128
IVBOB. KOMPYUTER TASHQI QURILMALARINI
BOSHQARISH
Operatsion tizim jarayonlar, xotira, fayllarniboshqarishdan
tashqari kompyuterga ulangan barcha kiritish/chiqarish (K/Ch)
qurilmalarini boshqarishni ham ta’minlashi kerak. OTning asosiy
vazifalaridan biri dasturlar va kompyuter yordamchi (periferik)
qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlashdir. Aslida,
ushbu vazifani bajarish uchun operatsion tizimlarning prototiplari
bo‘lib xizmat qiladigan birinchi tizim dasturlari ishlab chiqilgan.
Zamonaviy OT larda yordamchi qurilmalar bilan ma’lumot almashish
funksiyalari kiritish/chiqarish quyi tizimi tomonidan amalga
oshiriladi. Ushbu quyi tizimning mijozlari nafaqat foydalanuvchilar va
ilovalar, balki tizim ma’lumotlarini olishlari yoki ularni namoyish
qilishlari kerak bo‘lgan OTning ba’zi komponentlari, masalan,
jarayonni boshqarish quyi tizimi, faol jarayonni o‘zgartirganda,
to‘xtatilgan jarayonning kontekstini diskka yozishi va diskdan ishga
tushurilgan jarayonning kontekstini o‘qishi kerak. Kiritish/chiqarish
qurilmalarining asosiy komponentlari tashqi qurilmalarni va fayl
tizimini boshqaradigan drayverlardir.
Dostları ilə paylaş: