182
o‘zgartirishni talab qilmaydigan alohida kichkina boshga ega bo‘ladi
va buning hisobiga ma’lumotlarni izlashga sarflanadigan vaqt tejaladi.
5.2- rasm. Qattiq disk qurilmasining sxemasi
Plastinaning yuqa qismidagi bitta radiusidagi yo‘lak majmui
silindr (cylinder) deb ataladi. Har bir yo‘lak sektor yoki blok deb
ataladigan fragmentlarga (qismlarga) bo‘linadi. Barcha yo‘laklar
sektorlar soni bilan teng bo‘ladi. Sektor
ikkilik darajasi bilan
ifodalanadigan aniq bir tizim hajmi uchun belgilangan bo‘ladi.
Ko‘pincha sektorning hajmi 512 baytdan iborat bo‘ladi. Turli xil
radiusli yo‘laklar bir xil sektor miqdoriga ega bo‘ladi. Markazga yaqin
yo‘lakka nisbatan uzoqrog‘iga yozish zichroq bo‘ladi (markazga yaqin
yo‘laklarning hajmi kichikroq bo‘ladi).
Kerakli sektorni diskdan izlashda unga sektorning barcha tashkil
etuvchilarini berish kerak bo‘ladi:
silindr raqami;
yuzasi raqami;
yo‘lak sektor raqami.
Sektor – tezkor xotira bilan disk qurilmasi ma’lumotlar
almashadigan qisqa manzil. Bu dastur diskdan faqat bitta baytni
o‘qishni talab etsa, butun bir sektor o‘qiladi va kerakli ma’lumotni
tanlash uchun tizimga uzatishini bildiradi. Amaliy dastur sektorlarda
emas baytlarda
operatsiyani bajaradi, shu sababli talab etilayotgan
ma’lumot sektori qisqa hajmini ko‘rsatish shart bo‘lmaydi, u holda
so‘rov zarur axborotlarni o‘z ichiga olgan bir nechta sektorlarni va
183
talab qilinyotgan ortiqcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bir yoki
ikkita sektorni o‘qishni o‘z ichiga oladi.
Operatsion tizim disk bilan ishlaganda
klaster deb ataladigan
diskdagi yagona joydan foydalanadi. OT faylni yaratish yordamida
uning uchun diskdan joy so‘raydi. Masalan, agar fayl 2560 hajmli
joyga ega bo‘lsa, fayl tizimida klaster hajmi esa 1024 bilan
belgilangan bo‘lsa, u holda fayl diskni 3 ta klasterga ajratadi.
Klaster – diskga xotirani taqsimlash orqali fayl tizimi
operatsiyalarini bajaradigan eng kam miqdorli disk joyi. Yo‘laklar va
sektorlar fizik yoki past pog‘ona, diskni
formatlash protseduralarini
bajarish natijasida yaratiladi. Diskda belgilangan blok chegarasi uchun
identifikatsiyalangan axborotlar yoziladi. Past pog‘ona disk shakli
ushbu disk foydalaniladigan operatsion tizimga bog‘liq emas.
Aniq bir fayl tizimi uchun disk belgisi yuqori pog‘ona yoki
mantiqiy formatlash (shakllantirish) protseduralarida bajariladi.
Yuqori pog‘onada shakllantirish klaster o‘lchamini begilab beradi va
diskga fayl tizimi bilan ishlashda zarur bo‘ladigan axborotlarni
yozadi, ya’ni kirishga ruhsat berilgan yoki foydalanilmaydigan
to‘g‘risida, fayl va kataloglarni ajratilish hududi chegarasi to‘g‘risida,
hududlardagi shikastlanishlar to‘g‘risida axborotlar.
Bundan tashqari
operatsion tizimga yuklovchini, ya’ni kompyuter reestri yoki manba
ulangandan so‘ng operatsion tizimga initsializatsiyalash jarayonini
boshlab beradigan uncha katta bo‘lmagan dasturni yozadi.
Ma’lum bir fayl tizimidagi diskni formatlashga nisbatan uni
qismlarga ajratish mumkin. Qism - operatsion
tizim foydalanuvchiga
mantiqiy qurilma sifatida taqdim etadigan fizik diskning uzluksiz
qismi.
Mantiqiy vosita aynan foydalanuvchi bilan birga ishlaydi, unga
nomlari bo‘yicha murojaat etadi, masalan, A, V, S, SYS va boshqalar.
Turli turdagi operatsion tizimlar ularning barchasi uchun yagona
qismlar to‘g‘risidagi tushunchadan foydalanadilar,
lekin har bir OT
turi uchun maxsuslashtirilgan uning mantiqiy vositasi asosida
yaratadi. Har bir mantiqiy vosita faqat bitta fayl tizimini yaratishi
mumkin.
Ushbu fizik diskdagi turli xil mantiqiy vositalar shu va turli xil
turdagi fayl tizimlarida joylashadi. 5.3- rasmda ikkita fayl tizimi
o‘rnatilgan NTFS (C va E qismlar) va bitta FAT (D qism) fayl tizimi
o‘rnatilgan 3 qismga ajratilgan disk keltirilgan.
184
Operatsion tizim qismlarni turli xil holatlarini qo‘llab-
quvvatlashi mumkin, asosan operatsion tizim modelini yuklash uchun
foydalanilishi mumkin bo‘lgan qismlarni
qayd etadigan va faqat fayl
ma’lumotlarini saqlash va ilovalarni o‘rnatish mumkin bo‘lgan
bo‘limlarni tasvirlaydi. Diskning bo‘limlaridan biri faol bo‘ladi.
Aynan shu bo‘lim operatsion tizimni yuklovchi hisoblanadi.
5.3- rasm. Ikkita NTFS fayl tizimi va bitta FAT fayl tizimi o‘rnatilgan
3 qismga ajratilgan disk
Dostları ilə paylaş: