U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Shakllangan va yarim shakllangan najasdan nam



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Shakllangan va yarim shakllangan najasdan nam 
preparatni tayyorlash
Kerakli materiallar:
• 
Najasning yangi namunasi;
• 
Shishaga yozish uchun qalam yoki mum qalam;
• 
Applikator tayoqchalar (gugurt cho‘plari yoki tish 
tozalagichlari);
• 
Buyum oynachalari;
• 
Yopqich oynachalari;
• 
Fiziologik eritma, 0,85%;
• 
Yod, 2%;
• 
Nokchali pipetka (agar fiziologik eritma va yod uchun 
flakon-tomchi moslamasi bo‘lmasa).


52
Bajarish tartibi:
1. Namuna va buyum oynachasini raqam bilan belgilang.
2. 1 tomchi yangi tayyorlangan fiziologik eritmani buyum 
oynachasining o‘ng yarmi va 1 tomchi yodni chap yarmiga tekkizing. 
Bu jarayon pipetka yoki flakonlarni najas bilan ifloslanishiga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun najas oynachaga tekkizilguncha qilinishi kerak.
3. Applikator yordamida taxmin qilinayotgan parazitlarni bir 
tekis tarqatish uchun najasni aralashtirish kerak.
4. Namunaning kichik qismi (taxminan gugurt boshchasi 
o‘lchamidagi) ni olish uchun applikatorni qo‘llash lozim.
5. Avval namunani fiziologik eritma tomchisi bilan aralashtirish 
kerak.
6. Yana shu namuna qismini olib, yod bilan aralashtiring.
7. Tekis, ingichka preparat tayyorlang va har birini yopqich 
oynachasi bilan yoping. Yopqich oynachani bir uchidan ushlang va 
tomchi chekkasiga tekkizing.
8. Uni buyum oynachasiga havo pufakchalarini hosil qilmagan 
holda asta-sekin tushiring.
9. Preparatlarni qurib qolishiga yo‘l qo‘ymagan holda, tezlikda 
tekshiring.
Shakllangan va yarim shakllangan najasdan tayyorlangan 
nam preparat mikroskopiyasi
Kerakli materiallar:
• Nam preparatli buyum oynachasi;
• mikroskop.
Bajarish tartibi:
1. Nam surtmalarni qurib qolishiga yo‘l qo‘ymagan holda, 
tezlikda tekshiring. Preparatni fiziologik eritma yordamida, 10x 
obyektivini qo‘llagan holda, ortiqcha yorug‘likni yo‘qotish va 
kontrastlikni ta’minlash uchun, yetarlicha berkitilgan kondensor 
bilan ko‘ring.


53
2. Buyum oynachasini old va orqaga yoki yuqori va pastga 
harakatlantirgan holda, butun preparatni sistematik tekshiring.
3. Harakatchan protoza, gijjalar tuxumlari, g‘umbaklarni 
aniqlang.
4. Rangsiz parazitlarni identifikatsiya qilish uchun kondensorni 
yuqori kontrastlikka moslashtirib, preparatni tekshiring.
5. “Parazitlar aniqlanmadi” degan xulosa berishdan avval 40x 
obyektivi bilan bir nechta ko‘ruv maydonlarini tekshiring. 
6. Iod preparatini ko‘rib chiqing va sistalarni kattaligi, shakli, 
negizlar va kiritmalar miqdori bo‘yicha aniqlang. 
7. Fiziologik eritma yordamida butun preparatda barcha 
topilgan parazitlarni qayd qiling va ularning miqdorini sanang.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin