U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Qinning tozalik darajasini aniqlash



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Qinning tozalik darajasini aniqlash
Qindan olingan surtmani Gram usuli bilan bo‘yab, immcn 
sistemada tekshirilganida quyidagilami ko‘rish mumkin: 1) yassi 
epiteliy (har xil shakldagi katta hujayra), bitta yadrosi bor, pushti, 
binafsharangga bo‘yaladi; 2) leykotsit (yumaloq, katta bo‘lmagan 
hujayra) yadrosi yumaloq yoki bo‘g‘inli bo‘lib, to‘q bo‘yaladi, 
protoplazmasi sust bo‘yaladi; 3) Diderleyn tayoqchasi – katta, 
yo‘g‘on tayoqcha bo‘lib, Gram usulida bo‘yaladi; 4) Comma 
Varibelli- kichik, bir uchi bukilgan. Gram usulida bo‘yalmaydi; 5) 
stafilokokklar, streptokokklar va boshqa mikroorganizmlar uchraydi.
Qinning I tozalik darajasida surtmada Diderleyn tayoqchasining 
toza kulturasi va 1-2 yassi epiteliy uchraydi.
Qinning II tozalik darajasida qin tayoqchasi, biroz yassi epiteliy, 
Comma Varibelli va 1-2 ta leykotsit uchrashi mumkin.
Qinning III tozalik darajasida Diderleyn tayoqchasi to‘la 
yo‘qoladi, yiring florasi uchraydi, leykotsitlar ko‘payadi.


128
Qinning IV tozalik darajasida Diderleyn tayoqchasi topilmaydi, 
leykotsitlar ko‘payadi, stafilokokklar, streptokokklar, gonokokklar 
va trixomonadalarni topish mumkin.
So‘zak kasalligini chaqiruvchi mikrooiganizmni 1879-yilda 
nemis olimi Albert Lyudvig Neysser topgan. Gonokokklar, 
asosan, silindrsimon epiteliy bilan qoplangan shilliq pardalarda 
parazitlik qiladi. Ular kofe donasiga o‘xshash bo‘lib, juft kokkdir. 
Gonokokklar leykotsitlaming protoplazmasiga joylashadi. Ularning 
miqdori bitta leykotsit ichida 20-30 va undan ortiq bo‘lishi mumkin. 
Gonokokklar gr (-) kokkdir. Bu kasallik jinsiy aloqa yo‘li bilan 
yuqib, erkaklarda uretrani, prostata bezi va urug‘ pufakchasini 
zararlaydi. Ayollarda esa kasallik oldin yashirin o‘tadi, so‘ngra 
bartolin bezini, qinni, uretrani, bachadon bo‘yni, shilliq qavatlarni 
zararlaydi. Ba’zan to‘g‘ri ichak, bolalarning esa ko‘z konyuktivasini 
zararlaydi. Erkaklarda so‘zakni tekshirish uchun ertalab, barvaqt 
siydik ajratishdan oldin uretra suyuqligidan olinadi. Agar siydik 
kam ajralgan bo‘lsa, uretraning orqa devorini bosish kerak yoki 
prostata bezi uqalanib, ajralgan siydikdan surtma tayyorlanadi. Yar 
doim 2 ta surtma tayyorlanadi va 2 ta usulda bo‘yaladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin