U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

1. Gram usulida bo‘yash. 
Yupqa qilib tayyorlangan surtma, 
o‘sha material olingan asbob yordamida tayyorlanadi. Gram 
usulida bo‘yalgan gonokokklar diplokokklardan yaxshi ajratiladi. 
Ish quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Gensian violetda 1-2 daqiqa bo‘yaladi.
2. Suv bilan yuviladi.
3. Lyugolda 1-2 daqiqa bo‘yaladi.
4. Lyugol to‘kilib, ustiga 96° li spirt tomiziladi va 30 soniya 
rangsizlantiriladi.
5. Suv bilan yuviladi.
6. Fuksin eozin bilan 3 daqiqa bo‘yaladi.
2. Metil sinka yoki Lyofler sinkasi bilan bo‘yash. 
Ikkala usulda 
bo‘yalishiga sabab, eski yoki qari gonokokklar bo‘yoqni yomon 
qabul qiladi, yosh floralari esa metil sinkani yaxshi qabul qiladi.


129
U yirik bo‘lib, yarasi kichik va tez bo‘yaladi, protoplazmasi 
sust bo‘yaladi. Organizmning normal funksiyasida ko‘p uchraydi.
1. Oraliq hujayralar yirik, noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lib, yadrosi 
kattaroqligi bilan farq qiladi. Bu hayz davrida uchraydi.
2. Bazal yoki atrofik hujayralar hajmi kichik, yadrosi 
boshqalarga qaraganda kattaroq, tuxumdon funksiyasi pasayganda 
turli miqdorda uchraydi.
Vaginal ajralmadan nam preparat tayyorlash
A. 
Zaruriy reaktiv va jihozlar:
natriy xloridning fiziologik 
eritmasi; 10% li kaliy gidroksid (KOH); vaginal ajralmaning paxta 
tampondagi yangi namunasi; toza buyum oynasi; mumqalam; 
qoplagich oyna.
B. Tayyorlash texnikasi:
1. Buyum oynasining pastki tomoniga mumqalam bilan belgi 
qo‘yiladi.
2. Tampondagi ajralmani buyum oynasiga ohista surkab, yangi 
fiziologik eritmadan bir tomchi qo‘shiladi.
3. Achitqi zamburug‘larini aniqlash uchun fiziologik eritma 
o‘rniga 10% li kaliy gidroksid eritmasini tomizish mumkin.
4. Tayyorlangan preparat haddan tashqari qalin emasligiga 
ishonch hosil qilinadi.
5. Ustiga qoplagich oyna yopiladi.
6. Preparat tayyorlanganidan keyin darhol mikroskopda 
tekshirib ko‘riladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin