57
v) oksifillar – dumaloq shaklli, avvalgilarga nisbatan kichikroq
(7–10 mkm) hujayralar. Yadrosi dumaloq, ko‘proq ekssentrik
joylashgan, piknoz bo‘rtgan, toq-binafsha rangga bo‘yaladi. Qator
hollarda piknoz, reksis, diapedezga uchraydi. Ba’zan ularning
yonida Jolli tanachalari topiladi. Sitoplazmasi pushti rangga
bo‘yaladi.
Megaloblastlar: a) bazofil; b) polixromatofil; v) oksifil
turlari farqlanadi. Hujayralar dumaloq shaklli. Nisbatan yosh
hujayralarning o‘lchami kattaroq bo‘ladi. Yadrosi dumaloq va
unda mayda yoki yirik o‘lchamli xromatin joylashgan, oksifil
megaloblastlarda esa yadro piknotik o‘zgargan bo‘lishi mumkin.
Megaloblastlar yadrosida yadrochalar topilmaydi. Bazofil
megaloblastlar sitoplazmasi ko‘k, polixromatofillarda – och
binafsha va oksifil turlarida esa pushti rangga bo‘yaladi. Ayrim
megaloblastlarda yadrosining asosiy qismi yonida Jolli tanachalari
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: