U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Meda shirasini zondsiz tekshirish usuli



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Meda shirasini zondsiz tekshirish usuli
Ba’zi bir bemorlarga zondli tekshirish usuliga qarshi ko‘rsatma 
bo‘lishi munosabati bilan zondsiz tekshirish usuli qo‘llaniladi.
Bu usulga Sali bo‘yicha desmoid sinama, ion almashuvchi 
smola usuli, atsidotest, gastrotest kiradi. Bu usullar zondli usullarga 
nisbatan kamroq ma’lumot beradi.
Sali bo‘yicha desmoid sinama. Buning uchun Metilen ko‘ki 
kichkina ingichka elastik rezina qopchaga joylashtiriladi va bu qopcha 
ketgutli ip bilan bog‘lanadi. Tekshiriluvchi nahorda qopchani yutadi 
va keyin nonushta qiladi. Qopcha medaga tushgandan so‘ng xlorid 
kislota va pepsin ta’sirida ketgut hazm bo‘ladi va qopcha ochiladi. 
Qopcha ichidagi metilen ko‘ki qonga so‘rilib, siydik bilan ajraladi. 
Tekshiruv vaqtida 3–5 va 20 soatdan so‘ng siydik yig‘iladi hamda siydik 
bo‘yalish (ranglanish) intensivligi vaqti belgilanadi. Medada sekretor 
faoliyati meyorda bo‘lsa 1-portsiya rangsiz, 2-portsiya oq-yashil va
3-portsiya ko‘k-yashil rangda bo‘ladi.
Ion almashuvchi smol usuli

Ushbu usul biror bir kichik 
molekulyar birikma (xinin, papaaminosalitsil kislota) bilan birikkan 
ion almashuvchi smola ichga qabul qilishga asoslangan. Meda 
shirasi tarkibidagi xlorid kislotaning vodorodi ionlar indikatori 
bilan almashinadi va indikatorlar smoladan ajraladi hamda ichakka 
so‘rilib, siydik bilan ajraladi.
Oshqozon shirasini zondsiz tekshirish (siydikda uropepsinni 
aniqlash, desmoid proba, ion almashinuvi testi-atsidotest) faqat 
orientirlovchi ahamiyatga ega. Ushbu metod faqat oshqozon 
sekretor funksiyasining saqlangan yoki saqlanmaganligi haqida 
taxminiy ma’lumot beradi. Oshqozon sekretor faoliyatining miqdoriy 
ko‘rsatkichlarini zondsiz usulda aniqlab bo‘lmaydi. Zondsiz tekshirish 
usuli faqatgina chegaralangan miqdordagi aholini yoppasiga 
tekshirishga imkon beradi. Poliklinika, statsionarda me’da, o‘n ikki 
barmoqli ichak va boshqa hazm trakti kasalliklari bilan kasallangan 
bemorlarni zondsiz usulda tekshirish maqsadga muvofiq emas. 


44
Bemorlarni tayyorlash: tekshirishdan bir kun oldin kechqurun 
soat 20 da yengil tushlik qilish kerak. Tekshirish o‘tkaziladigan 
kuni esa nonushta, suyuqlik, dori qabul qilinmaydi.
Meda shirasini zondsiz atsidotest orqali kislotaligini aniqlash. 
Atsidotest tekshirish usuli meda shirasi tarkibidagi kislotali muhitni 
aniqlash uchin diagnostika sifatida ishlatiladi. Buning uchun 
bemordan ertalabki nahorgi portsiya siydik olinadi. Atsidotest 
o‘tkazish uchun bemor siydik qopini bo‘shatadi va bu portsiya 
tahlil uchun olinmaydi. Siydik qopi bo‘shatilgandan so‘ng bemor 
Vengriyada ishlab chiqarilgan 2,4-diamino–4-etoksi-azobenzol 
3 ta draja 0,05 dozada va 2 tabletka 0,2 dozada kofein benzoate 
natriy ichadi. Tabletkalar bilan birga qutida atsidotest natijalarini 
baholash uchun rangli shkala (A-erkin xlorid kislota bor va B erkin 
xlorid kislota yo‘q) bo‘ladi va shu orqali baholanadi.
Bemor siydik qopi boshatilgandan so‘ng 2 tabletka kofein 
benzoat natriy ichadi va 1 soatdan so‘ng siydik qopi bo‘shatilib 
idishga tahlil olinadi va idishga nazorat guruhi deb yoziladi. 
Bemor ikkinchi marta siydik qopini bo‘shatgandan so‘ng 3 ta draja 
2,4-diamino–4-etoksi-azobenzol qabul qiladi va 1,5 soat o‘tgandan 
so‘ng bemordan qayta siydik tahlili olinib idishga yig‘iladi va 
1,5 soatlik deb belgilanadi. Nazorat guruhidagi hamda bir yarim 
soatdan so‘ng olingan siydik 200 ml gacha suv bilan suyultiriladi 
va xlorid kislota bilan kislotali muhit hosil bo‘ladi. Bundan boshqa 
probirkada 5 ml olinib, har bir probirkadagi siydik rangi baholanadi.
Bunda nazorat guruhidagi siydik rangi o‘zgarmay odatdagidek 
bo‘ladi.
Bir yarim soatlik siydik rangi qirmiziga bo‘yaladi. Bo‘yalish 
intensivligi diagnostik ahamiyatga ega va buni rangli shkala bilan 
solishtirilib meda shirasi kislotaligi aniqlanadi.
Kofein benzoat natriy meda shirasini ajralishini stimulyatsiya 
qilish uchun ishlatiladi. Ion almashtiruvchi smola drajasi, 
2,4-diamino – 4-etoksi-azobenzol bilan to‘yingan. 2,4-diamino 
– 4-etoksi-azobenzol bo‘yovchi (boyoq) modda bo‘lib, ion 


45
almashtiruvchi smola bilan bog‘ hosil qiladi. Meda shirasini 
kislotali muhitida vodorod ionlari ta’sirida siqib chiqariladi, ion 
almashtiruvchi smola bilan bog‘ hosil qilmaydi. Bo‘yovchi modda 
yog‘on ichakka so‘riladi va siydik bilan ajraladi. Siydik rangi 
intensivligiga qarab meda shirasi kislotaligi aniqlanadi.
• 
Anatsid holatda vodorod ionlari deyarli bo‘lmaydi va 
bo‘yovchi modda ion almashtiruvchi smoladan siqib chiqarilmaydi. 
So‘rilgan va siydik bilan ajralgan boyovchi modda miqdori kam 
bo‘ladi. Shuning uchun ham siydik rangi rangli shkala bo‘yicha 
“В” bo‘limga to‘g‘ri keladi.
• 
Giperatsid holatda vodorod ionlari ko‘pligi tufayli drajadan 
bo‘yovchi moddani to‘liq siqib chiqaradi. Bo‘yovchi moddaning 
ko‘p so‘rilishi va siydik bilan ajralishi siydik rangining intensivligini 
baland qiladi. ”A” bo‘limga to‘g‘ri keladi. Normatsid holatda siydik 
rangi giperatsid va gipoatsid o‘rtasida bo‘ladi.
Helicobakter pylorini aniqlash.
 
Helicobakter pylori oshqozondan 
biopsiya yordamida olingan materialni tekshirish yo‘li orqali 
aniqlanadi (FEGDS yordamida bioptat olinadi). Tekshirish uchun 
Ureaz testi qulay hisoblanadi. Bunda bioptat, tarkibida machevina 
saqlovchi gelga surtiladi. Agar Helicobakter pylori bo‘lsa, bir necha 
daqiqa o‘tgach rang o‘zgaradi. Helicobakter pylorini kulturada 
o‘rganish qiyin, serologik yo‘l bilan tekshirib bo‘lmaydi.
Ichak disbakteriozi diagnostikasi uchun qo‘llaniladi:
• 
koprogramma – ovqat komponentlarini ichakda hazm bo‘lish 
darajasini, yana yallig‘lanish belgilari bor yoki yo‘qligini ko‘rsatadi;
• 
shartli patogen floraga axlat posev tahlili, normal flora ko‘rsatkichi 
hisoblanmaydigan “neytral” bakteriyalar darajasini ko‘rsatadi;
• 
disbakteriozga axlat ekish – usuli, normal va shartli 
patogen miqdori, shuningdek, ularning har xil dori moddalarga 
sezuvchanligi aniqlanadi. Axlat tahlilining yig‘ish sharoiti muhim 
ahamiyatga ega: havoda va xona haroratida uzoq saqlanmasligi va 
yangi yig‘ilgan bo‘lishi kerak, shuningdek, yetarli miqdorda(5–
10grdan kam emas).


46
Disbakteriozga axlat tahlili topshirishda normal flora 
preparatlarini qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Norma va patologiyada kislota-asos holati. Buyrakning 
patobioximiyasi. Suv-elektrolit almashinuvi, uni boshqarilishi va 
buzilishi.
Organizmda metabolik sistema konsentratsiyasi mavjud, 
vodorod va gidrooksil ionlari ishlab chiqarilishi va yutilishi, yana 
bufer moddalar o‘zgarishi kislota asos holati deyiladi.
Fiziologik jarayonlarni to‘xtovsiz kechishi hamda patologik 
holatlar yuzaga kelishi bioximik reaksiyalar aktivligi va tezligini 
o‘zgartiradi. Fiziologik jarayonlar xarakteriga barcha biologik 
muhitlar kislota-asos sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Amaliy tibbiyotda ximik tarkibi oson nazorat qilinganligi 
sababli qon va siydikda kislota-ishqor holati ko‘proq o‘rganilgan.
Na+ va suv balansining buzilishi bilan bog‘liq holatga 
disgidriya deyiladi. Uning laborator diagnostikasi osmotik bosim 
parametrlariga, plazmada natriy kationi darajasiga, qon quyuq 
va suyuqligi ko‘rsatkichiga (gematokrit darajasiga, plazma oqsil 
konsentratsiyasiga), diurez hajmiga, siydik nisbiy zichligining 
soniga va tarkibidagi natriyga tayanadi. Klinik simptomlar laborator 
diagnostika obyektiv ma’lumotlari bilan birga tibbiyot xodimiga 
disgidriya turini va bu holatlar korreksiyasini asoslashga yordam beradi.
Najasni tekshirish natijalari materialni yig‘ib olishga ko‘p 
jihatdan bog‘liq. Najas defekatsiyadan kechi bilan 8–12 soat keyin 
tekshirilishi kerak. Material toza, quruq idishga olinadi. Najasni 
unda gijja tuxumlari, qon sterkobilin bor-yo‘qligini tekshirish 
uchun material olinganida parafinlangan stakanchalardan 
foydalanish maqsadiga muvofiq bo‘lsa, ovqatning nechog‘liq 
hazm bo‘lganligini aniqlash uchun defekatsiyada chiqqan hamma 
najasni yig‘ib olish kerak bo‘lganida kattagina shisha idish 
ishlatish lozim. Bir qancha hollarda koprologik tekshirish oldidan 
bemorni maxsus tayyorlash zarur bo‘ladi. Tekshirishdan maqsad 
yashirinqon borligini aniqlash bo‘lsa, uni aniqlashga qaratilgan 


47
reaksiyaga ko‘rsata oladigan masalliqlarni uch kungacha ovqatga 
ishlatmaslik kerak. Go‘sht, baliq, ko‘k sabzavotlarning hamma 
turlari, pomidorlar ana shunday masalliqlardir. Huqnadan va surgi 
dori ichilganidan keyin, shamchalar holidagi dorilar qo‘yilganidan 
so‘ng kanakunjut moyi yoki vazelin moyi hamda axlatning rangini 
o‘zgartiradigan dorilar (temir, vismut, bariy) ichilganidan keyin 
tekshirishga axlat yuborish yaramaydi.
Najasni tekshirish makroskopik, mikroskopik, kimyoviy va 
bakteriologik tekshirishga bo‘linadi. Makroskopik tekshirishda 
axlatning konsistensiyasi va shakliga, rangiga, hidiga, hazm 
bo‘lmay qolgan ovqat qoldiqlari va patologik aralashmalar bor-
yo‘qligiga ahamiyat beriladi.
Me’yorda najas zichroq konsistensiyaga (tarkibida 80–85 % 
suv bor), silindrsimon shaklga ega bo‘ladi. Ichak peristaltikasining 
zo‘rayishi suv so‘rilishining buzilishiga olib keladi, shuning 
natijasida najas bo‘tqasimon, shaklsiz bo‘lib qoladi. Ich qotib 
ketganda axlat kichik-kichik qattiq qumaloqlar ko‘rinishida 
tushishi mumkin. Qo‘y qumalog‘i deb shuni aytiladi. Najasning 
tasmasimon bo‘lishi to‘g‘ri ichakda to‘siq (o‘sma, poliplar, sfinkter 
spazmi) borligiga aloqador bo‘lishi mumkin. Najas, odatda, 
qo‘ng‘iroq-jigarrang tusda bo‘ladi, bu – ichak mikroflorasi ta’sirida 
bilirubindan hosil bo‘ladigan pigment-sterkobilin borligiga bog‘liq.
Dori moddalarini ichish va ba’zi mahsulotlarni iste’mol qilish 
natijasida najas rangi o‘zgarib qolishi mumkin. Masalan, temir, 
vismut, meksaform singari preparatlar axlatni qora-gungurt rangga 
kiritib qo‘yadi. Najas rangining patologik o‘zgarishlaridan uning 
rangsizlanib qolishini aytib o‘tish kerak, o‘t chiqaruvchi yo‘llarning 
tiqilib qolishi natijasida ichakka o‘t tushmay qolganda axlat shu tariqa 
rangsizlanadi. Bunday najas axolik axlat deb ataladi. Ma’da-ichak 
yo‘lining yuqori bo‘limlaridan qon ketganida, qoramoyga o‘xshash 
qop-qora axlatni ko‘rsa bo‘ladi. Bunday axlat melena deb ataladi.
Mikroskopik tekshirishda hazm bo‘lmay qolgan ovqat 
qoldiqlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish mumkin. Ovqatga 


48
aloqador bo‘lmagan patologik aralashmalar jumlasiga shilimshiq, 
yiring, qon, o‘sma zarralari, ichak parazitlari kiradi. Mikroskopik 
tekshirish uchun kichkina najas bo‘lagi suvli hovonchada 
emulsiya holiga kelguncha eziladi, so‘ngra buyum oynalariga 
shisha tayoqcha bilan shu emulsiya tomchilari tushiriladi va bir 
nechta preparat: nativ preparat, Lyugol eritmasi bilan, mentilen 
ko‘ki bilan, sirka kislotadagi Sudan III eritmasi bilan bo‘yalgan 
preparatlar tayyorlanadi. Bular mikroskopik kichik (x8) va katta 
(x40) obyektivi bilan tekshiriladi.
Najasda uchraydigan o‘simlik kletchatkasi hazm bo‘lmaydigan 
va hazm bo‘ladiganga bo‘linadi. Hazm bo‘lmaydigan kletchatka 
axlatda doimo uchrayveradi, chunki u hazm jarayonida 
parchalanmaydi. Bu kletchatka har xil shaklda, rangda bo‘lib, ro‘y-
rost ko‘rinib turadi.
Hazm bo‘ladigan kletchatka dumaloq, nozik hujayralar 
ko‘rinishida bo‘ladi, normal axlatda uchramaydi. Peristaltika 
kuchayganida, anatsid holatda ichak florasining hayot faoliyati 
ayniganida bunday kletchatkani topish mumkin. Yuqorida 
ta’kidlab o‘tilgan ovqat qoldiqlarini nativ preparatda ajratib olsa 
(differensirovka qilsa) bo‘ladi. Kraxmal (amiloreya)ni topish uchun 
Lyugol eritmasi bilan bo‘yalgan preparat o‘rganiladi. Kraxmal 
hazm bo‘lish bosqichiga qarab, binafsha yoki qizg‘ish rangga 
bo‘yaladi. Kraxmal hujayra ichida va undan tashqari bo‘lishi 
mumkin. Amiloreya me’daosti bezi funksiyasi buzilganda ko‘rilishi 
mumkin, ko‘pincha esa ichak bakterial florasi hayot faoliyatining 
buzilishida xarakterli bo‘ladi. Najasda yog‘ (steatoreya), neytral 
yog‘ tomchilari, yog‘ kislotalarining kristallari va tomchilari hamda 
yog‘ kristallari tuzlarining kristallari yoki bo‘laklari ko‘rinishida 
bo‘lishi mumkin.
Neytral tomchilari ham, yog‘ kislotalarining tomchilari 
ham sudan III bilan bo‘yalsa, metilen ko‘ki bilan faqat yog‘ 
kislotalarining tomchilari bo‘yaladi. Ularni bir-biridan ajratib 
olish (differensirovka qilish) uchun ham shundan foydalaniladi. 


49
Mikroskop bilan tekshirilayotgan preparatlarda ovqat qoldiqlaridan 
tashqari, shilimshiq leykotsitlar, eritrotsitlar va silindrsimon epiteliy 
hujayralarini topish mumkin. O‘tkir yallig‘lanish jarayonarida bu 
elementlar ko‘p uchraydi.
Najasdagi yashirin qonni aniqlash. Tekshirishdan avval 
bemorga 2–3 kun davomida go‘shtsiz ovqatlar berilib, milkida 
yara yo‘qligi tekshiriladi. Agar milkda yara bo‘lsa, yashirin qonga 
bo‘lgan reaksiyani qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bunda ichakka 
milkdan oz miqdorda qon tushib, u sinama yordamida aniqlanadi. 
Milklar kasal bo‘lganda tekshirishdan 2–3 kun oldin tishni cho‘tka 
bilan yuvish taqiqlanadi.
Gvayak qatroni sinamasi. Chinni havonchaga 5 grammcha 
najas solinib, 10 tomchi muz sirka kislotasi, 5–10 ml suv qo‘shiladi 
va bo‘tqasimon konsistensiya hosil bo‘lguncha aralashtiriladi, 
shundan so‘ng bu aralashmani probirkaga quyib 5 ml efir qo‘shiladi. 
Probirkani tiqin bilan bekitib, bir necha marta to‘nkariladi. Bunda 
qon efir bilan birikib, najasdan ajraladi. Shundan so‘ng aralashma 
tinguncha kutib turiladi. So‘ng yuqorida ajralib chiqqan efir boshqa 
probirkaga olinib, unga 1–2 ml yangi tayyorlangan gvayakning 
spirtli eritmasidan va bir necha tomchi usti ochiq qoldirilgan eski 
skipidardan yoki 1 ml vodorod peroksididan qo‘shiladi. Najasda 
qon mavjud bo‘lsa, havorang hosil bo‘ladi.
Benzidin sinamasi. Probirkaga 2 ml muz sirka kislotasi quyilib, 
unga oz miqdorda (pichoq uchida) benzidin solinadi. Probirkadagi 
suyuqlik bir xil konsistensiya hosil qilguncha aralashtiriladi. 
So‘ng birinchi benzidinli probirkaga vodorod peroksidning 3 % 
li eritmasidan 20 tomchi qo‘shiladi va unga ikkinchi probirkada 
bir necha tomchi suyultirilgan najas solinadi. Najasda qon bo‘lsa, 
probirkadagi aralashma och yashil-ko‘k rangga bo‘yaladi.
Najasdagi sterkobilinni aniqlash. Najasda sterkobilin borligini 
aniqlashda Shmidt reaksiyasidan foydalaniladi. U quyidagidan 
iborat. Petri idishi tubiga bir-biridan alohida ravishda ikki bo‘lak 
tekshiriluvchi najas solinadi. Ularning biriga sulemaning to‘yingan 


50
(5 % li) eritmasi, ikkinchisiga – distillangan suv solinadi va 24 soat 
davomida termostatga qo‘yib qo‘yiladi. Najasda sterkobilin bo‘lsa, 
24 soatdan so‘ng sulema solingan bo‘lak pushti rangga bo‘yaladi, 
ikkinchisi esa o‘z rangini o‘zgartirmaydi. Sterkobilinga bo‘lgan 
reaksiya manfiy bo‘lsa, demak, jigardan o‘n ikki barmoqli ichakka 
o‘t tushmas ekan. Bu holni o‘t chiqaruvchi yodlar tosh, o‘sma, 
askarida bilan bekilib qolganda, shuningdek, jigar parenximasida 
patologik jarayonlar bo‘lganda kuzatish mumkin.
Gijjalar – ko‘p hujayrali chuvalchanglar bo‘lib, ular odatda 
inson a’zolarida ko‘paymaydi. Ular har doim patogen. Gelmintlarga 
Opisthorchus viverrini kabi trematodalar (ikki og‘izlilar), Taenia 
turlari kabi sestodalar (tasmasimon chuvalchanglar) va Enterobius 
vermiculari kabi nematodalar (yumaloq chuvalchanglar) kiradi.
Parazitlarni aniqlash uchun najasni tekshirish usullari:
1. Yangi najas nusxalarining mikroskopik tekshiruvi odatda 
qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan parazitik 
chuvalchanglar yoki chuvalchanglar segmentlarini aniqlash uchun 
o‘tkaziladi.
2. Bevosita nam preparat texnikasi va mikroskopik tekshiruvi 
tuxumlar, g‘umbaklar, trofozoitlar va sistalarni aniqlash uchun kerak. 
3. Konsentratsiya texnikasi va mikroskopik tekshiruvi.
4. Perianal oqovalar mikroskopik tekshiruvi E.vermicularis 
(ostritsa)ni aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Gelmintozlarni aniqlash. Najasda ichak parazitlari yakka holda 
(dumaloq gijjalar) yoki alohida yassi bo‘g‘inlar (tasmasimon 
gijjalar) shaklida ko‘rinishi mumkin. Dumaloq gijjalardan 
ko‘pincha askarida va ostritsalar uchraydi. Tashqi ko‘rinishiga 
ko‘ra, askaridalar yomg‘ir chuvalchangini eslatadi. Ular dumaloq, 
pushti rang, uchlari o‘tkir, bo‘yi 25 sm gacha bo‘ladi. Ostritsalar 
oq, ingichka, uzunligi 1 sm gacha bo‘ladi. Ular odatda najasning 
yuzasiga joylashgan bo‘ladi.
Tasmali gijjalarning bo‘g‘inlari uzun, yassi to‘rtburchak 
shaklida bo‘lib, ularning bo‘yi 1–2 sm va bir tomoni ko‘tarilgan 


51
holda turadi. Tasmali gijja tashqariga chiqqanda uning bosh 
qismini topish juda ahamiyatli, chunki u chiqqandan keyingina, 
bemor gijjaning bu turidan butunlay qutuldi deb hisoblash mumkin. 
Uning boshini topish uchun axlatni suv bilan yaxshilab aralashtirib, 
elakdan o‘tkazish kerak, shundan so‘ng elakda parazit bilan qolgan 
axlat yana bir marta yuviladi. Butun gijjalar yoki ularning bo‘g‘inlari 
axlat bilan deyarli kam ajralgani uchun ularni topishning asosiy 
usuli – axlatda parazit tuxumi bor-yo‘qligini tekshirishdir. Bunday 
tekshirish mikroskop yordamida o‘tkaziladi.
Gijjalar tuxumi najasda quyidagicha topiladi. Najasning turli 
joylaridan bir nechta bo‘lagi olinib, probirkaga solinadi va unga 
miqdori olingan axlatdan 20 marta ko‘p bo‘lgan suv qo‘shiladi. 
Probirkadagi suyuqlik shisha tayoqcha yordamida yaxshilab 
aralashtirilib, 2 soat qo‘yib qo‘yiladi. Shundan so‘ng pipetka bilan 
probirka tubidagi cho‘kmadan olinib, buyum oynasiga tomiziladi va 
yopuvchi oyna bilan berkitiladi hamda mikroskop ostida ko‘riladi. 
Agar gijjalar tuxumi topilmasa, tekshirishni yana bir necha marta 
takrorlash kerak. Mikroskop ostida ko‘rilganda gijjalar tuxumi 
yumaloq, ba’zan oval shaklida ko‘riladi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin