U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Nazorat savollari
1. Me’da shirasini tekshirishning zondli usuli haqida aytib 
bering.
2. Me’da shirasini tekshirishning zondsiz usuli haqida aytib 
bering.
3. Me’da shirasini mikroskopik tekshirishni tushuntirib bering.
4. Helicobakter pylorini aniqlash usuli haqida aytib bering.
5. Najas tarkibini mikroskopik tekshirishning ahamiyati.
6. Najasni makroskopik va mikroskopik tekshiruvga tayyorlashni 
tushuntirib bering.
7. Parazitlarni aniqlash uchun najasni tekshirish usullarini aytib 
bering.
8. Gijjalar to‘g‘risida nimalarni bilasiz?


54
QONNING ORGANIZMDA HOSIL BO‘LISHI. QON 
KASALLIKLARI. UMUMIY, QO‘SHIMCHA VA MAXSUS 
TAHLILLARGA TEKSHIRISH
Qon biriktiruvchi to‘qimaning ko‘rinishidan biri bo‘lib, plazma 
va shaklli elementlardan tashkil topgan. Organizmning turli a’zo 
va sistemalarining o‘zaro ta’sirida shakllanadi. Qonning shaklli 
elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi.
Shaklli elementlar qon umumiy hajmining 45 % ini, plazma 
esa 55% ini tashkil etadi. Qon sistemasiga shaklli elementlar va 
plazmadan tashqari limfa, qon yaratish va immunopoez a’zolar 
kiradi (qizil suyak ko‘migi, timus, taloq, limfatik tugunlar, limfoid 
to‘qima to‘planishi).
Qon sistemasida barcha elementlar gistogenetik va funksional 
o‘zaro bog‘langan va neyrogumoral boshqarilish umumiy 
qonunlariga bo‘ysunadi. O‘rtacha qon inson tana vaznining 6–8 % 
ini tashkil etadi; 70 kg vaznli odamda qon hajmi 5 litrga yaqin.
Barcha qon hujayralari umumiy polipotent o‘zak hujayradan 
rivojlanadi. Turli qon hujayralariga aylanishi esa qon yaratish 
a’zolarining retikulyar to‘qimasi va maxsus gemopoetinlar ta’sirida 
amalga oshadi.
Hujayralar parchalanishi va yangidan hosil bo‘lish jarayonlari 
o‘zaro muvozanatlashgan, shuning uchun qonning tarkibi va 
miqdori doimiy bir xilda ushlab turiladi. Gemopoez va immunopoez 
a’zolari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, qon hujayralarining 
migratsiya, sirkulyasiya va retsirkulyasiyasi yo‘li bilan, qon 
yaratish va taqsimlanishining neyrogumoral boshqarilishi bilan 
amalga oshiriladi.
Birinchi sinf polipotent hujayra-o‘tmishdoshlari o‘zak qon 
yaratish hujayrasi hisoblanadi.
Morfologik belgilariga ko‘ra bu hujayralar limfotsitlarni 
eslatadi: hujayraning o‘rtacha diametri 8–10 mkm, shakli yumaloq 
yoki noto‘g‘ri. Yadrosi och-qizil, ko‘pincha gomogen, yumaloq 


55
yoki buyraksimon shaklda. Yadrosida 1–2 ta yirik yadrochalar bor. 
Sitoplazmasi ingichka xoshiya ko‘rinishida, och havorang, donador 
emas. Bu hujayralar qon yaratilishining barcha qatori bo‘yicha tez 
proliferatsiya va differensiyalash xususiyatiga ega.
Ikkinchi sinf qisman determinirlangan polipotent hujayra 
o‘tmishdoshlari, limfopoez va gemopoez o‘tmishdoshlari 
hisoblanadi. Bu hujayralar suyak ko‘migida joylashgan. Ularning 
o‘z-o‘zini qo‘llash xususiyati cheklangan.
Uchinchi sinf unipotent hujayra-o‘tmishdoshlari, koloniya 
hosil qiluvchi hujayra kulturalari (granulotsitlar va monotsitlar 
o‘tmishdoshi), eritropoetinga sezgir xujayralar, B-limfotsit va 
T-limfotsitlar hujayra-o‘tmishdoshlari, trombotsitlar hujayra-
o‘tmishdoshlari.
To‘rtinchi sinf morfologik aniqlaniladigan prolifere-
ratsiyalovchi hujayralar. Har bir qon yaratish qatorining blast 
hujayralarnini tutadi (limfoblastlar, plazmoblastlar, monoblastlar, 
mieloblastlar, eritroblastlar va megakarioblastlar).
Beshinchi sinf – yetilayotgan hujayralar. 
Oltinchi sinf – hayot sikli cheklangan yetilgan hujayralar.
Odatda normada periferik qonda asosan oltinchi sinf hujayralari 
bo‘ladi, qonda hujayra turiga qarab bir necha soatdan, bir necha 
oygacha saqlanadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin