9
•
Tekshiruvlar o‘tkaziladigan ish joyi tartibli saqlanishi kerak.
Stol ustida keraksiz buyumlar bo‘lmasligi, baland probirkalar ag‘darilib
ketmasligi uchun qo‘llardan uzoqroq joylashishi, dezinfeksion
konteynerlar tahlil qilinayotgan joyga yaqinroq joylashtirilishi kerak.
•
Elektrik asbob-uskunalar yerlatilishi kerak. Bu bilan nafaqat
foydalanish xavfsizligi ta’minlanadi, balki o‘lchov uskunalarining
aniqligiga ta’sir qiluvchi to‘siqlar ham istisno etiladi.
Shaxsiy gigiyena bo‘yicha tavsiyalar:
•
Ish vaqtida zargarlik taqinchoqlar (uzuklar) taqish taqiqlanadi.
•
Biologik material va kimyoviy reaktivlar bilan ishlagandan
keyin qo‘llarni diqqat bilan yuvish shart! Qo‘llarda kesilgan yoki
boshqa yaralar bo‘lsa, shikastlangan joyga bog‘lam qo‘yiladi.
•
Tekshiruvlar o‘tkaziladigan xonalarda ovqatlanish, bo‘ya-
nish va ish jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan boshqa muolajalar bilan
shug‘ullanish taqiqlanadi.
•
Ximikatlar va tekshiruvlar uchun namunalar saqlanadigan
muzlatgichlarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qat’iyan
taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: