Nechiporenko usuli. 1 ml siydikda shaklli elementlar (eritrotsit, leykotsit, silindr) miqdorini aniqlash. Aniqlash yo‘li. Tekshirish uchun bir martalik siydikni
o‘rta porsiyasi olinadi (ertalabki siydikni olish maqsadga
muvofiq), pH aniqlanadi (siydikda hujayra elementlari qisman
parchalanganda ishqoriy reaksiya bo‘lishi mumkin). 5–10 ml
siydik 3500 ob./minda 3 min davomida sentrafugalanadi. Qoldiq
sekin aralashtirilib, hisoblash kamerasiga to‘ldiriladi. Shaklli
elementlar hisoblanadi.
Normada 1ml siydikda eritrotsitlar – 1000, leykotsitlar – 2000–
4000, silindrlar- Goryaev kvadrat kamerasida yo‘q yoki 1–4 dan
ko‘p emas.
Siydikning solishtirma og‘irligini aniqlash Siydikning solishtirma og‘irligi urometr asbobi bilan
aniqlanadi. Qulay bolishi uchun ikkita urometrdan foydalaniladi.
Ulardan biri 1000 dan 1025 gacha, ikkinchisi 1026 dan 1050
darajagacha bo‘lingan. Solishtirma og‘irlikni aniqlashda siydik
silindrga quyiladi va unga avval kichik darajalarga bo‘lingan
urometr solinadi. U silindr devoriga tegmay suzib yurishi kerak.
Bunda tekshirilayotgan siydikning pastki meniski urometrning
qaysi darajasiga to‘g‘ri kelishi aniqlanadi.
Shu daraja ustunidagi raqam siydikning solishtirma og‘irligini
ko‘rsatadi. Agar kichik belgili urometr siydikka solinganda, uning
butun shkalasi siydik yuzasidan yuqoriga joylashsa, bu holat
mazkur siydikning solishtirma og‘irligi 1025 dan yuqori ekanligini
ko‘rsatadi. Bunday holda shu siydikka silindrga 1026 dan 1050
darajaga bo‘lingan urometr tushiriladi. Avvalgidek siydikning
solishtirma og‘irligi urometr shkalasi raqami turgan pastki menisk
bo‘yicha aniqlanadi.
39
Nazorat savollari 1. Siydik hosil bo‘lish mexanizmini tushuntirib bering.
2. Siydikning fizik xususiyatlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Poliuriya qaysi kasalliklarda kuzatiladi?
4. Oligouriya deb nimaga aytiladi?
5. Siydik cho‘kmasini miqdoriy usulda tekshirish usullarini
tushun tirib bering.
6. Siydik qoldig‘ini mikroskopik tekshirishda nimalarni aniqlash
mumkin?
7. Gematuriya qaysi holatlarda kuzatiladi?
8. Leykotsituriyani aniqlashning ahamiyatini tushuntiring.
9. Siydikda glyukozani aniqlash usullarini tushuntirib bering.
10. Siydikda oqsil miqdorini aniqlashning ahamiyati va aniqlash
usullari qanday?