U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   253
os

Daraxt topologiyasi 
Daraxtsimon topologiya - bir nechta yulduz topologiyalarining 
kombinatsiyasi hisoblanadi. Ushbu topologiya passiv yoki faol 
kommutatorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulashni ta’minlaydi. Daraxt har bir 
yuqori darajadagi tugunni yulduzlarning birlashmasidan tashkil 
etuvchi, past darajadagi yulduz shaklidagi tugunlar bilan bog‘langan 
tarmoqlarning topologiyasi. Bundan tashqari, daraxt ierarxik yulduz 
deb ham ataladi. Daraxt nomi grafik nazariyasidan kelib chiqqan. 
Daraxtning birinchi tuguni ildiz deb ataladi. Daraxtlar faol va passiv 
bo‘lishi mumkin. Faol daraxtlarda kompyuterlar tugun sifatida 
ishlatiladi, passiv daraxtlar esa kommutatorlarda ishlatiladi. 
Topologiya ko‘pincha mahalliy tarmoqlarni kichik hajmdagi 
qurilmalar bilan o‘rnatish uchun asosan korporativ kommutatorlarni 
yaratishda ishlatiladi. Daraxtsimon topologiya katta tarmoq bo‘lgani 
uchun, barcha kompyuterlar tarmoqqa yaxshi kirish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Bu, aslida, bir nechta kompyuterni bitta daraxtga ulashning 
eng samarali usuli hisoblanadi.


214 
6.4- rasm. Daraxt topologiyasi asosida ulangan tarmoq 
6.3. Ma’lumotlar kommutatsiyasi va marshrutlash mexanizmi 
Telekommunikatsiya tarmog‘i klassifikatsiyasi 
Telekommunikatsiya tarmog‘i bir nechta parametrlar bo‘yicha 
toifalanishi mumkin. 
Tarmoq hajmi bo‘yicha: 

Lokal tarmoqlar (
Local Area Network, LAN
) – tarmoq binosi 
yoki tashkilot; 

Hududiy tarmoq (
Metropolitan Area Network, MAN
) – 
shahar va milliy darajadagi tarmoq; 

Global tarmoq (
Wide Area Network, WAN
) – o‘n minglab va 
yuz minglab kompyuterlarni o‘z ichiga olgan va katta hududlarni 
qamrab olgan tarmoq; 
Kommutatsiya turi bo‘yicha: 

Paketlikommutatsiyaasosidagitarmoq 
(masalan, 
TCP/IP, 
IPX/SPX, ATM, 3Gmobilaloqatarmog‘i); 

Kanallar kommutatsiyasi asosidagi tarmoq (1G va 2G mobil 
aloqa tarmog‘i, UfTT); 

Aralash turdagi tarmoq (masalan, 2,5G mobil aloqa 
tarmog‘i). 
Virtual kanallarni o‘rnatish bo‘yicha: 

Virtual kanallarni o‘rnatishli (masalan, X.25, Frame Relay
ATM tarmog‘i UfTT); 

Virtual kanal o‘rnatishsiz bog‘lanish (masalan, TCP/IP, 
IPX/SPX); 

Protokol stekidan foydalanish bo‘yicha. 
Tarmoq orqali aloqani tashkil etish muammosi 
Aloqa tarmog‘ini loyihalashda quyidagi asosiy muammolarni hal 
qilish kerak: 

Nomlash va ruhsat. Ikki jarayon aloqa uchun bir-birini 
qanday topadi?

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin