Vaginal yoki uretral surtmani Gram usulida bo‘yash A. Zaruriy materiallar: alangada qotirilgan surtma; surtmalarni
bo‘yash uchun taglik, soat, pinset, yuvishga ishlatiladigan suv quyil-
gan shisha idish; spirt lampasi, 0,2 % li kristallviolet (yoki 0,5 % li
gensianviolet) eritmasi, Lyugol eritmasi; 90–95 % li etil spirt; safronin
(yoki 0,2 % li neytralrot); bo‘yalgan surtmalarni quritish uchun shtativ.
B. Ishning borishi:
1. Qotirilgan surtma bo‘yash uchun ishlatiladigan taglikka qo‘yiladi.
2. Surtmaga kristallviolet tushirilib, surtma 1 daqiqa davomida
bo‘yaladi.
3. Suv quyib yuviladi va suv yuqlari silkitib tushirib yuboriladi.
4. Surtmaga Lyugol eritmasi tushirilib, surtma 1 daqiqa
davomida bo‘yaladi.
5. Suv quyib yuviladi va suv yuqlari silkitib tushirib yuboriladi.
6. Surtma ustiga 90–95 % li etil spirti quyilib, 30 soniya qoldiriladi.
7. Suv quyib yuviladi va suv yuqlari silkitib tushirib yuboriladi.
8. Surtmaga safronin tushiriladi va 30–60 soniya davomida
surtma yana bo‘yaladi.
9. Surtma suv quyib yuviladi, suv yuqlari tushirib yuboriladi
va bo‘yalgan surtmalarni quritish uchun mo‘ljallangan shtativga
qo‘yib, uy haroratida quritib olinadi.
10. Mikroskopda tekshirishdan oldin surtma batamom qurigan
bo‘lishi kerak.
Nazorat savollari 1. Tanosil kasalliklari haqida nimalarni bilasiz?
2. Tanosil kasalliklarini oldini olish bo‘yicha olib boriladigan
profilaktik ishlarni olib borish holati qanday bo‘ladi?
3. Qinning tozalik darajasini aytib bering.
4. Jinsiy a’zolar ajratmalarini tekshirishning diagnostik
ahamiyatini tushuntiring.
5. Rangsiz spiroxetani miroskopda ko‘rish texnikasini tushuntiring.
6. Urug‘ suyuqligi morfologiyasini aytib bering.
7. Urug‘ suyuqligini tekshrishni aytib bering.