13
• Qo‘lqoplar 0,5% xlorli eritmada ishlov berilagandan keyin
yechiladi va alohida idishga yig‘iladi.
• Qo‘lqoplar yechilgandan keyin qo‘llar yuviladi.
Qo‘llar oqar suv tagida 10–15 sekund davomida sovun bilan
yuviladi va shaxsiy sochiq bilan quritiladi, yoki 3–5 ml. spirtli
eritma bilan artiladi.
• 0.5% xlorli eritmaga kislota, ammiak yoki ammoniydan holi
bo‘lgan yuvuvchi vosita unga quyuq bo‘lmagan, ko‘piklanuvchi
suyuqlik hosil bo‘lgunga qadar qo‘shiladi.
Yuvish uchun ishlatiladigan asboblar qayta ishlatishdan oldin
yoki saqlanishdan oldin standartga muvofiq zararsizlantiriladi.
Shvabralar, chelaklar, shyotkalar va lattalar quyidagicha
zararsizlantiriladi:
• Ishlatilgandan so‘ng ular 10 daqiqa 0,5% xlorli eritmaga yoki
boshqa tasdiqlangan dezinfeksiyalovchi eritmaga solib qo‘yiladi.
• Ishlatilgandan so‘ng yuvuvchi vositali suvda yuviladi.
• Toza suvda chayiladi.
• Saqlashdan oldin yoki qayta ishlatishdan oldin ular quritiladi.
Tibbiy chiqindilarni yig‘ish standartga muvofiq o‘tkaziladi.
Tibbiy chiqindilar (masalan paxta, doka va boshqalar):
• Tibbiy chiqindilar plastik paket bilan yuvuvchi idishga solinadi
• Idish ¾ qismga to‘lganda qopqog‘i berkitiladi va olib ketiladi.
Sanchuvchi-kesuvchi predmetlar:
• Sanchuvchi-kesuvchi predmetlar teshilmaydigan idishlarga
solinadi (qattiq kartonli korobka, qattiq plastikli idish, kichik
teshikli metallik idish)
• Idishlar ¾ qismga to‘lganda berkitilib, olib ketiladi.
• Sanchuvchi – kesuvchi predmetlar solingan idishlar qayta
ishlatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: