66
•
“Oxirgi nuqta” chiziqli va nochiziqli kalibrovka bilan
•
“Fiksatsiyalangan vaqt”
•
“Kinetika”
•
“Nochiziqli ko‘p nuqtali kalibrovka”
Qurilma bixromatik o‘lchovlar o‘tkazish imkonini ham beradi.
Qurilmada yorug‘lik manbai sifatida galogen lampadan (12V,
20V) foydalanilgan, u 6 standartli interferension filtrlar: 340 nm,
405 nm, 505 nm, 546 nm, 578 nm, 630 nm, 80 mkl li 10 mm
optik yo‘lga ega bo‘lgan mikrokyuveta va bir marta ishlatiladigan
standart kyuvetalar bilan ta’minlangan.
Screen Master 25°C, 30°C va 37°C harorat rejimlarida uchraydi.
Programmalashtirilgan usullar soni – 200 ta.
Ko‘pchilik Biokimyoviy usullar 1sm
optik uzunlikka ega
bo‘lgan kyuvetalarda fotometrlashga mo‘ljallangan. Agar optik
zichlik 1 ga teng bo‘lsa, eritma orqali yorug‘likning faqat 10%
o‘tadi, qolgan 90% unda yutiladi. Hamma fotometrik qurilmalarda
ekstiksii 0.3 bo‘lgandagina
yuqori aniqlikka erishiladi, ya’ni
tushayotgan yorug‘likning yarmisi o‘tganda.
Screen Master Plus qurilmasi eritmaning xiralashishi va
absorbsiyasini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma tahlillarni
o‘tkazishga imkon beradi.
Screen master plus fotometri o‘rnatiladigan joyga talablar:
1. Screen Master Plustoza xonada qattiq yuzali ishchi stoliga,
quyosh nurlari tushmaydigan joyga o‘rnatilishi kerak.
2. Screen Master Plus gorizontal yuzada turishi lozim. Qurilma
o‘rnatilgan
joy turli xil silkinishlardan, vibratsiya ta’siridan holi
bo‘lishi kerak.
3. Elektr oziqlantirish kabeli iloji boricha boshqa asboblardan
alohida ulanishi kerak. Elektr tarmog‘i noto‘g‘ri ulanish qurilmaning
tez ishdan chiqishiga olib keladi.
4. Tarmoqdagi kuchlanish ~ 220 V ±10% bo‘lishi kerak.
5. Asbobni radiopribor yoki kuchli elektrik shovqin keltirib
chiqaruvchi moslamalardan uzoqroqda o‘rnatish kerak.
67
6. Asbobni konditsioner va isitish moslamalari oldida o‘rnatish
mumkin emas
7.
Harorat shartlari bajarilganda, saqlash vaqtida 5 °C – 50 °C.
Foydalanish vaqtida 15 °C – 30 °C asbob uzoq vaqt xizmat qiladi.
8. Ishchi xona havosining nisbiy namligi: 20% dan 90% gacha.
Dostları ilə paylaş: