U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


“KLINIK LABORATORIYA TEKSHIRISH USULLARI”



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

“KLINIK LABORATORIYA TEKSHIRISH USULLARI” 
FANINING RIVOJLANISH TARIXI.
DEZINFEKSIYALOVCHI ERITMALAR TAYYORLASH
Klinik laboratoriya tekshirish usullari fanining 
rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar
Abdumalik Nig‘matovich Aripov
– tibbiyot fanlari doktori, 
professor. Mehnat faoliyatini 1969-yil ToshTI ning biokimyo 
laboratoriyasida ilmiy xodim bo‘lib boshlagan. 1976-yildan
1998-yilgacha O‘zR SSV Pediatriya ilmiy tekshirish institutining 
klinik-diagnostik tahlilxonasining mudiri. 1998-yildan to hozirgi 
davrgacha ToshVMOI klinik laborator diagnostikasi kafedrasining 
kafedra mudiri. 2003-yildan to 2014-yilgacha ToshVMOI ilmiy 
ishlar bo‘yicha prorektori. 2014-yildan O‘zbekiston Respublikasining 
sog‘liqni saqlash vazirligining RIPIATM klinik laborator diagnostika 
bo‘limining rahbari. A.N. Aripov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni 
saqlash vazirligining klinik laborator diagnostikasi bo‘yicha bosh 
mutaxassisi. U 4 monografiya, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 
uslubiy tavsiyalar, 5 avtorlik guvohnoma muallifidir. 12 fan nomzodi 
va 6 fan doktorlarni tayyorladi. Professor Aripov A.N. “Sog‘liqni 
saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan, “Klinik 
laborator diagnostikasi” (Rossiya) jurnalining tahrir kengashining
a’zosi, Rossiya akademiyasining tibbiyot va texnika fanlari Akademigi.
Muhamedova Nurxon Xalimovna
tibbiyot fanlari doktori, 
dotsent. 1994-yil – Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti 
Markaziy klinik biokimyoviy laboratoriyasi oliy toifali 
shifokor laboranti, 2003–2013-yillar 3-klinikada bo‘lim mudiri 
lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2013-yildan Toshkent tibbiyot 
akademiyasining “Tibbiyot va biologik kimyo kafedrasi”da dotsent.
Ilmiy faoliyati: 2012-yil “Buyrak va boshqa a’zolar kasalliklarida 
nefropatiyaning erta tashxislashni optimallashtirish” mavzusida 
nomzodlik dissertatsiyasini, 2016 yilda “Fertil va postmenopauzal 


6
davrda ayollarda metabolik sindrom tashxisiga differentsial yon-
dashuv” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Klinik lab-
oratoriya va funktsional diagnostika bo‘yicha 2 ta monografiya va 
100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 ta uslubiy qoʻllanma va koʻrsat-
malar, 2 ta patent ixtirosi, 2 ta mualliflik guvohnomasi muallifi.
10 nafar magistr tayyorlagan.
Klinik laboratoriya diagnostikasida ma’lum bo‘lgan barcha tahlil 
usullaridan fizik va kimyoviy usullar amaliy asosni tashkil qiladi.
Bu bemordan olingan har qanday biologik materialni uning 
kimyoviy, fizik va fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘rtasidagi munosa-
batni o‘rganish imkonini beradigan usullardir.
O‘rganilayotgan tizimning xususiyatlariga ko‘ra, fizik-
kimyoviy usullar quyidagilarga bo‘linadi:
1. Optik.
2. Elektrokimyoviy.
3. Xromatografik.
4. Kinetik.
Klinik diagnostika laboratoriyalari ishida optik tahlil usullari 
ko‘proq qo‘llaniladi:
• Refraktometriya;
• Polarimetriya;
• Fotometriya:
A. Yutish:
– Spektrofotometriya;
– Nefelometriya;
– Atom yutilish fotometriyasi.
B. Emissiya:
– Florimetriya;
– Olovli fotometriya;
– Atom emissiya spektral tahlili.
Optik miqdoriy tahlil yorug‘lik nurlari sinov eritmasidan 
o‘tganda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni qayd etishga asoslanadi:
• Yutish intensivligi (absorbsion fotometriya)


7
• Modda molekulalari va atomlarining porlashi (ftorimetriya, 
alangali fotometriya)
• Monoxromatik yorug‘lik oqimining tarqalishning boshlang‘ich 
yo‘nalishidan chetlanishi (refraktometriya)
• Tekislik qutblangan yorug‘likning burilish burchagining 
o‘zgarishi (polarimetriya)
Klinik diagnostika laboratoriyalari ishida quyidagi turdagi optik 
o‘lchash asboblari qo‘llaniladi:
1. Fotometrlar va spektrofotometrlar.
2. Densitometrlar (tahlil qilinadigan moddalarning tashuvchilar 
– oqsillar, dorilar va boshqalar bo‘yicha ajratilgan fraktsiyalarini 
skanerlash).
3. Nefelometrlar va turbidimetrlar (suyuqlik hajmida muallaq 
bo‘lgan zarrachalar tarkibini yorug‘lik tarqalishining intensivligi 
bo‘yicha aniqlash).
4. Fluorometrlar (fluoressensiya intensivligini o‘lchash orqali 
murakkab organik moddalar (gormonlar, vitaminlar va boshqalar) 
kontsentratsiyasini aniqlash).
5. Olovli fotometrlar (olovga kiritilgan metall ionlarining 
yorug‘lik chiqarishini o‘lchash).
6. Luminometrlar (chiqariladigan yorug‘lik miqdorini o‘lchash).
7. Atom yutilish o‘lchagichlari (issiq gazdagi moddaning 
atomlari tomonidan monoxromatik yorug‘lik oqimini o‘lchash).
Zamonaviy klinik diagnostika laboratoriyalarida optik tahlil 
usullaridan tashqari, biologik suyuqliklar va to‘qimalarning tarkibiy 
qismlarini fraksiyalash usullari (xromatografiya va elektroforez), 
shuningdek, immunologik tadqiqotlar (enzimatik immunoassay, 
radioimmunoassay va immunofluoressensiya tahlillari) keng 
qo‘llaniladi.
Laboratoriyada quyidagilar man qilinadi:
– yonib turgan gaz uskunalarini va boshqa isitish uskunalarini 
qarovsiz qoldirish, ularning yonida paxta, doka, spirt va boshqa 
yonuvchan moddalarni saqlash;


8
– yonib turgan gaz va elektr uskunalari oldida bexosdan to‘kilib 
ketgan yonuvchan moddalarni yig‘ishtirish;
– laboratoriyada gaz hidi kelayotgan bo‘lsa, elektr toki yoki 
gazni yoqish;
– nosoz spirt alangali moslamadan foydalanish;
– xavfli moddalarni ekstraksiya qilish, qayta haydash va 
maydalash bo‘yicha ishlarni shamollatish uskunasini ishlatmasdan 
yoki u nosoz holda bo‘lganida o‘tkazish;
– tortuvchi shkafda ishlaganda boshni ichkariga kiritish;
– noma’lum moddalarni hidlash yoki tatib ko‘rish;
– biron eritma quyilgan yoki qaynatilayotgan idishning og‘ziga 
yaqin egilib qarash;
– zaharli yoki kuchli ta’sir qiluvchi eritmalarni ish stollarida va 
javonlarda saqlash;
– yorlig‘i yo‘q reaktivlarni saqlash yoki qo‘llash;
– noma’lum moddalarni saqlash;
– ovqatlanish, oziq-ovqatlarni saqlash va chekish;
– ish joyida shaxsiy kiyimlarni saqlash, maxsus laboratoriya 
kiyimlarini uyga olib ketish;
– tegishli bo‘lgan maxsus, sanitariya kiyimini kiymasdan ishlash;
– vazifasi va lavozim yo‘riqnomasidan tashqari ishlar bilan 
shug‘ullanish;
– isitish uskunalarida biron narsalarni quritish;
– yo‘laklar va koridorlarni, shuningdek, yong‘inga qarshi 
inventarlar o‘rnatilgan joylarni besaranjom tutish.
Ko‘p hollarda gepatit bilan shikastlanish, oxirgi yillarda OITS 
bilan shikastlanish tibbiyot xodimlari orasida tasodifiy igna kirishi, 
uchi singan probirkalardan foydalanish va boshqalar oqibatida 
kuzatilmoqda. Qon va boshqa biologik suyuqliklar bilan muloqotda 
bo‘lgan barcha tibbiy muassasa xodimlari gepatit B ga qarshi 
vaksinasiya qilingan bo‘lishlari shart.
• 
Laboratoriyalarda ishchi joylarini tashkillashtirish bir 
joydan ikkinchi joyga namunalarning keraksiz harakatlari sonini 
kamayishini ta’minlashi kerak.


9
• 
Tekshiruvlar o‘tkaziladigan ish joyi tartibli saqlanishi kerak. 
Stol ustida keraksiz buyumlar bo‘lmasligi, baland probirkalar ag‘darilib 
ketmasligi uchun qo‘llardan uzoqroq joylashishi, dezinfeksion 
konteynerlar tahlil qilinayotgan joyga yaqinroq joylashtirilishi kerak.
• 
Elektrik asbob-uskunalar yerlatilishi kerak. Bu bilan nafaqat 
foydalanish xavfsizligi ta’minlanadi, balki o‘lchov uskunalarining 
aniqligiga ta’sir qiluvchi to‘siqlar ham istisno etiladi.
Shaxsiy gigiyena bo‘yicha tavsiyalar:
• 
Ish vaqtida zargarlik taqinchoqlar (uzuklar) taqish taqiqlanadi.
• 
Biologik material va kimyoviy reaktivlar bilan ishlagandan 
keyin qo‘llarni diqqat bilan yuvish shart! Qo‘llarda kesilgan yoki 
boshqa yaralar bo‘lsa, shikastlangan joyga bog‘lam qo‘yiladi.
• 
Tekshiruvlar o‘tkaziladigan xonalarda ovqatlanish, bo‘ya-
nish va ish jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan boshqa muolajalar bilan 
shug‘ullanish taqiqlanadi.
• 
Ximikatlar va tekshiruvlar uchun namunalar saqlanadigan 
muzlatgichlarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qat’iyan 
taqiqlanadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin