83
jarayon uni 4- jarayon (1- jarayon emas) bo‘shatganidan keyin olishi
mumkin.
2.29- rasm. Siklli, lekin berkliksiz resurslarni taqsimlash grafiga misol
Shunday qilib, quyidagi mulohazani aytish mumkin. Agar
resurslarni taqsimlash grafi sikllarga ega bo‘lmasa, u holda tizimda
berkliklar mavjud emas. Agar resurslarni taqsimlash grafi sikllarga
ega bo‘lsa, u holda quyidagi ikkita hollar bo‘lishi mumkin:
1. Agar har bir turdagi resurslar faqat bittadan bo‘lsa, u holda
berklik o‘z o‘rniga ega bo‘ladi;
2. Agar resurslar bir necha nusxalarda bo‘lsa, u holda berklik
bo‘lishi mumkin.
Berkliklarga ishlov berish usullari
Nazariy jihatdan quyidagi berkliklarga ishlov berish usullari
bo‘lishi mumkin:
Tizim hech qachon berklik holatiga kirmasligiga amin
bo‘ling;
Tizim berklik holatiga kirishi mumkinligini olish, lekin
berklikdan keyin qayta tiklanish imkoniyatini ko‘zda tutish.
Afsuski, amalda ko‘plab OTlarda (shu jumladan, UNIXda)
berkliklar bilan kurashishning uchinchi “usuli” ham ishlatiladi.
Berkliklar muammosi inkor qilinadi, lekin OT mualliflari hech bir
asoslarsiz tizimda berkliklar mumkin emasligiga da’vo qilishadi.
J
1
J
2
J
3
J
4
Dostları ilə paylaş: