70
eritrotsitni gemoglobin bilan to‘yinish darajasini belgilaydi. Rang
ko‘rsatkichga qarab, eritrotsitlar tarkibidagi
gemoglabin normal
(normoxrom), pasaygan (gipoxrom), 0,8 dan past yoki ortganligini
(giperxrom), 1,1 dan yuqoriligini aniqlash mumkin.
Qon olish texnikasi
•
Qonni maxsus rezinkali qo‘lqoplarda, aseptika qoidalarga
rioya qilib olish kerak;
•
qon chap qo‘lning 4-barmoq
oxirgi falangasidan olinadi
(ayrim hollarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va emizikli bolalarda
quloq yumshog‘idan yoki tovondan olinadi);
•
igna bilan teshishidan oldin o‘sha soha 70° spirtda
ho‘llangan paxtali tampon bilan artiladi;
•
teri
qurishi kerak, bo‘lmasa qon yoyilib ketishi mumkin;
•
terini teshish uchun bir martalik steril igna-skarifikatordan
foydalaniladi;
•
barmoqni yon yuzasidan, 2–3
mm chuqurlikda teshish
kerak, chunki yon yuzada kapillyar to‘r ko‘p joylashgan;
•
barmoqning daktiloskopik chiziqlariga ko‘ndalang teshilsa,
qon oson va ko‘p miqdorda keladi;
•
birinchi
qon tomchisi artib tashlanadi, chunki unda katta
miqdorda to‘qima suyuqligi bor;
•
qon har safar olinganidan so‘ng qoldiqlar artib tashlanadi,
keyingi
qon yangi tomchidan olinadi;
•
qon olib bo‘lgandan so‘ng jarohatlangan joyga, 70° li spirt
bilan xo‘llangan spirtda steril tampon qo‘yiladi.
Gematokrit (haematokritos):
erkaklarda: 40–48 %;
ayollarda: 36–42 %.
Eritrotsitlarning umumiy hajmi (gematokrit ko‘rsatkich),
plazma va qon shaklli elementlari o‘rtasidagi foizdagi nisbati haqida
ma’lumot beradi. Bu qon kasalliklari va boshqa kasalliklarda katta
ahamiyatga ega.