chiqarish omillari va daromadlar taqsimoti
Òadbirkorlik faoliyatining o‘ta muhim jihati—bu ishlab
chiqarishdir. Bu jarayonda iqtisodiy resurslar ishlatiladi,
mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish yuz berishi uchun uning omillari
harakatga kelishi shart. Iqtisodiy nazariyada bu omillar turlicha
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
talqin etiladi. Fransuz iqtisodchisi J.Sey
J.Sey
J.Sey
J.Sey
J.Sey ishlab chiqarishning uch
omili nazariyasini asoslab, ularga
yer, kapital va ishchi kuchini
kiritgan, ularning o‘zaro ta’sirida ishlab chiqarish sodir bo‘lishini
qayd etgan.
Hozirgi G‘arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar iqtisodiy
resurs tushunchasini olg‘a surib, ularga
yer, kapital, mehnat va
nihoyat
tadbirkorlik qobiliyatini kiritadilar. Demak, to‘rtinchi omil
ham mavjud deb hisoblashadi.
Yer va kapital ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omili
bo‘lib, o‘z tarkibiga:
tabiiy resurslar, ulardan olingan xomashyolar,
mashina-mexanizm, asbob-uskuna, qurilma inshootlari kiradi.
Ular ishlab chiqarish vositalari yoki ishlab chiqarish fondlari
deb ham yuritiladi.
Bozor xo‘jaligining muhim unsurlaridan biri hisoblangan
tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirishni tezlashtirish omili
vazifasini o‘tamoqda.
Ishlab chiqarish omillari deganda, tovar ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish jarayonida ishlatiluvchi barcha turdagi
resurslar
tushuniladi.
Ular jumlasiga quyidagi resurslar kiradi:
a) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmon
resurslari);
b) mehnat resurslari (mahsulot va resurslar ishlab chiqarish
qobiliyatiga ega kishilar);
d) ishlab chiqarish vositalari (investitsiya resurslari, ishlab
chiqarish kapitali, stanoklar, uskunalar, ishlab chiqarish binolari,
xomashyo va boshqa asosiy va aylanma fondlar);
e) kishilarning ishlab chiqarishni tashkil etishga bo‘lgan
tadbirkorlik qobiliyati.
Makroiqtisodiyotda —
iqtisodiy resurslar atamasi qo‘llaniladi.
Resurslar iste’molchilari tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat
ko‘rsatuvchi korxonalardir.
Resurslarni ishlab chiqaruvchilar—ularning mulkdorlaridir. Shu
sababli, resursning uning iste’molchilari to‘lashga rozi bo‘lgan
bahosi uning egasi daromadini ifodalaydi.
Òabiiy resurslar narxi —
renta.
Mehnat resurslari bahosi —
ish haqi.
Ishlab chiqarish kapitali yoki investitsion resurslar narxi —
foiz.
Òadbirkorlik qobiliyati narxi esa —
tadbirkorlik daromadidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslar narxi qanday
shakllanadi? Uning shakllanishi talab va taklifning o‘zaro ta’siri
ostida yuz beradi hamda tayyor mahsulotga bo‘lgan talabga bog‘liq
bo‘ladi.
Firmaning resurslar sotib olishga sarflangan mablag‘i uning
ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi.
Firma resurslardan qanday miqdorda va ularning qaysi turlaridan
foydalanadi? Firmaning asosiy vazifasi —
maksimal foyda olishga
erishishdir.
Firma resurslardan foydalanish hajmini har bir qo‘shimcha
resursdan foydalanish uning daromadini xarajatlariga nisbatan
ko‘proq o‘stirgan vaqtda orttirib boradi.
Firma bitta o‘zgaruvchan resurs (mehnat)dan foydalanishi
mumkin, qolgan resurslar esa o‘zgarmasdan qoladi (o‘zgaruvchan
omil birligi ortishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarishning ko‘payishi
ushbu
me’yorli mahsuloti deyiladi).
Firmaning ushbu resurs qo‘shimcha birligi hisobidan olgan
daromadining o‘sishi resurs
me’yorli daromadliligi yoki me’yorli
mahsulotdan olingan daromadi deyiladi.
Me’yorli mahsulot konsepsiyasi foydani maksimallashtirish
va xarajatlarni minimallashtirish muammosini hal etishga imkon
beradi. Buni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz.
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol: omillarning qanday birikmalaridan sarflab mahsulot
ishlab chiqarish foydaliroq? Katta miqdorda yer maydoni, kam
mehnat sarf qilish yo‘li bilanmi yoki aksimi?
Òaklif etilayotgan
variantlarning qaysi biri samaraliroq?
Variantning samaraliligi ish haqi va renta darajasiga bog‘liq:
Yer maydonining 16 va mehnatning 4 birligi.
Yer maydonining 8 va mehnatning 9 birligi.
Misol sharti bo‘yicha:
Ishchi bir soat mehnati uchun 200 so‘m oladi.
Renta—1 gektar uchun 100 so‘m.
(100 so‘m ½16)+(200 so‘m ½ 4) = 2400—xarajatlar kamroq
(samarali).
(100 so‘m ½ 8)+(200 so‘m ½ 9) = 2600—xarajatlar ko‘proq
(samarasiz).
Eng kam xarajatlar qoidasining mohiyati quyidagicha:
Ishlab chiqarish omillari birikmasini shunday o‘zgartirib
borish lozimki, toki me’yorli mahsulotlar u yoki bu ishlab
chiqarish omiliga sarflangan so‘nggi so‘mga teng bo‘lsin, ya’ni:
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
A me’yorli mahsulot
B me’yorli mahsulot.... eng kam xarajatlar
A narx
B narx
Eng kam xarajatlar qoidasidan
o‘rinbosarlik qoidasi kelib
chiqadi.
Agar bir omil narxi oshib, qolganlari o‘zgarmasa, narxi oshib
borayotgan qimmat omil o‘rniga narxi o‘zgarmaydigan boshqa
omildan foydalanish zarur. Mehnat narxi ortishi ishchilarning
ishdan bo‘shatilishiga olib keladi:
Me’yorli tayyor mahsulot mehnat haqi
Me’yorli tayyor mahsulot mehnat haqi
Me’yorli tayyor mahsulot mehnat haqi
Me’yorli tayyor mahsulot mehnat haqi
Me’yorli tayyor mahsulot mehnat haqi
Ishlab chiqarish jarayoniga muvozanat holatiga erishilgunga
qadar tobora ko‘proq yer maydoni jalb etiladi.
Mehnat haqi kamayib borgan holda, boshqa ishlab chiqarish
omillari o‘rniga mehnat sarflanadi.
Resurslarga bo‘lgan talab elastikligiga ta’sir etuvchi asosiy
Resurslarga bo‘lgan talab elastikligiga ta’sir etuvchi asosiy
Resurslarga bo‘lgan talab elastikligiga ta’sir etuvchi asosiy
Resurslarga bo‘lgan talab elastikligiga ta’sir etuvchi asosiy
Resurslarga bo‘lgan talab elastikligiga ta’sir etuvchi asosiy
omillar:
omillar:
omillar:
omillar:
omillar:
1) resursning me’yorli daromadliligi o‘zgarishi;
2) resurslarning bir-biri o‘rnini bosishi;
3) firma xarajatlarida resurslar hissasi;
4) ushbu resursdan foydalanib, ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulotga bo‘lgan talab elastikligi;
5) alohida firma tomonidan resurslarga bo‘lgan talab elastikligi
tayyor mahsulot bozori tarkibiga ham bog‘liq.
Resurslarga bo‘lgan talab o‘zgarishiga ta’sir etuvchi, narxga
Resurslarga bo‘lgan talab o‘zgarishiga ta’sir etuvchi, narxga
Resurslarga bo‘lgan talab o‘zgarishiga ta’sir etuvchi, narxga
Resurslarga bo‘lgan talab o‘zgarishiga ta’sir etuvchi, narxga
Resurslarga bo‘lgan talab o‘zgarishiga ta’sir etuvchi, narxga
bog‘liq bo‘lmagan omillar:
bog‘liq bo‘lmagan omillar:
bog‘liq bo‘lmagan omillar:
bog‘liq bo‘lmagan omillar:
bog‘liq bo‘lmagan omillar:
1) ushbu resurs ishlatilib ishlab chiqariluvchi tayyor mahsu-
lotga talabning o‘zgarishi;
2) boshqa resurslar narxi;
3) ishlab chiqarish texnologiyasidagi o‘zgarishlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma daromadlar pul shaklida
ifodalanadi va ishlab chiqarish omillari bahosi bilan uzviy aloqada
bo‘ladi.
Aholi daromadlarining mohiyatini tushunishda quyidagilarga
Aholi daromadlarining mohiyatini tushunishda quyidagilarga
Aholi daromadlarining mohiyatini tushunishda quyidagilarga
Aholi daromadlarining mohiyatini tushunishda quyidagilarga
Aholi daromadlarining mohiyatini tushunishda quyidagilarga
alohida e’tibor berish zarur:
alohida e’tibor berish zarur:
alohida e’tibor berish zarur:
alohida e’tibor berish zarur:
alohida e’tibor berish zarur:
— har qanday jamiyatning birlamchi bo‘g‘ini bu oiladir,
demak, daromadlar muammosi, eng avvalo, oilaning jami
daromadlari sifatida namoyon bo‘ladi:
— oila daromadlari har xil manbalar asosida shakllanadi,
ammo har xil oilalar uchun ushbu manbalarining ahamiyati
turlichadir. Bunga asoslanib aholi daromadlarining asosiy qismini
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
olinadigan daromad, ish haqi va ijtimoiy to‘lovlar tashkil
etuvchi ijtimoiy guruhlarga bo‘lish mumkin.
Yuqoridagi qayd qilinganlardan kelib chiqqan holda jamiyatda
aholining daromadlariga qarab tabaqalashuvi mavjud, degan
xulosa qilish mumkin. Masalan, AQSHda 1987- yilda boy
oilalarning 20% iga olingan daromadning 43,7% i qolgan, 80%
oilalarga esa 56,3% i to‘g‘ri kelgan.
Daromadlar mohiyatiga qarab
nominal va real shakli bo‘yicha
farqlanadi. Nominal daromad miqdorini ko‘rsatadi.
Real daromad esa aholi tomonidan real iste’mol qilingan
ne’matlarning miqdorini ko‘rsatadi.
Masalan: bitta oila 2003-
yilda 800 ming so‘m daromad (nominal daromad) oldi deylik
va uning 30%iga oziq-ovqat mahsulotlarini, 25% iga kiyim-
kechak mahsulotlarini, 25%iga xizmatlar sotib oldi va nihoyat
qolgan 20% esa jamg‘armaga qoladi (real daromad). Real
daromadga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular
soliq va
boshqa
majburiy to‘lovlar miqdori, ijtimoiy to‘lovlar miqdori,
baholar darajasi va boshqalar.
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Ishlab chiqarish omillari deganda nima tushuniladi?
2. Iqtisodiy resurslar atamasi qaysi fanda qo‘llaniladi?
3. Renta deganda nimani tushunasiz?
4. Mehnat resurslarining bahosi nima?
5. Òadbirkorlik qobiliyatining narxi nimadan iborat?
6. Resurs me’yorli daromadi yoki me’yorli mahsulotdan olingan
daromad deb nimaga aytiladi?
7. Daromadlar mohiyatiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
Mavzularni o‘zlashtirishni nazorat qilish
Mavzularni o‘zlashtirishni nazorat qilish
Mavzularni o‘zlashtirishni nazorat qilish
Mavzularni o‘zlashtirishni nazorat qilish
Mavzularni o‘zlashtirishni nazorat qilish
uchun test savollari
uchun test savollari
uchun test savollari
uchun test savollari
uchun test savollari
1.
Bozor tizimi bir vaqtning o‘zida:
A) iste’molchilarga, ishlab chiqaruvchilarga va resurslarni
yetkazib beruvchilarga qabul qilingan qarorlarni bildirish;
B) qarorlarni bir-biriga moslash, bu esa ishlab chiqarish
maqsadlarini muvofiqlashtirishni ta’minlab beradi;
C) tovar sotib oluvchining iqtisodiy manfaatlarini ro‘yobga
chiqaradigan asosiy maydon bo‘lib xizmat qiladi;
D) a+b.
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
2.
Bozor tizimining oldida turgan eng asosiy muammolar—bu:
A) ehtiyojlarning cheksizligi va resurslarning cheklanganligidan
kelib chiqadi;
B) resurslarning cheklanganligidan iborat;
C) ehtiyojlar cheklanganligidan iborat;
D) b+d.
3.
Òalab deb:
A) ma’lum davr mobaynida ma’lum narxda olinishi mumkin
bo‘lmagan tovarlar yoki xizmatlar miqdoriga aytiladi;
B) ma’lum davr mobaynida ma’lum narxda olinishi mumkin
bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar miqdoriga aytiladi;
C) ishlab chiqaruvchilarning ma’lum davrda, ma’lum narxda
sotishga tayyor bo‘lgan tovarlari yoki xizmatlari hajmiga
aytiladi;
D) a+d.
4.
Òalab qonuni deb:
A) talab va taklif o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi qonun
talab qonuni deyiladi;
B) narx va taklif o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi qonun
talab qonuni deyiladi;
C) narx bilan talab o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi qonun
talab qonuni deyiladi;
D) taklif va narx o‘rtasidagi proporsonal bog‘liqlik talab qonuni
deyiladi.
5.
Òaklif deb:
A) iste’molchilarning ma’lum davrda, ma’lum narxda sotib
olishga tayyor bo‘lgan tovarlari yoki xizmatlari hajmiga
aytiladi;
B) talab bilan narx o‘rtasidagi bog‘liqlikka aytiladi;
C) ishlab chiqaruvchilarning ma’lum davrda, ma’lum narxda
sotishga tayyor bo‘lgan tovarlari yoki xizmatlari hajmiga
aytiladi.
6.
Narx o‘sishi bilan ishlab chiqaruvchilar:
A) ko‘proq tovarlar taklif etadilar;
B) kamroq tovarlar taklif etadilar;
C) narx o‘sishi bilan taklif kamayib boradi;
D) narx tushishi bilan esa taklifni ko‘paytirishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
7.
Bozor narxi:
A) ish haqiga qarab o‘rnatiladi;
B) talab va taklif natijasida o‘rnatiladi;
C) xarajatlarga qarab o‘rnatiladi;
D) ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘rnatiladi.
8.
Bozor yoki muvozanat narxi:
A) ishlab chiqarish talabga teppa-teng bo‘lganda sodir bo‘ladi;
B) iste’molchilar darajasi ishlab chiqarish xarajatlariga teng
bo‘lganda sodir bo‘ladi;
C) talab hajmi taklifga teng bo‘lgandagina sodir bo‘ladi;
D) talab taklifga nisbatan kam bo‘lgandagina sodir bo‘ladi.
9.
Keng ma’noda raqobat deganda:
A) bir maqsad sari intilayotgan sub’ektlarning faol musoba-
qadagi o‘zaro munosabatlari tushuniladi;
B) maqsadga intilayotgan sub’ektlarning o‘zaro munosabatlari
tushuniladi;
C) bir nechta maqsad sari intilayotgan subyektlarning faol
musobaqadagi o‘zaro munosabatlari tushuniladi;
D) noma’lum bir maqsad sari intilayotgan subyektlarning
faol musobaqadagi o‘zaro munosabatlari tushuniladi.
10.
Raqobatning nechta modeli keng e’tirof etilgan?
A) 5 ta;
B) 3 ta;
C) 4 ta;
D) 2 ta.
11.
Oligopoliya— bu:
A) tarmoqda ko‘pchilik firmaning hukmronligini bildiradi;
B) barcha tarmoqda firmaning hukmronlik qilishini bildiradi;
C) bir tarmoqda yagona firmaning hukmronligini bildiradi;
D) tarmoqda bir necha firmaning hukmronligi bo‘lib, ularning
har biri bozorning katta qismini nazorat qiladi.
12.
„Foyda“ tushunchasining nechta ko‘rinishi bo‘ladi:
A) 2 ta;
B) 3 ta;
C) 4 ta;
D) 5 ta.
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
13.
Doimiy xarajatlar deb:
A) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘ladigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi;
B) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘lmagan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi;
C) hajmi ishlab chiqarish hajmi o‘zgarib borishi bilan bog‘liq
xara jatlarga aytiladi;
D) ishlab chiqaruvchi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi
xarajatlarga aytiladi.
14.
Òaklifning talabdan orqada qolishi natijasida:
A) baho kamayadi;
B) baho o‘sadi;
C) ishlab chiqarish o‘sadi;
D) ishlab chiqarish pasayadi.
15.
Ishlab chiqarish omillari deganda:
A) tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida ish-
latiluvchi barcha turdagi resurslar tushuniladi;
B) barcha turdagi xarajatlar tushuniladi;
C) faqat doimiy xarajatlar tushuniladi;
D) faqat o‘zgaruvchi xarajatlar tushuniladi.
16.
Ishlab chiqarish omillari atamasi:
A) makroiqtisodiyotda qo‘llaniladi;
B) statistikada qo‘llaniladi;
C) iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladi;
D) mikroiqtisodiyotda qo‘llaniladi.
17.
Iqtisodiy resurslar atamasi:
A) makroiqtisodiyotda qo‘llaniladi;
B) statistikada qo‘llaniladi;
C) iqtisodiy nazariyada qo‘llaniladi;
D) mikroiqtisodiyotda qo‘llaniladi.
18.
Daromadlar mohiyatiga qarab:
A) real va normal shakli bo‘yicha farqlanadi;
B) nominal va minimal shakli bo‘yicha farqlanadi;
C) nominal va real shakli bo‘yicha farqlanadi;
D) noto‘g‘ri javob yo‘q.
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
19.
Nominal daromad:
A) tadbirkorning ish haqi miqdorini ko‘rsatadi;
B) aholining jami daromadlari miqdorini ko‘rsatadi;
C) aholi tomonidan iste’mol qilingan ne’matlar miqdorini
ko‘rsatadi;
D) aholining pul tarzida olgan daromad miqdorini ko‘rsatadi.
20.
Real daromad:
A) aholi tomonidan real iste’mol qilingan ne’matlarning miq-
dorini ko‘rsatadi;
B) tadbirkorlar tomonidan real iste’mol qilingan ne’mat-
larning miqdorini ko‘rsatadi;
C) faqat oziq-ovqat uchun xarajat qilingan ne’matlarning
miqdorini ko‘rsatadi;
D) b+d.
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
7. Fanning vazifalari
7. Fanning vazifalari
7. Fanning vazifalari
7. Fanning vazifalari
7. Fanning vazifalari
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta o‘zgarishlar
yangicha zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimini
shakllantirishga qaratilgandir. Ushbu munosabatlar mamlakatda
yashovchi har bir insonning hayotiy manfaatlariga bevosita tegishli
bo‘lganligi sababli, aholining ko‘pchilik qismida tub islohotlar
jarayonining borishiga qiziqish va anglash kuchaymoqda.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi,
mustaqil rivojlangan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat
qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda.
Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirbosh-
lashning xilma-xil va ko‘p sonli barcha jarayonlari
iqtisodiy
jarayonlar deb ataladi. Agarda, bu jarayonlar doimiy ravishda bir
tekis amalga oshayotgan bo‘lsa, bunday holda mamlakatning
iqtisodiy tizimi
barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Lekin
amaliyotda u yoki bu resursning tovar hamda daromadning ochiq-
chaligi yoki yetishmasligi uchrab turadi. Iqtisodiyot tizimida umu-
miy muvozanatning shu kabi buzilish hollari
inflatsiya va ishsizlik
darajasining,
ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning o‘sish sur’at-
larining o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab
chiqarishning barcha qatnashuvchilari yoki tizimning jami iqtisodiy
agentlarining faoliyatlari natijasida paydo bo‘ladi va milliy iqti-
sodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni keng qamrovli xususiyatga ega.
Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar
sifatida o‘rganuvchi fanni
makroiqtisodiyot deb ataladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, „Makroiqti-
sodiyot“ fani mamlakatning makroiqtisodiy holati
ijtimoiy ishlab
chiqarish, inflatsiya, ishsizlik va bandlik, aholining moddiy faro-
vonligi darajasi va boshqalar ushbu fanning asosiy vazifalari hisob-
lanadi.
II bo‘lim
MAKROIQÒISODIYOÒ ASOSLARI
MAKROIQÒISODIYOÒ ASOSLARI
MAKROIQÒISODIYOÒ ASOSLARI
MAKROIQÒISODIYOÒ ASOSLARI
MAKROIQÒISODIYOÒ ASOSLARI
www.ziyouz.com kutubxonasi
31
8. Pul
8. Pul
8. Pul
8. Pul
8. Pul
Pul
Pul
Pul
Pul
Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa
tovarlar uchun umumiy
ekvivalent vazifasini bajaradi. Hamma
tovarlar singari pul ham, qiymat ham iste’mol qiymatga ega.
Shu ma’noda u boshqa oddiy tovarlardan farq qilmaydi.
Pul shunday kuchga ega bo‘ladiki, u umumiy- ijtimoiy
qiymatga ega hamma tovarlarni xarid qilish vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida
iste’molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifoda etadi. Shu
sababli,
tovar -pul munosabatlari paydo bo‘ladi.
Mohiyatan pul ijtimoiy mehnat va qiymatni bildiradi. Pul
uchun ijtimoiy mehnat qaysi sohada sarflanganligi va qiymat
qayerda yaratilganligi farqsizdir. Kimning puli bo‘lsa, u ijtimoiy
mehnatning tegishli qismini o‘zi istagan natural (tovar) shaklida
olish huquqiga ega bo‘ladi. Pulning hamma narsadan qudratliligi
ham shundan kelib chiqqan.
Pulning iqtisoddagi ahamiyatini u bajaradigan vazifalar
belgilab beradi. K.Marks pulning besh vazifasi borligini
K.Marks pulning besh vazifasi borligini
K.Marks pulning besh vazifasi borligini
K.Marks pulning besh vazifasi borligini
K.Marks pulning besh vazifasi borligini
ko‘rsatgan edi
ko‘rsatgan edi
ko‘rsatgan edi
ko‘rsatgan edi
ko‘rsatgan edi:
1. Qiymat o‘lchovi.
2. Muomala vositasi.
3. Jamg‘arish vositasi.
4. Òo‘lov vositasi.
5. Jahon pullari.
Hozirgi nazariyalarda ularning uchtasi tan olingan, ya’ni
muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jamg‘arish vositasi.
Pul oldi-sotdida ishlatiladi. Pul yordamida tovarni xarid
etish, pulga tovar ayirboshlash (P–Ò) yoki tovarni sotish,
ya’ni tovarni pulga ayirboshlash (Ò–P) yuz beradi. Bu jarayonda
pul vositachilik qiladi, muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pul
hamma tovarga ayirboshlanganidan hamma yerda qabul qilinadi.
Agar pul bo‘lmaganda edi, kerakli tovar topib olish uchun o‘z
tovarini boshqa tovarga, boshqasini va uni yana boshqasiga
almashtirish ko‘p marta yuz berib, nihoyat, kerakli tovar
uchraguncha davom etar edi. Pul esa bunday qiyinchilikni
bartaraf qiladi. U kerakli tovarni tez topib, tanlab olish
imkonini berganidan, ayirboshlashga ketgan vaqtni, binobarin,
uning xarajatlarini tejab qoladi, oldi-sotdi bevosita tovar
ayirboshlashga nisbatan yuqori samaraga ega bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
Qiymat
Qiymat
Qiymat
Qiymat
Qiymat — bu tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat
sarfidir. Faqatgina ijtimoiy-zaruriy ish vaqti tovar qiymatini
belgilaydi. Ijtimoiy-zaruriy ish vaqti jamiyat ehtiyojini qondirish
uchun kerakli bo‘lgan vaqtdir. Shu sababli, bu vaqtni anglatuvchi
qiymatni bozor tan oladi.
Buni misolda ko‘radigan bo‘lsak, pul bizga biron bir narsa-
ning qiymatini har bir odamga tushunarli bo‘lgan atamalar
bilan ifodalash imkonini beradi. Biz sotiladigan tuxumning o‘n
donasi 900 so‘m turadi deyishimiz mumkin. Bu o‘n dona
tuxumga haq to‘lash uchun qancha sut yoki go‘sht qiymati
kerakligini aniqlashga qaraganda ancha oson.
Pul o‘zining evolutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush,
mis), qog‘oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelingan. Qiymatni
Qiymatni
Qiymatni
Qiymatni
Qiymatni
o‘zida ifodalashga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi:
o‘zida ifodalashga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi:
o‘zida ifodalashga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi:
o‘zida ifodalashga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi:
o‘zida ifodalashga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi:
— haqiqiy pullar;
— haqiqiy pulning o‘rnini bosuvchilar—qiymat belgilari.
Bugungi kunda muomalada aniq, haqiqiy qiymatga ega
bo‘lgan pullar va ularning muomaladagi quyidagi belgilari
mavjud:
•
tanga pul;
•
qog‘oz pul;
•
kredit shaklidagi pul;
•
chek shaklidagi pul;
•
elektron pul.
Yuqorida keltirib o‘tilgan pul turlari hozirgi vaqtda pul
vazifasini bajarib kelayotir.
Jamg‘arish vositasi
Jamg‘arish vositasi
Jamg‘arish vositasi
Jamg‘arish vositasi
Jamg‘arish vositasi — bu pulning jamlangan boylik shakliga
kirib, o‘z egasi uchun kerak bo‘lganda xarid etish vositasi
bo‘lib xizmat qila olishidir. Pul — qog‘oz yoki tanga bo‘lgani
uchun boylik emas, balki o‘zida mehnatni mujassamlashtirgani,
unga hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash
mumkin bo‘lgani uchun boylik hisoblanadi.
Pul bugun sotilgan narsaning qiymatidan kelajakda qachondir
xarid qilish uchun foydalanish imkonini beradi.
Masalan,
tuxum sotgan odam bir kunlik sotgan pulini kelajakda qachondir
kollejda o‘qish uchun saqlab qo‘yishi mumkin. Biroq o‘shancha
pullik tuxumni bir yoki ikki yil saqlashga urinish qanchalik
qiyin bo‘lishini tasavvur qilishingiz mumkin.
Pul taklifi
Pul taklifi
Pul taklifi
Pul taklifi
Pul taklifi — bu muomalaga chiqarilgan ma’lum turdagi pul
miqdoridir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
U talabdan ortiq yoki kam bo‘lishi mumkin:
•
kam bo‘lganda, ya’ni muomala uchun zarur, pul muomalaga
kiritilmasa, u holda to‘lov krizisi yuzaga keladi, natijada, pul
muomalasini izdan chiqaradi, beqarorlashtiradi;
•
ortiq bo‘lganda, ya’ni pul keragidan ortiqcha muomalaga
kiritilsa va pulning miqdori tovarlar massasidan ortib ketsa, pul
qadrsizlanib inflatsiya yuzaga keladi. Natijada, pul muomalasini
barqarorlashtiradi.
Pul massasi pul muomalasining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib
hisoblanadi. Pul massasi xo‘jalik aylanishidagi naqd pulli hisob-
kitoblarni, ya’ni aholi, korxonalar, davlat tashkiloti muassasalariga
tegishli xarid va to‘lov vositalarining yalpi hajmini o‘zida ifodalaydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul
massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan
(guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati
M-1 agregati
M-1 agregati
M-1 agregati
M-1 agregati — muomaladagi naqd pullar (banknotlar,
tangalar) va joriy bank schotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi.
M-2 agregati
M-2 agregati
M-2 agregati
M-2 agregati
M-2 agregati — M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli
va jamg‘arma qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mustaqil pul
tizimiga ega bo‘lishni taqozo qildi. Mustaqil pul tizimining tashkil
topishining
birinchi bosqichi — 1993-yildan boshlab „so‘m-
kupon“larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O‘zbekistonda
pul tizimini shakllantirishning
ikkinchi bosqichi — 1994-yil iyuldan
boshlab milliy valuta „so‘m“ ning muomalaga chiqarilishi bo‘lib,
u O‘zbekiston tarixida katta ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda milliy pul tizimining asosiy elementi bo‘lmish
so‘m jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul
tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkam-
lashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson bo‘lmagan vazifadir.
O‘zbekistonning o‘z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivoj-
lantirishga qaratishi, bozor iqtisodiga o‘tishda O‘zbekistonning o‘ziga
xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valutaning barqaror bo‘li-
shini taqozo qiladi.
Hozirgi kunimiz, iqtisodimizning rivojlanishida amalga oshi-
rilayotgan iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalash-
tirishlar O‘zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun to‘g‘ri
yo‘l tanlaganini ko‘rsatib turibdi. Zero, mustaqil pul tizimiga ega
bo‘lmasdan, iqtisodiy jihatdan, mustaqil davlat bo‘lish mumkin
emas.
3 — Iqtisodiyot va tadbirkorlik
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Pul qanday vazifani bajaradi?
2. Pulning asosiy vazifalarini sanab o‘ting?
3. Qiymat deganda nimani tushunasiz?
4. Qiymatni o‘zida ifodalashga ko‘ra pullar necha turga bo‘linadi?
5. Bugungi kunda muomalada aniq, haqiqiy qiymatga ega bo‘lgan
pullarning turlarini sanab bering.
6. Pul taklifi, pul massasi deb nimaga aytiladi?
7. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida qanday
asosiy pul agregatlari to‘plamidan foydalaniladi?
9. Banklar va pul-kredit siyosati
9. Banklar va pul-kredit siyosati
9. Banklar va pul-kredit siyosati
9. Banklar va pul-kredit siyosati
9. Banklar va pul-kredit siyosati
Bank
Bank
Bank
Bank
Bank deb, pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit
hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi
muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo‘lishining asosi bo‘lib, tovar-pul munosa-
batlarining rivojlanishi hisoblanadi. Òovar-pul munosabatlarining
bo‘lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy ti-
zimlarda banklarning ham bo‘lishini taqozo qiladi.
Bank so‘zi italyancha „banca“
„banca“
„banca“
„banca“
„banca“ so‘zidan olingan bo‘lib „stol“,
aniqrog‘i „pullik stol“ degan ma’noni anglatadi. O‘rta asrlarda
italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol
ustiga qo‘yib hisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Germaniya pul almashtiruvchilarni „bancnerii“
„bancnerii“
„bancnerii“
„bancnerii“
„bancnerii“ bozor
atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va ishiga
mas’uliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stol sindirib tashlangan va uni „Banco
„Banco
„Banco
„Banco
„Banco
rotto“
rotto“
rotto“
rotto“
rotto“, ya’ni
bankrot deb atashgan. Ya’ni, bizga ma’lum bo‘lgan
„bankrot“ so‘zi ham italyancha „banca“
„banca“
„banca“
„banca“
„banca“ so‘zidan olingan.
Bank tizimi bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismidir.
Òovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar
oldida yangidan yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib
beradi.
Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti
talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati
paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi
jahon talablariga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega
bo‘lish, xo‘jaliklar va aholining bo‘sh turgan mablag‘larini jalb
qilish va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini
qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitlarini yaxshi-
lashga erishishdan iborat.
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Bizning respublikamizda ikki pog‘onali bank tizimini jahon
tajribasida qabul qilingan tamoyillarga muvofiq shakllantirish ko‘zda
tutilgan.
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimini tashkil qilishga 1988-
yildan boshlab kirishilgan bo‘lsa-da, bu maqsadning to‘liq amalga
oshirilishiga sharoit 1994-yildan boshlab yuzaga keldi.
O‘zbekiston Respublikasida
ikki bosqichli bank tizimini tashkil
etishga real asos bo‘lib, 1991- yil 15- fevraldagi „Banklar va bank
„Banklar va bank
„Banklar va bank
„Banklar va bank
„Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida“
faoliyati to‘g‘risida“
faoliyati to‘g‘risida“
faoliyati to‘g‘risida“
faoliyati to‘g‘risida“gi Qonun hisoblanadi. Bu qonun O‘zbekiston
Respublikasida bank tizimining birinchi bosqichidagi pul-kredit
siyosati sohasidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishda asosiy zamin
bo‘ldi.
O‘zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning
ikkinchi bosqichi
1994-yildan keyingi davrni o‘z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston Respublikasida
Markaziy bankning asosiy maqsadi—pul-kredit tizimi va milliy
valuta barqarorligini ta’minlash asosida iqtisodiy o‘sishga erishishdan
iboratdir.
Pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish uchun Markaziy
bank pul-kredit siyosatini rivojlantirishning bir yilga mo‘ljallangan
asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi. Bu yo‘nalishlar Oliy Majlis
tomonidan tasdiqlangandan keyin harakat dasturi sifatida qabul
qilinadi. Markaziy bankning vazifalari xilma-xil bo‘lib, bular 1995-
yil 21-dekabrda qabul qilingan „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki
banki
banki
banki
banki to‘g‘risida“
to‘g‘risida“
to‘g‘risida“
to‘g‘risida“
to‘g‘risida“gi Qonunda aks ettirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki o‘z zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi asosiy funksiyalarni
bajaradi.
1. Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida boshqarish.
2. Hisob-kitob va pul o‘tkazish operatsiyalarini bajarishni yo‘lga
qo‘yish.
3. Òijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.
4. Boshqa kredit muassasalarining kassa zaxiralarini saqlash.
5. Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash.
6. Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini baja-
rish.
7. Òijorat banklariga kredit berish.
8. Pul emissiyasi.
Markaziy bank pul-kredit
Markaziy bank pul-kredit
Markaziy bank pul-kredit
Markaziy bank pul-kredit
Markaziy bank pul-kredit siyosatini, iqtisodiy vaziyatni tahlil
qilish va oldindan aytishni, pul miqdorini yillik o‘stirish sur’at-
larining maqsadli ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valuta siyosatini
www.ziyouz.com kutubxonasi
36
amalga oshirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga olib muhim makroiqtisodiy
jarayonlar:
pulning qadrsizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy
hajmi hamda mehnat resurslarining bandligi, to‘lov balansini
barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zaro hisob-kitob-
larning O‘zbekiston tijorat banki tomonidan belgilangan va hamma
bank hamda mijozlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar asosida
olib borilishini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bankdan tashqari tijorat
banklari ham bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kredit
resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar
huquqiy, jismoniy shaxslarga xizmatlarini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining
Markaziy bankdan keyingi ikkinchi pog‘onasi hisoblanadi. Hozirgi
kunda respublikamizda 30 dan ortiq tijorat banklari faoliyat
ko‘rsatmoqda. Òijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga
bo‘lish mumkin.
Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga,
aksioner banklarga, kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash
mulkchilikka asoslangan banklarga bo‘linadi. Rivojlangan kapitalistik
davlatlarda tijorat banklarining aksariyat qismi mulk shakli bo‘yicha
aksioner bank hisoblanadi.
Òijorat banklari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Òijorat banklari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Òijorat banklari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Òijorat banklari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Òijorat banklari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni
kapitalga aylantirish.
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash.
3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari)ni
chiqarish.
4. Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish.
5. Moliya-valuta bozorida faoliyat ko‘rsatish.
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmat-
larini ko‘rsatish.
Òijorat banklari faoliyatida asosiy o‘rinni
korxona, tash-
kilotlarni, aholini kreditlash egallaydi. Òijorat banklarining muhim
funksiyalaridan biri hisob-kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni
olib borishda bank mijozlar o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi.
Òijorat banklari yana
qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish va joy-
lashtirish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Òijorat banklarini ochishga
litsenziya (ruxsatnoma)ni Markaziy
bank beradi. U tijorat banklar faoliyatini olib borish bo‘yicha
iqtisodiy me’yorlar belgilab beradi va ularning bajarilishini nazorat
qilib boradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Bank deb nimaga aytiladi?
2. Bank so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
3. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi nimadan
iborat?
4. O‘zbekistonda nechta pog‘onali bank tizimini shakllantirish ko‘zda
tutilgan?
5. „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi qonunning ahamiyatini
aytib bering.
6. Òijorat banklari belgilariga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
10. Budjet. Soliqlar. Davlatning fiskal siyosati
10. Budjet. Soliqlar. Davlatning fiskal siyosati
10. Budjet. Soliqlar. Davlatning fiskal siyosati
10. Budjet. Soliqlar. Davlatning fiskal siyosati
10. Budjet. Soliqlar. Davlatning fiskal siyosati
Davlat budjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o‘rinni
egallaydi. Budjet tizimi murakkab mexanizm bo‘lib, muayyan
mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi,
shuningdek davlat qurilishini aks ettiradi. Mazkur tizim muayyan
davlatni tavsiflaydigan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa
xususiyatlarning butun majmuyi asosida shakllanadi.
Har qanday davlat o‘zining fiskal (soliq-budjet) siyosatini
olib boradi.
Fiskal siyosat
Fiskal siyosat
Fiskal siyosat
Fiskal siyosat
Fiskal siyosat — bu moliyaviy siyosatning ajralmas qismi bo‘lib,
soliq-budjet siyosati deb ham yuritiladi.
Bu siyosatni yurgizish
vositasida davlat:
— soliq solish tartibiga;
— xarid qilish baholariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Soliqlar davlat budjetini (xazinasini) to‘lg‘azishning asosiy
manbayi bo‘lib, shu bilan birga:
— ishlab chiqarishning o‘sishini yoki qisqarishini ta’minlaydi;
— ishlab chiqarish strukturasini o‘zgartirishni rag‘batlantiradi;
— ijtimoiy himoya rolini o‘ynaydi.
Davlat budjeti pul resurslarining markazlashtirilgan fondi
bo‘lib, mamlakat hukumati
davlat apparati, qurolli kuchlarni tutib
turish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajarish uchun
uni tasarruf etadi. Hozirgi shart-sharoitda budjet
davlatning
iqtisodiyotni tartibga solish, xo‘jalik konyunkturasiga ta’sir
ko‘rsatish, shuningdek bo‘xronga qarshi chora-tadbirlarni amalga
oshirishda qudratli vositasi hamdir.
Hozirgi
davlat budjeti uning butun xilma-xil funksiyalarini
aks ettiradigan murakkab, ko‘p ko‘rinishli hujjat hisoblanadi.
Avvalo, budjetda davlat daromadlari va xarajatlari tarkibi o‘z aksini
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
38
topadi. Davlat budjeti daromadlari birinchi navbatda
markaziy va
mahalliy hokimiyat organlari tomonidan undiriladigan soliqlardan,
davlat zayomlari, shuningdek budjetdan tashqari yoki maqsadli
fondlardan olinuvchi tushumlardan iborat bo‘ladi.
O‘z tarkibiga ko‘ra budjetning xarajat moddalari quyidagilarga
bo‘linadi: davlatni boshqarish xarajatlari; harbiy xarajatlar; ijtimoiy-
iqtisodiy xarajatlar; davlatning xo‘jalik qurilishi xarajatlari; tashqi
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish xarajatlari.
O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti, asosan, soliqlar
yordamida to‘planadigan hamda davlat tomonidan uning
funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan
pul mablag‘larining markazlashtirilgan fondlaridir, u qonun kuchiga
ega, respublika Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi ikki bo‘g‘indan
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi ikki bo‘g‘indan
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi ikki bo‘g‘indan
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi ikki bo‘g‘indan
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi ikki bo‘g‘indan
iborat
iborat
iborat
iborat
iborat:
•
O‘zbekiston Respublikasining budjeti — davlat budjeti;
•
Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat budjeti, viloyatlar,
Òoshkent shahri, respublika tuman va shaharlari mahalliy bud-
jetlari.
Soliqlar
Soliqlar
Soliqlar
Soliqlar
Soliqlar davlat budjetini to‘lg‘azishning asosiy manbayi
hisoblanadi. Soliqqa tortish tamoyillari davlat tomonidan ishlab
chiqiladi va Oliy Majlis tasdiqlagan qonunlarda ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining „
Korxonalar, birlashmalar va
tashkilotlar soliqlari to‘g‘risida“gi qonunda soliqqa tortishning 4 ta
tamoyili ko‘rsatilgan bo‘lib ular quyidagicha:
1. Manbalaridan qat’iy nazar hamma daromadlarning soliqqa
tortilishi majburiydir.
2. Umumiy davlat soliq siyosati atrofida hamma darajadagi
ma’muriy hududlarning soliq faoliyatidagi mustaqilligini hisobga
olib yagona umumdavlat soliqqa tortish siyosatini yuritish.
3. Faoliyati muhim ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik muammolarga
hamda xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllariga qaratilgan faol ishlovchi
korxonalar imtiyozlar tizimi orqali soliqlarning qiziqtiruvchi rolini
ta’minlash.
4. Soliq to‘lovlari bo‘yicha deklaratsiyalar, tekshirishlar va
reviziyalar o‘tkazish qonunchiligini buzganlarga iqtisodiy jazolar
qo‘llash bilan moliyaviy nazorat o‘rnatishdan iboratdir.
Soliq tizimining beshta asosiy funksiyasini ajratib ko‘rsatish
zarur:
•
soliq hisobining fiskal (xazinaga oid) funksiyasi;
www.ziyouz.com kutubxonasi
39
•
qayta taqsimlash funksiyasi;
•
rag‘batlantirish funksiyasi;
•
soliq hisobining nazorat funksiyasi;
•
soliq hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funk-
siyasi.
Lekin shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joizki, soliqlarning
funksiyalari to‘g‘risida iqtisodchilar o‘rtasida yagona kelishuv yo‘q.
Amaliyotda asosan soliqlar xazina (fiskal) funksiyasini va ishlab
chiqarishni rag‘batlantirish funksiyalarini bajaradi.
Endi soliqning o‘zi nima? degan savolga javob beradigan bo‘lsak,
amaliyotda soliq deganda ba’zi budjetga tushadigan pul yoki
moliyaviy-majburiy to‘lov deb ta’rif beriladi. Bu to‘liq bo‘lmagan,
ilmiy asoslanmagan ta’riflar. Axir budjetga pul soliqsiz ham tushishi
va soliqsiz ham majburiy to‘lovlar borligi ko‘pchilikka ma’lum-ku!
Bizlar soliqlarga quyidagi ta’rifni bergan bo‘lardik.
Soliqlar
Soliqlar
Soliqlar
Soliqlar
Soliqlar —
bu budjetga tushadigan pul, (iqtisodiy) va qonun
bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq
to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan davlat o‘rtasidagi
munosabatlarni ifoda etadi.
Iqtisodiy mohiyatga qarab soliqlarni
bevosita va bilvosita soliqlarga
bo‘lish mumkin. Soliqlarning bevosita va bilvosita soliqlarga bo‘linishi
va amaliyotda qo‘llanilish terminologiyasi XIII asrda ishlatila
boshlangan.
Bevosita soliqlar
Bevosita soliqlar
Bevosita soliqlar
Bevosita soliqlar
Bevosita soliqlar — bu to‘lovchilarning mol-mulkiga yoki
daromadiga solinadigan soliqlardir. Bunday soliqlarda huquqiy va
haqiqiy soliq to‘lovchi bitta shaxs bo‘ladi. Ular o‘z navbatida real
va shaxsiy soliqlarga bo‘linadi:
Real soliqlar
Real soliqlar
Real soliqlar
Real soliqlar
Real soliqlar — ular asosan XIX asrda keng qo‘llanila
boshlangan. Unga yer, uy, hunarmandchilik, qimmatli qog‘ozlarga
solinadigan soliqlarni kiritish mumkin.
Shaxsiy soliqlar —
Shaxsiy soliqlar —
Shaxsiy soliqlar —
Shaxsiy soliqlar —
Shaxsiy soliqlar — daromaddan olinadigan soliqlar, korpo-
ratsiya foydasiga solinadigan soliq, pul mablag‘laridan olinadigan
soliq, kapital o‘sishiga soliq, foydaga solinadigan soliq, meros va
xayriyadan mol-mulkka, jon boshiga solinadigan soliqlar.
Bilvosita soliqlar
Bilvosita soliqlar
Bilvosita soliqlar
Bilvosita soliqlar
Bilvosita soliqlar — korxona va tashkilotlar faoliyatining
moliyaviy yakuniga bog‘liq bo‘lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar
va xizmatlar oborotiga (bahosiga) ustama tarzda belgilanadi. Ular
so‘zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste’molni
kamaytiradi. Bu soliqlar ba’zan
iste’mol soliqlari deb ham ataladi.
Bunday qaraganda, ularni go‘yo mahsulot sotuvchi yoki xizmat
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
ko‘rsatuvchi to‘layotganday bo‘ladi. Aslida esa ularning haqiqiy
to‘lovchisi tovar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar bo‘ladi.
Bilvosita soliqlar guruhiga
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz
solig‘i, konlardan foydalanganlik uchun soliq va bojxona bojlarini
kiritish mumkin.
Soliq stavkalari tavsifi bo‘yicha
progressiv (o‘sib boruvchi),
proporsional va regressiv turlarga bo‘linadi.
Soliqlar budjetga o‘tkazilish nuqtayi nazaridan
umumdavlat
va
mahalliy soliqlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda umumdavlat soliqlar-
ning soni 7 ta va mahalliy soliqlar soni esa 8 tani tashkil etadi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, soliqlar davlat budjetining
asosiy manbayi hisoblanadi, shuning uchun budjet loyihasi har
yili qonun chiqaruvchi organ — Oliy Majlis tomonidan muhokama
etiladi va qabul qilinadi.
Barcha davlat uchun Davlat moliyasidagi muhim muammo
—
budjet kamomadi va qarzi masalasidir. Ular iqtisodiyot holatini
aks ettiruvchi mezon hisoblanadi.
Budjet kamomadi bir yil ichida sarf qilingan budjet xarajatlari
bilan budjet daromadlari o‘rtasidagi farqdan iborat. Amaliyotda
ko‘pincha budjet xarajatlari budjet daromadlaridan ortiq bo‘ladi.
Hukumat davlat budjetini qoplashning quyidagi an’anaviy
usullaridan foydalanadi:
davlat qarzi; soliqlar miqdorini oshirish;
qo‘shimcha pul bosib chiqarish.
Davlat qarzi
Davlat qarzi
Davlat qarzi
Davlat qarzi
Davlat qarzi — bu mamlakatda ma’lum davr ichida to‘plangan
budjet kamomadi bilan xuddi shu davrda mavjud bo‘lgan budjetning
musbat saldosi o‘rtasidagi farqqa teng ko‘rsatkichdir.
Davlat qarzi o‘z navbatida tashqi va ichki qarzga bo‘linadi:
Òashqi qarz
Òashqi qarz
Òashqi qarz
Òashqi qarz
Òashqi qarz — bu davlatning chet mamlakatlar, ularning
tashkilotlari va alohida shaxslaridan olgan qarzi.
Ichki qarz
Ichki qarz
Ichki qarz
Ichki qarz
Ichki qarz — davlatning o‘z aholisidan qarzi. U daromadlarni
mamlakat ichida qayta taqsimlashga olib keladi.
Davlat qarzi ikki jihatdan xavfli hisoblanadi:
millatning bank-
rotlikka uchrash xavfi; qarzni to‘lash majburiyatining kelgusi
avlodlarga yuklatilishi.
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Budjet tizimi qanday shakllanadi?
2. Fiskal siyosat deganda nimani tushunasiz?
3. Budjetda nimalar o‘z aksini topadi?
4. Davlat budjetining daromad qismi nimalardan tashkil topadi?
?
??
??
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
5. Davlat budjeti qaysi organ tomonidan tasdiqlanadi?
6. O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi nechta bo‘g‘indan iborat?
7. Bevosita soliqlar o‘z navbatida qanday turlarga bo‘linadi?
8. Nima sababdan ba’zan bilvosita soliqlar iste’mol soliqlari deb ham
ataladi?
9. Davlat budjetini qoplashning qanday usullarini bilasiz?
11. Iqtisodiy sikl. Inflatsiya, bandlilik
11. Iqtisodiy sikl. Inflatsiya, bandlilik
11. Iqtisodiy sikl. Inflatsiya, bandlilik
11. Iqtisodiy sikl. Inflatsiya, bandlilik
11. Iqtisodiy sikl. Inflatsiya, bandlilik
Iqtisodiy taraqqiyot doimiy tebranishlarga uchrab turadi —
pasayish, tanglilik davrlari iqtisodiy faollik va ko‘tarilish bilan
almashadi. Iqtisodiy o‘sishning davriylik xususiyati fan-texnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq. Shu tufayli asosiy fondlarning sakrash
yo‘li bilan yangilanishi yuz beradi, yangi texnologik jarayonlar
tatbiq etiladi, milliy daromad, iste’mol, jamg‘arish va investitsiyalar
(sarmoyalar) o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik o‘zgaradi. Iqtisodiy o‘sish
holatida ishlab chiqarishning real hajmini vaqt-vaqti bilan bo‘lib
turadigan bunday kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb
ataladi.
Iqtisodiy davrlar davom etish muddatiga ko‘ra quyidagi
turlarga bo‘linadi:
—
qisqa (3—4 yil) muddatli, tovar-moddiy zaxiralarning
o‘zgarishi bilan asoslangan;
—
o‘rta (7—8 yil) muddatli asosiy fondlar asbob-uskunalarni
almashtirishi sifatidagi o‘zgarishlaridan kelib chiqadi;
—
Kuznes davri (15—20 yil), qurilish davr nazariyasining
asoschisi Amerika iqtisodchisi Saymon Kuznes
Saymon Kuznes
Saymon Kuznes
Saymon Kuznes
Saymon Kuznes nomi bilan atalgan.
Bu davrlar turar joylari va ba’zi ishlab chiqarish inshootlarining
vaqt-vaqti bilan ommaviy ravishda yangilanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
tebranishlardir;
— uzun to‘lqinlar (50—60 yil), infrastrukturaning yangilanishi
va tubdan yangi texnologik jarayonlarni kiritish bilan asoslanadi, u
rus tadqiqotchisi N.Kondratyev
N.Kondratyev
N.Kondratyev
N.Kondratyev
N.Kondratyev nomi bilan nomlanadi.
Iqtisodiy davrni o‘rganish davlat tomonidan davriylikka qarshi
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy
o‘sishni ta’minlash uchun zarurdir.
Yalpi milliy mahsulot (YMM) va yalpi ichki mahsulot (YIM)
aksariyat hollarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Shu
bilan birga, bir qator mamlakatlarda YIM ko‘rsatkichiga afzallik
berilsa, boshqalarida YMM ko‘rsatkichlariga e’tibor beriladi.
Masalan, AQSHda asosiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkich sifatida
YMM ishlatiladi. U ma’lum vaqt mobaynida (yil, chorak, oy)
www.ziyouz.com kutubxonasi
42
mamlakatda yaratilgan barcha tayyor mahsulotlar va xizmatlarning
bozor qiymatini aks ettiradi. Amaliyotda takror qo‘shib hisoblashni
bartaraf etish uchun, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan barcha
qo‘shilgan qiymatlar jamlanadi.
Makroiqtisodiyotning asosiy maqsadlaridan biri aholining yuksak
darajada bandligini ta’minlashdir. Ishchi kuchi deganda mashhur
iqtisodchi olim P.A.Samuelson
P.A.Samuelson
P.A.Samuelson
P.A.Samuelson
P.A.Samuelson ta’rificha, ish qidirmayotganlardan
tashqari barcha ishlovchilar va ishlamoqchi bo‘lganlarni tushunamiz.
Demak, bu tushunchaga ish bilan band bo‘lganlar ham, ishsizlar
ham kiradi.
Ishsizlik yoki ishchi kuchlarining ish bilan band bo‘lmasligi
ishlovchini ish joyiga majburan biriktirib qo‘yilmagan har qanday
mamlakatda yuzaga keladi. Mehnat yoshidagi insonning eski ish
joyidan mahrum bo‘lishiga va yangi ish joyini izlashiga ko‘plab
sabablar mavjud. Ishsizlik bir necha turlarga
friksion, strukturaviy va
davriy ishsizlikka ajratiladi.
Friksion ishsizlik
Friksion ishsizlik
Friksion ishsizlik
Friksion ishsizlik
Friksion ishsizlik bu — ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar
ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchlaridir.
Strukturali ishsizlik
Strukturali ishsizlik
Strukturali ishsizlik
Strukturali ishsizlik
Strukturali ishsizlik — ishchi kuchi darhol yoki qisqa muddat
ichida ish topa olmaydi. U malakasini o‘zgartirishi, qayta malaka
oshirishi, ma’lumot olishi va shundan so‘nggina yangi kasb egallashi
lozim. Friksion ishsizlikda tezda ish topilsa, strukturali ishsizlikda
ko‘p vaqt, ya’ni qayta ma’lumot olish kerak bo‘ladi.
Davriy ishsizlik
Davriy ishsizlik
Davriy ishsizlik
Davriy ishsizlik
Davriy ishsizlik — ishlab chiqarish pasayishi natijasida ishchi
kuchiga bo‘lgan talabning kamayishi oqibatidagi ishsizlikdir.
Narxlarning o‘sishi va u bilan bog‘liq pul birligi xarid quvvatining
tushib ketishi
inflatsiya deb ataladi. Bunday holat makroiqtisodiy
beqarorlikni aks ettirib, barcha mamlakatlar uchun jiddiy
muammolarni keltirib chiqaradi.
Inflatsiya asosan uch xil bo‘ladi
Inflatsiya asosan uch xil bo‘ladi
Inflatsiya asosan uch xil bo‘ladi
Inflatsiya asosan uch xil bo‘ladi
Inflatsiya asosan uch xil bo‘ladi:
O‘rmalovchi, evida bo‘ladigan inflatsiya. Bunda narx-navo sekin,
o‘rmalagan holda orta boshlaydi, iqtisodiy o‘sish bo‘lib turadi,
ishsizlik katta bo‘lmaydi, inflatsiya sur’atlari 2—3% atrofida bo‘ladi.
Suzib yuruvchi inflatsiya. Bunda narx-navo tezroq o‘sa boshlaydi,
iqtisodiy o‘sish sur’atlari susayadi, ishsizlik ko‘paya boradi. Inflatsiya
yiliga 8—12% atrofida bo‘ladi.
Yuguruvchi inflatsiya yoki giperinflatsiya. Bu haddan tashqari
inflatsiya, narx-navoning shiddat bilan o‘sishi, pul qadrining g‘oyat
tez pasayishi, pul topishga intilishning eng past darajaga kelishi
bilan xarakterlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
43
Odatda, inflatsiyani ikki xil
talab inflatsiyasi va taklif inflatsi-
yasiga ajratadilar.
Iqtisodiyot talabning keskin oshib ketishi va uni ishlab
chiqarishning real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi paytida
talab inflatsiyasi ro‘y beradi. U vaqtda ortiqcha talab narxlarning
oshishi kuzatiladi. Òalab inflatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy
sabablar bo‘lib, aholining ish bilan to‘liq bandligi, ish haqining
oshib borishi hisoblanadi.
Agarda, iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib borsa
va uning oqibatida narxlar ko‘tarilsa, taklif inflatsiyasi paydo bo‘ladi.
Jami taklifning qisqarishining asosiy sababi bo‘lib, mahsulot
birligiga sarflangan xarajatlarning o‘sishi hisoblanadi. Ya’ni nomi-
nal ish haqini, xomashyo va yoqilg‘i narxlarning oshishi natijasida
uning tannarxining o‘sishi tushuniladi.
Amaliyotda talab va taklif inflatsiyasini bir-biridan ajratish juda
murakkab, chunki narx va ish haqi o‘sishining haqiqiy sabablarini
aniqlash juda murakkab.
Inflatsiya asosan iqtisodiy tanglik bilan bir vaqtda yuz beradi.
Demak, inflatsiyaning sababi iqtisodiyotda, aniqrog‘i ishlab chiqa-
rishning o‘zida. Buni biz talab va taklif inflatsiyasi sabablarida ko‘rib
chiqdik.
Pullar harakati bilan bevosita bog‘langan inflyasiya, iqtiso-
diyotning barcha sohalarida: ishlab chiqarishda, iste’molda,
jamg‘arishda, davlat moliyasida, investitsiyalashda va boshqalarda
buzilish jarayonlarini keltirib chiqaradi. Shu sababli uning darajasini
pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar har bir mamlakatning
iqtisodiy siyosatida muhim o‘rin tutadi.
Ish haqi mehnat bozorida muvozanatni o‘rnatuvchi vosita
hisoblanadi va uning darajasini o‘zgarishi ishsizlikka bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ingliz
iqtisodchisi A.B.Filipps
A.B.Filipps
A.B.Filipps
A.B.Filipps
A.B.Filipps tomonidan, Buyuk Britaniyaning 1862—
1957-yillar ma’lumotlari asosida tadqiqot qilingan hamda grafikda
Fillips egri chizig‘i deb aks ettirilgan. Modomiki, ish haqi va narxlar
o‘zgarishining sur’atlari o‘rtasida bir xil nisbat mavjud ekan, u
holda Fillips egri chizig‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra inflatsiya va
ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi, ya’ni inflatsiyaning
o‘sish sur’atida ishsizlikning past darajasi kuzatiladi va aksincha
(4- chizma). Muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida
barqaror va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lgan bog‘liqlikni o‘rnatish
G‘arb mamlakatlarining milliy iqtisodiyotini tartibga solish va
istiqbolini belgilash imkonini berdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
44
4- chizma. Filipps egri chizig‘i.
4- chizma. Filipps egri chizig‘i.
4- chizma. Filipps egri chizig‘i.
4- chizma. Filipps egri chizig‘i.
4- chizma. Filipps egri chizig‘i.
Lekin, 70-yillardan boshlab bunday bog‘liqlik buzildi va
Filipps egri chizig‘i zamonaviylashtirildi — endi u o‘ng tomonga
siljib, G‘arb mamlakatlarida vujudga kelgan real makroiqtisodiy
vaziyatni aks ettira boshladi. Ya’ni ishlab chiqarishning qisqarishi
va ishsizlikning ko‘payishi narxlarning oshishi bilan kuzatiladi. Bu
hodisa
stagflatsiya deb atalib, ham inflatsiyaning, ham ishsizlikning
o‘sishi bilan ifodalanadi.
Davlatning mehnat bozoriga ta’sir etish choralari
Fillips
modeli bilan cheklanib qolmasdan, o‘ziga yana soliq, pul-kredit
siyosatining keng ta’sir etish choralarini hamda mehnat muno-
sabatlarini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy hujjatlarni ham
qo‘shadi.
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
Òakrorlash uchun savollar
1. Iqtisodiy o‘sishning davriylik xususiyati nima bilan bog‘liq?
2. Iqtisodiy o‘sish davrlarini sanab o‘ting?
3. YMM va YIMga izoh bering?
4. Ishsizlik deganda nimani tushunasiz?
5. Ishsizlik qanday turlarga ajratiladi?
6. Inflatsiya deb nimaga aytiladi?
7. Òalab inflatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar nimalar
hisoblanadi?
8. Filipps egri chizig‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra nimalarni o‘zida aks
ettiradi?
12. Makroiqtisodiyot muvozanati
12. Makroiqtisodiyot muvozanati
12. Makroiqtisodiyot muvozanati
12. Makroiqtisodiyot muvozanati
12. Makroiqtisodiyot muvozanati
Agarda biror bir kechayotgan jarayon mutanosibli, muvo-
zanatli bo‘lsa, uni bir maromda faoliyat ko‘rsatayotgan organizm
deb tushunamiz va aksincha, undagi har qanday chalg‘ish uning
muqobilligining buzilishi deb qaraladi.
Dostları ilə paylaş: |