160
Mazkur OT tomonidan qo‘llab-quvvatlashga imkoni bor
yordamchi (periferik) qurilmalar doimo OT boshqaradigan aniq
mashinada o‘rnatiladigan qurilmalar to‘plamidan sezilarli darajada
kengroq bo‘ladi. Shuning uchun OT qimmatli xususiyati, ya’ni
operativ xotiraga kerakli drayverni dinamik ravishda yuklash (OT
to‘xtamagan holda) va mazkur qurilmani qo‘llab-quvvatlash ehtiyoji
qolmagandan keyin uni tizimdan chiqarish, xotira tizimi maydonini
sezilarli darajada tejashi mumkin. Drayverlarni dinamik yuklashni
qo‘llab-quvvatlash deyarli barcha zamonaviy universal operatsion
tizimlarga qo‘yilgan talab hisoblanadi. Kompyuterning tashqi
qurilmalarning joriy konfiguratsiyasi o‘zgargan holda drayverlarni
dinamik yuklashning muqobil yo‘li deb, kerakli drayverlar to‘plami
joylashgan yadro kodini qayta kompilyatsiya qilish hisoblanadi.
Bunda yadroning barcha qismlari o‘rtasida statik bog‘lanishlar o‘rniga
dinamik bog‘lanishlar yaratiladi. Masalan, shunday yo‘l bilan mazkur
muammo Unix operatsion tizimining avvalgi versiyalarda hal etilgan.
Yadro va drayverlar o‘rtasidagi statik bog‘lanishlar OT tuzilmasini
soddalashtiradi, lekin bu yondashuv operatsion tizim modullari
boshlang‘ich kodlarini mavjudligini talab qiladi; ulardan foydalanish
esa ko‘pincha mustasno (Unix/Linux ning notijorat versiyalari uchun)
emas, balki qoidadir. Shuningdek, bu variantda operatsion tizimning
avvalgi ishlab turgan versiyasini to‘xtatish va uni yangi bilan
almashtirish kerak, OT ishlashidagi tanaffuslar ayrim hollarda yo‘l
qo‘yilmasligi mumkin.
Dostları ilə paylaş: