Patologiyasi
Siydik reaksiyasining kislotali (pH ning me’yoriy ko‘rsatkichdan
past) bo‘lishi:
•
Ovqatda go‘sht ko‘pligini;
•
Atsidoz va/yoki qandli diabet borligini (dori-darmonlar
bilan rostlab turilmayotgan bo‘lsa);
•
O‘tkir va surunkali buyrak kasalliklari, harorat ko‘tarilishi,
fenilketonuriya va boshqalarni ko‘rsatadi.
Siydik reaksiyasining ishqoriy (pH ning me’yoriy ko‘rsatkichdan
yuqori) bo‘lishi:
– Ovqatda meva va sabzavotlar ko‘p, hayvon oqsillari kamligini;
– Siydik yo‘llarida infeksiya borligini, surunkali uretritlar,
sistitlarda bakterial ammiakli bijg‘ish hisobiga, shishlar,
transsudatlar, ekssudatlar so‘rilishi, me’da va 12 barmoqli ichak
yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda qayt qilish, tez-tez
oshqozon yuvishlarda;
– Buyrak toshlari (fosfatlar, kalsiy karbonat) hosil bo‘layotganini
ko‘rsatishi mumkin.
Siydikni tekshirish uchun yarim avtomat analizator DIRUI H–100
32
Siydik qoldig‘ini mikroskopik tekshirish
Siydik qoldig‘ini mikroskopik tekshirish oddiy mo‘ljalli va
miqdoriy usullar yordami bilan aniqlanadi.
Mo‘ljalli usul. Birinchi ertalabki siydik tekshiriladi.
•
10 ml siydik sentrafuga probirkaga joylashtiriladi va 5 min
davomida 2000 ob/min da sentrafugalanadi.
•
Qoldiq usti suyuqligi to‘kilib, qolgan kam miqdordagi
siydik cho‘kmasi suspenziya qilinadi, buyum oynasiga qo‘yilib,
oyna yopiladi, yuzasi bo‘yicha teng taqsimlanadi.
•
Shaklli elementlar, silindrlar, tuz kristallarini sifat va
miqdoriy baholash uchun pasaytirilgan kondensir bilan avval
kichik kattalashtirgichda (okulyar x8), keyin kattasida (okulyar
x40) ko‘riladi.
•
Shaklli elementlarning topilgan ko‘ruv maydonida
miqdorining oshishi natijani ifodalaydi. Siydik cho‘kmasi
elementlari mikroskop ostida ko‘rilganda noorganik (turli tuzlar),
organik (keton elementlari va silindrlar)ga bo‘linadi.
Eritrotsitlar – ikki konturli katta bo‘lmagan yetilmagan oval
hujayralardir. O‘zgarmagan (gemoglobin tarkibli) va o‘zgargan
(erkin gemoglobindan, rangsiz, bo‘kkan, fragmentirlangan) bo‘lishi
mumkin bunday eritrotsitlar siydikda kichik nisbiy zichlikda bo‘ladi.
Siydikda yuqori nisbiy zichlikdagi eritrotsitlar bujmayib qoladi.
Gematuriya (haematuria) – siydikda eritrotsitlaming paydo
bo‘lishi. Mikrogematuriya ajratiladi, mikroskopik ko‘rinadi (siydik
rangi o‘zgarmaydi):
•
kuchsiz ifodalangan (ko‘ruv maydonida 20 tagacha eritrotsitlar);
•
o‘rtacha ifodalangan (ko‘ruv maydonida 20–200 eritrotsitlar);
•
makrogematuriya, qaysiki siydikda sezilarli qon aralashgan
bo‘lsa va rangi o‘zgarsa (qizg‘ish yoki jigarrang) - ko‘ruv
maydonida 200 dan ko‘p eritrotsitlar bo‘lishi.
Gematuriya glomerulyar quyidagilar bo‘lishi mumkin(buyrak
yoki renal):
33
•
glomerulonefrit, pielonefrit;
•
o‘tkir buyrak yetishmovchiligida;
•
o‘sma, travma, infarkt, buyrak tuberkulezi;
•
dorilar (sulfanilamidlar, antibiotiklar: penitsillinlar,
aminoglikozidlar; analgetiklar; rentgenkontrast moddalar;
antikoagulyantlar; aspirin, indometatsin);
•
siydik yo‘llari travmasi, siydik-tosh kasalligida;
•
siydik yo‘llari onkologik kasalliklarida;
•
sistit, prostatit, uretrit, pielit.
Gematuriyani orientirlangan qiyosiy tashxislash uchun
uch stakanli sinama yordam beradi. Bemor siydik pufagini
bo‘shatganda siydikni 3 stakanga ketma-ket ajratadi. Siydik
ajratish kanalidan qon ketganda 1-porsiyada, siydik pufagidan
qon ketganda oxirgi porsiyada gematuriya ko‘proq. Yuqori siydik
yo‘llaridan qon ketganda eritrotsitlar barcha 3 ta porsiyalarda bir
xil taqsimlanadi.
Leykotsitlar. Erkaklarda 0–3 ko‘ruv maydonida, ayollarda 0–6
ko‘ruv maydonida bo‘ladi. Leykotsitlar – katta bo‘lmagan yaltiroq
dumaloq shakldagi hujayralar, eritrotsitlardan 1,5–2 marta kattaroq,
ularning yadrosi ko‘pincha ko‘rinmaydi.
Leykotsituriya (leucocyturia) – siydikda leykotsitlar
miqdorining oshishi, siydik yo‘llari va buyraklaming yallig‘lanish
jarayonlaridan darak beradi:
•
nefritlar (pielonefrit, interstitsial nefrit, yugurigli nefrit);
•
o‘tkir va surunkali glomerulonefritlar (limfotsituriya);
•
uretritlar, prostatitlar, sistitlar, pielitlar;
•
nefrozlar, nefrosklerozlar;
•
buyrak tuberkulezi;
•
isitmalash, intensiv fizik zo‘riqishlar;
•
toksik ta’sirlar va dori moddalar (antibiotiklar: penitsillinlar,
aminoglikozidlar; temir preparatlari; rentgenkontrast moddalar).
Agar ko‘ruv maydonida leykotsitlar miqdori 60 tadan oshsa
piuriya (pyuria) haqida gapiriladi.
34
Sog‘lom odam siydigida leykotsitlar asosan neytrofillar
hisobiga bo‘ladi. Bir qancha patologik holatlarda leykotsitlarning
tashqiko‘rinishi o‘zgarishi mumkin. Nefrotik sindromda uni o‘lchami
kichiklashadi, pardasi qalinlashadi. Pielonefritda leykotsitlar hajmi
kattalashadi (bazan 2–3 marta), rangpar, ingichkalashgan, pardasi
g‘adir-budir bo‘ladi. Sistitda leykotsitlar deformatsiyalanadi,
konturlari va donadorligi noaniq. Eozinofilli granulotsitlar siydikda
surunkali pielonefritda, maxsus (tuberkulezli) va nomaxsus
xarakterda, yana allergik pielonefrit va pielotsistitda uchraydi.
Epitelial hujayralar. Mikroskopda kо ‘ruv maydonida preparatda
buyrak 1–2 ta, о ‘tuvchi 0–3 ta. Mikroskopik tekshirilganda siydik
qoldig1 ida yassi, o‘tuvchi va buyrak epiteliy xujayralari uchrashi
mumkin. Yassi epiteliy xujayralari dumaloq shaklda, katta hajmda,
rangsiz, katta bo‘lmagan yadroli. Siydikka tashqi jinsiy organlardan
va siydik chiqarish kanalidan tushadi. Asosiy diagnostik ahamiyati
yo‘q. Erkaklarda asosan uretrani yallig‘lanishida uchraydi. O‘tuvchi
epiteliy hujayralari siydik ajratish yo‘llari shilliq qavatlarini
qoplagan: siydik pufagi, siydik yo‘li, buyrak jomida.Siydikda bu
hujayralar har xil shaklda (poligonal, dumli, silindrik, dumaloq)
va kattalikda (lekin yassi epiteliydan kichikroq), yetarlicha yirik
yadroli bo‘lishi mumkin.
Buyrak epiteliy hujayralari – buyrak kanallarining prizmatik
epiteliylari oval shaklli hujayralar ko‘rinishida, yadrosi ekssentrik
joylashgan va yirik donador bo‘ladi. Ko‘pincha buyrak epiteliy
hujayralari gialin silindrlarida joylashadi, ko‘p miqdorda buyrak
epiteliylari paydo bo‘lishi quyidagilarda bo‘ladi:
•
o‘tkir va surunkali buyrak kasalliklarida (o‘tkir va surunkali
nefrit, amiloidoz);
•
isitma holatlarida;
•
intoksikatsiya;
•
infeksion kasalliklarda.
Silindrlar (cylindrus) oqsil yoki kanalchalardan kelib chiqqan
hujayraviy hosilalardan tashkil topgan, ular silindrik va har xil
35
o‘lchamda bo‘ladi. Silindrlarning oqsilli asosi Tamm-Xorsfoll (T-
X) uroproteindan tashkil topgan, ularda albuminlar tarkibi 50 marta
yuqori. Oqsil T-Xni buyrak kanalchalarining distal epiteliylarida
ishlab chiqariladi, ular tashqi membranani qoplaydi, suv tuzlar
reabsorbsiyasida ishtirok etadi. Katta miqdorda albumin yoki
gemoglobin, mioglobin, Bens-Djons oqsili, kalsiy ionlarining birlamchi
siydikda ortiqcha bo‘lishi yoki buyrakda qon oqimining pasayishi T-X
oqsil agregatsiyasiga yordam berib, silindr hosil bo‘lishiga olib keladi.
Toza oqsilli (gialin, mumsimon) va hujayraviy silindrlar ajratiladi.
Gialin silindrlar – nozik konturli va silliq, yuzasi biroz donador
oqsilli hosilalar hisoblanadi.
Gialin silindrlar quyidagi holatlarda uchraydi:
•
sog‘lom odamda degidratatsiyada (kuchli jismoniy
zo‘riqishda, issiq iqlimda ishlaganda) to‘satdan siydik pH tushganda
va nisbiy zichligi ortganda;
•
barcha buyrak kasalliklarida, koptokchali proteinuriyada
(glomerulonefrit, infeksion va allergik faktorlar ta’sirida, yurak
faoliyati dekompensatsiyasida);
•
homiladorlar nefropatiyasida;
•
isitma chiqqanda;
•
og‘ir metal tuzlari bilan zaharlanganda.
Mumsimon silindrlar. Konturlari aniq, gomogen strukturali,
sariq rangli bo‘ladi. Quyidagilarda xarakterli:
•
har xil genezli nefrotik sindrom;
•
amiloidoz;
•
epitelial kanallarning surunkali shikastlanishi;
•
hujayraviy silindrlarda (epitelial, eritrotsitar va leykotsitar)
eritrotsit, leykotsit, epiteliylar yopishib qolgan oqsil asoslari bilan
qoplangan.
Epitelial silindrlar uchraydi:
•
glomerulonefrit;
•
amiloidoz;
•
og‘ir metallar, salitsilatlar, etilenglikol bilan zaharlanishlarda.
36
Eritrotsitar silindrlar uchraydi:
•
buyrak genezli gematuriyada (glomerulonefrit, buyrak
infarkti, buyrak venasi trombozi).
Leykotsitar silindrlar xarakterli:
•
Buyrak genezli leykotsituriyada (pielonefrit, yugurigli nefrit).
Donador silindrlar. Konturlari aniq bo‘lib, qattiq donador mas-
sadan tashkil topgan. Parchalangan eritrotsitlar, leykotsitlar yoki hu-
jayra epiteliylaridan tashkil topgan va quyidagi holatlarda uchraydi:
•
kanalchalarning og‘ir degenerativ zararlanishida;
•
nefrotik sindromda;
•
pielonefritda.
Biroq og‘ir buyrak jarayonlarida va yaqqol silindruriya orasida
aniq bog‘liqlik kuzatilmaydi.
Bakteriya 1 mlda 50 000 dan kо‘p emas.
Bakteriuriya:
• 1 ml siydikda 50 000 dan ko‘p mikrob hujayralarining bo‘lishi
yallig‘lanish jarayoni borligini ko‘rsatadi.
Mikrob tanachalari miqdorini hajmiy birlikda hisoblash va
siydikni ekish bilan uroseptik va antibiotiklarga mikroflorani
sezuvchanligini aniqlash ko‘proq ma’lumot beradi.
Sil mikobakteriyalari buyrak silida siydik cho‘kmasida aniqlanadi.
Lipidlar siydik cho‘kmasida surunkali nefrit bilan nefrotik
sindromda, diabetda, pielonefritda, xiluriyada kuzatiladi.
Zambrug‘lar. Candida avlodi zambrug‘i – kandidomikoz qo‘zg‘atuv-
chisini aniqlash ko‘proq ahamiyatli. Ular antibiotiklarni uzoq qabul qil-
gandan keyin siydikda ko‘p miqdorda paydo bo‘lishi mumkin.
Noorganik siydik cho‘kmasi amorf va kristal holatdagi tuzlardan
tashkil topgan tuzlar xarakteri siydikning kolloid holatiga, pH va
boshqa tarkibiy qismlariga bog‘liq.
Siydikdagi kislotali reaksiyada aniqlanadi: siydik kislotasi
(rombik kristallar, sariq-jigarrang tusda bo‘lganda) va uratlar
(mayda qo‘ng‘ir rangli donachalar).
Siydikning ishqoriy reaksiyasida aniqladi: tripel fosfatlar, amorf
fosfatlar, ammoniy siydik kislotali, kalsiy karbonatlar.
|