111
3.11- rasm. Siqishdan oldingi xotiradagi bo‘linish
3.12- rasm. Siqishdan keyingi xotira
Masalan, kattaligi ikkita sahifaga qadar bo‘lgan. Xotirani sahifali
tashkil etish ushbu ma’ruzada keyinchalik batafsil muhokama qilinadi.
O‘zgaruvchan qismli sxemalar
Bundan oldingi ko‘rib chiqilgan xotirani taqsimlash sxemalarida
(belgilangan qismlar va dinamik qismlar)
mavjud muammolarni
(bo‘linishlarni oldini olish uchun) yechimi o‘zgaruvchan dinamik
qismlarni ishlab chiqish edi.
Qoida bo‘yicha svoping (almashtirish) tizimi belgilangan
qismlarga asoslanishi mumkin. Ammo dinamik taqsimlash yoki
o‘zgaruvchi qismli sxemalar samarali hisoblanadi. Chunki ular hamma
jarayonlar to‘liq
ravishda xotirada joylashganda, yani svoping
bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
Bu holda, boshida xotira butunlay bo‘sh va oldindan qismlarga
bo‘lingan bo‘lmaydi. Yangi ishga tushirilayotgan vazifaga qat’iy
ravishda kerakli xotiraning o‘zi ajratiladi (undan ko‘p emas). Jarayon
chiqarilgandan so‘ng, xotira vaqtincha bo‘shatiladi. Bir qancha vaqt
o‘tgandan so‘ng xotira turli o‘lchamdagi o‘zgaruvchan
sonli
qismlardan iborat bo‘lib qoladi. Yonma-yon bo‘lgan bo‘sh joylar
birlashtirilishi mumkin.
Ushbu xotirani taqsimlash sxemasi yordamida xotira menejeri
barcha bo‘sh bloklarni bir joyga to‘plash va bir xotira blokini
yetarlicha katta qilish (kirishni kutayotgan ba’zi
yoki barcha
112
vazifalarni joylashtirish uchun) va ularni siqish uchun dasturlarni
o‘zgartiradi. Xotirani siqish operatsion tizim tomonidan xotira
maydonining
bo‘lingan
(fragmentatsiya)
qismlarini
tiklash
(defragmentatsiya) uchun amalga oshiriladi. Lekin bu oson ish emas.
Birinchidan, xotiradagi har bir dastur bir-biriga qo‘shni bo‘lishi uchun
ko‘chirilishi kerak, so‘ngra har bir manzil va har bir dasturdagi
manzilga bog‘lanish, dasturning xotirada
yangi joylashishini hisobga
olgan holda sozlanishi kerak.
3.13- rasm. O‘zgaruvchan qismli sxemaga misol
Dastlabki 10 Kb xotirani egallaydigan, operatsion tizimni
xotirani siqishdan oldingi va keyingi uchta rasmi. 6-vazifa uchun 84
Kb kerak bo‘lsa, (a) tashqi bo‘linishdagi dastlabki xotira tuzilishi 96
Kbni tashkil qiladi. Siqishdan so‘ng (b) darhol tashqi bo‘linish
bartaraf etildi, bu esa 6-vazifa uchun joy yaratishga imkon berdi,
yuklangandan keyin (c) da ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: