U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Qon guruhlari. Qon guruhini aniqlash



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Qon guruhlari. Qon guruhini aniqlash
Qon guruhlari – qonning nasldan naslga o‘tadigan belgilari. 
Ana shu belgilar asosida barcha odamlar qoni (irqi, yoshi va 
jinsidan qat’i nazar) guruhlarga bo‘linadi. Odamning u yoki bu qon 
guruhiga mansubligi uning individual biologik xususiyati bo‘lib 
(ona qornidagi rivojlanish davridayoq shakllana boshlaydi, keyingi 
butun hayoti davomida o‘zgarmaydi).


63
Eritrotsitlar (qizil qon hujayralari) tarkibidagi izoantigenlar 
– izoantigen A va izoantigen B, shuningdek, me’yorda ba’zi 
odamlarning qon zardobida bo‘ladigan izoantitelolar – izoantitelo 
α va izoantitelo β ko‘p amaliy ahamiyatga ega omillar hisoblanadi. 
Odam qonida faqat turli xil izoantigenlar va izoantitelolar bo‘ladi, 
chunki bir xil belgidagi izoantigenlar va izoantitelolar uchrashsa 
eritrotsitlar bir-biriga yopishib, odam o‘lib qoladi.
Odamlar qonida A va В izoantigenlar, shuningdek, α va 
izoantitelo β izoantitelolar bo‘lishiga qarab, ularni shartli ravishda 
harflar hamda raqamlar bilan ifodalab, to‘rt guruhga bo‘lish 
mumkin:
• 
O α β (1) – faqat, α, β izoantitelolar bor qon guruhi;
• 
A β (II) – tarkibida A izoantigeni va β izoantitelosi bor qon 
guruhi;
• 
B α (III) – tarkibida В izoantigeni va α izoantitelolari bor 
qon guruhi.
• 
AВО (IV) – tarkibida faqat A va В izoantigenlar bor qon 
guruhi.
Qon guruhlarini aniqlash. Qon guruhlari xona harorati 15–
20°C da aniqlanadi. Qon guruhini aniqlash uchun uch guruhning 
tekshirilgan har qaysi guruhdan ikkitadan har xil seriya qilib 
olingan yangi qon zardobi kerak. Toza oq chinni likopcha olinib, 
uning chetlariga uch dastlabki guruh belgilari 0(1), A(II), B(III) 
deb maxsus qalam bilan yozib qo‘yiladi. Ikkita har xil turkumdagi 
tegishli guruh zardoblari shu belgilarga yonma-yon qilib, 
likopchaga ikki tomchidan tushiriladi. Tomchilar tushirilganidan 
keyin har bir tomizg‘ich zardobli flakonning qaysisidan olingan 
bo‘lsa, yana o‘shanisiga solib qo‘yiladi. Guruhi aniqlanishi kerak 
bo‘lgan qonning uchta kichik tomchisi alohida shisha tayoqchalar bilan
zardobga tushiriladi (zardob bilan qon nisbati 10:1 yoki 15:1 bo‘ladi).
Likopchani tinmay tebratib turib, yaxshilab aralashtiriladi va 5 
minut davomida kuzatib boriladi. So‘ngra agglutinatsiya ro‘y bergan 
aralashma tomchilariga 1 tomchidan fiziologik eritma tomiziladi 


64
(soxta agglutinatsiyani bartaraf etish uchun), uni aralashtiriladi-da, 
qaraladi: tekshirilayotgan qon 0(1) guruh bo‘lsa, bironta tomchida 
ham agglutinatsiya bo‘lmaydi; qon A(II) guruhga mansub bo‘lsa, 
bir nomli guruh zardoblari bilan agglutinatsiya bo‘lmay, 0(1) va 
B(III) guruh zardoblari bilan agglutinatsiya ro‘y beradi. B(III) 
guruh qoni bir nomli guruh bilan agglutinatsiya bermasdan, balki 
0(1) va A(1I) guruh zardoblari bilan agglutinatsiya beradi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin