U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

ISBN 978-9943-8697-1-4
© “ILM VA FAN” nashriyoti, 2022
© U.P. Shukurova


3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich 
Mirziyoyevning: “Inson qadri uchun” – degan ezgu g‘oyani amalga 
oshirishda sog‘liqni saqlash tiziminining jonkuyar tibbiyot xodimlariga 
tayanamiz nomli shiori bilan bugungi kunda sog‘liqni saqlash
tizimini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Vatanimizda tibbiyot sohasi rivojiga e’tibor natijasida onalar 
va bolalar o‘limi keskin kamayganini, odamlar umriga umr 
qo‘shilayotganligini o‘zgacha faxr bilan aytib o‘tsak bo‘ladi. Eng 
asosiysi tibbiyot sohasidagi izlanishlarning sifati va samaradorligi 
ortdi. Tibbiy ta’lim sohasida mutaxassislar uchun dasturilamal bo‘lib 
xizmat qiladigan adabiyotlar, qo‘llanmalar, darsliklar yaratildi. 
Bularning barchasi tibbiyot sohasini jadal rivojlantirish, davolash 
jarayoni sifati va samaradorligini oshirish uchun xizmat qilmoqda.
Har bir o‘quv adabiyotining muayyan mutaxassislar uchun 
qo‘llanma sifatida taqdim etilishining zamirida, mazkur darslik 
ham mutaxassislarga o‘z yo‘nalishida dasturilamal bo‘lib xizmat 
qilishi maqsad bo‘lmog‘i lozim.
Mazkur o‘quv adabiyoti klinik laboratoriya usullari fani 
qonuniyatlari, fan tarixi va rivojining tendensiyasi, istiqbolli 
masalalarni qamraydi hamda bo‘lg‘usi kichik tibbiyot xodimlarining 
ko‘pgina klinik diagnostika laboratoriyalarida qo‘llaniladigan 
usullarni bilish va ularni malakaviy interpritatsiya qilishda, kasallik 
va uning belgilarini asoslash uchun zamin yaratib beradi.
Avvalo o‘quv adabiyotida asosan zamonaviy laboratoriyaning asosiy 
qo‘llaniladigan usullarini va asbob uskunalarini ishlatishda malakaviy 
bilimlarni o‘quvchilarga tushunarli tilda yetkazish va singdirish lozim. 
O‘quv adabiyotida laboratoriyada qilinadigan reaksiya va 
tahlillarning asosiy turlari interpritatsiya qilinadi va ushbu tahlillarni 
kasalliklar bilan bog‘lanadi. O‘quv adabiyotining shunday tuzil-
ganligi biron reaksiyaning bajarilishi bilan tanishishga imkon 
berishdan tashqari, ayrim moddalarning tabiati hamda kelib chiqish 
mexanizmini tushunishga ham yordam beradi.


4
Laboratoriyada aniqlanadigan muayyan o‘zgarishlar qaysi 
kasalliklarda bo‘lishini ko‘rsatadi va bu, o‘quvchilarning tahlillarni 
ko‘r-ko‘rona bajarmasliklariga, balki muayyan patologiyada 
shu tahlillarni qilish maqsadga muvofiqligini tushunishlariga va 
mumkin bo‘lgan natijasini faraz qila bilishlariga yordam beradi.
Laboratoriyada o‘tkaziladigan tekshirishlarga shunday qarash 
zamonaviy tibbiyot talablariga mos keladi, chunki shifokor va 
laboratoriya xodimi ijodiy hamkorlikda ishlashi lozimdir.
Tibbiyotga oid terminlar va tushunchalarning o‘quv adabiyotida 
izohli berilishi o‘quvchilarni mavzuni to‘liq o‘zlashtirishiga 
yordam beradi.
O‘quv adabiyotining hozirgi kundagi ahamiyati shundan 
iboratki, kasalliklarga aniq va tezkor tashxis qo‘yishda laboratoriya 
tekshiruvi, ayniqsa, zamonaviy laboratoriya usullaridan foydalanish 
katta yordam beradi. Shu sababli o‘quv adabiyotida nafaqat tekshiruv 
usullarining ahamiyati va tahlili, balki laboratoriya tekshiruvlari 
o‘tkaziladigan zamonaviy uskunalar haqida ham ma’lumot berilishi 
kerak. O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirishlari va 
mustaqil ishlashlari uchun mashg‘ulotlar zamonaviy analizatorlar 
bilan jihozlangan markaziy laboratoriyalarda ham olib borilsa 
maqsadga muvofiq bo‘lishi haqida ham kerakli ma’lumotlar beriladi.
O‘quv adabiyotini yaratishdan maqsad: 
– o‘quvchilarning fanga oid bilimlarini tizimli umumlashtirish 
orqali shifokor-laborantga yordam berishida qator tahlillarni 
bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy ma’lumotlar berish va nazariy 
bilimlarini takomillashtirish;
– bemorga to‘g‘ri tashhis qo‘yishda biomateriallarning tarkibi, 
ularning me’yorini va kasalliklarda o‘zgarishini bilish, nazariy 
va amaliy mashg‘ulotlarda kasbiy mahoratni shakllantira olishga 
zamin yaratish;
– bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash orqali laborantlarning 
klinik tekshiruvlarga oid bilim va amaliy tayyorgarligini ta’minlash;
– o‘quvchilarning o‘z mutaxassislik bo‘yicha integratsiyalashgan 
(fanlararo bog‘liq) bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.


5

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin