U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Siydikni tekshiruvda diagnostik test-tilimchalardan



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Siydikni tekshiruvda diagnostik test-tilimchalardan 
foydalanish
Tez, qo‘llanilishi oddiy va shu bilan birga aniq tekshiruvlarni 
o‘tkazish uchun tibbiyot amaliyotida siydikning turli komponentlarini 
yarim miqdoriy aniqlash uchun diagnostik tilimchalar qo‘llaniladi. 
Diagnostik tilimchalar turli sharoitlarda bemor shifokor qabulida 
bo‘lganda o‘tkazilib, kimyoviy reagentlarni qo‘llashni inkor qilib, 
laborant ishchi vaqtini tejashga imkon beradi. 
Monofunksional tilimchalar (bir test uchun) va indikatsiya 
zonasi 3 dan 10 gacha bo‘lgan ko‘p funksional tilimchalar mavjud.
Tilimchalar bilan ishlanganda quyidagi qoidalarga rioya qilish 
talab etiladi:
1. Qutilar jips yopilgan bo‘lishi kerak.
2. Qutilar xona haroratida quruq joyda saqlanishi kerak.
3. Tilimchalarni yorug‘ nur, yuqori harorat va kimyoviy 
parlanishlardan saqlash kerak.
4. Reagent zonalarga barmoq bilan tegish mumkin emas. 
Tahlil o‘tkazilayotganda tilimcha qutidan olinadi, ko‘rsatmada 
ko‘rsatilgan ma’lum vaqtga yaxshilab aralashtirilgan siydikli 
idishga solinadi. Tilimcha olinadi, siydikning ortiqcha miqdori 


30
idish chetlarida qoldiriladi va ekspress usulga qo‘shib beriladigan 
rangli shkala bilan solishtiriladi.
Test-tilimchalar bilan aniqlanadigan siydik tahlili
Usul prinsipi. Tilimchalar reagent zonasi tarkibida bromtimol 
ko‘k, kislota-ishqor indikatori bo‘lib, u rangini pH 5–9 diapazonda 
o‘zgarganda olov rangdan sariq va yashil orqali ko‘kkacha bo‘yaydi. 
Kislotalik shkalasi:
0__________________7 ___________________________ 14
Kislotali muhit – Neytral muhit – Ishqoriy muhit
Yangi siydik me’yorda kuchsiz kislotali reaksiyaga ega bo‘ladi 
(rN 6,0 atrofida). Sergo‘sht ovqat siydikdagi pH ko‘rsatkichining 
ko‘proq kislotali tomonga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Tarkibida 
hayvon oqsillari kam, sabzavot va mevalar ko‘p bo‘ladigan ovqat 
siydikning ishqorlanishiga olib boradi.
Yot omillar ta’siri va sezgirligi.
Indikator shkala rangi bilan pH ko‘rsatkichini 0,5 birlikkacha 
aniqlikda o‘lchash mumkin. Natijalar yot moddalar borligiga qarab 
nordon yoki ishqoriy tomonga siljishi mumkin.
Testni baholash.
Tilimcha reaktiv zonasining rangi tekshirilayotgan siydik 
pHiga qarab o‘zgaradi. Reaktiv zona rangi tilimcha sinamadan 
olinishi bilan rangli shkala bilan solishtiriladi. Shkalaning alohida 
kataklarning rangi pH 5–6–7–8–9 ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri keladi. 
Agar reaktiv zona rangi ikki rangli katak o‘rtasida bo‘lsa, unda 
natija butun ko‘rsatkichlar yoki 0.5 birlik diapazonida oraliq 
ko‘rsatkichlarda ko‘rsatilishi mumkin.


31

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin