52
Bajarish tartibi:
1. Namuna va buyum oynachasini raqam bilan belgilang.
2. 1 tomchi yangi tayyorlangan fiziologik eritmani buyum
oynachasining o‘ng yarmi va 1 tomchi yodni chap yarmiga tekkizing.
Bu jarayon pipetka yoki flakonlarni najas bilan ifloslanishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun najas oynachaga tekkizilguncha qilinishi kerak.
3. Applikator yordamida taxmin qilinayotgan parazitlarni bir
tekis tarqatish uchun najasni aralashtirish kerak.
4. Namunaning kichik qismi (taxminan
gugurt boshchasi
o‘lchamidagi) ni olish uchun applikatorni qo‘llash lozim.
5. Avval namunani fiziologik eritma tomchisi bilan aralashtirish
kerak.
6. Yana shu namuna qismini olib, yod bilan aralashtiring.
7. Tekis, ingichka preparat tayyorlang va har birini yopqich
oynachasi bilan yoping. Yopqich oynachani bir uchidan ushlang va
tomchi chekkasiga tekkizing.
8. Uni buyum oynachasiga havo pufakchalarini hosil qilmagan
holda asta-sekin tushiring.
9. Preparatlarni qurib qolishiga yo‘l qo‘ymagan holda, tezlikda
tekshiring.
Shakllangan va yarim shakllangan najasdan tayyorlangan
nam preparat mikroskopiyasi
Kerakli materiallar:
• Nam preparatli buyum oynachasi;
• mikroskop.
Bajarish tartibi:
1. Nam surtmalarni qurib qolishiga yo‘l qo‘ymagan holda,
tezlikda tekshiring. Preparatni
fiziologik eritma yordamida, 10x
obyektivini qo‘llagan holda, ortiqcha yorug‘likni yo‘qotish va
kontrastlikni ta’minlash uchun, yetarlicha berkitilgan kondensor
bilan ko‘ring.
53
2. Buyum oynachasini old va orqaga yoki yuqori va pastga
harakatlantirgan holda, butun preparatni sistematik tekshiring.
3.
Harakatchan protoza, gijjalar tuxumlari, g‘umbaklarni
aniqlang.
4. Rangsiz parazitlarni identifikatsiya qilish uchun kondensorni
yuqori kontrastlikka moslashtirib, preparatni tekshiring.
5. “Parazitlar aniqlanmadi” degan xulosa berishdan avval 40x
obyektivi bilan bir nechta ko‘ruv maydonlarini tekshiring.
6. Iod preparatini ko‘rib chiqing va sistalarni kattaligi, shakli,
negizlar va kiritmalar miqdori bo‘yicha aniqlang.
7. Fiziologik eritma yordamida
butun preparatda barcha
topilgan parazitlarni qayd qiling va ularning miqdorini sanang.
Dostları ilə paylaş: