U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   253
os

MAC manzil 
Tarmoq bo‘ylab ma’lumotlarni uzatishda tarmoqqa ulangan har 
bir qurilmaning MAC manzilidan (fizik manzil deb ham nomlanadi) 
foydalaniladi. MAC manzil («Media Access Control» – qurilmaga 
kirishni boshqarish) ma’lumotlar uzatish tarmog‘i qurilmasining har 
bir tarmoq interfeysiga beriladigan noyob identifikator hisoblanadi. 
Har bir tarmoq qurilmasi o‘zining 6 bayt o‘lchamli MAC manziliga 
ega.
IEEE standartlari 4 qismga bo‘lingan 48 bitli MAC manzilni 
aniqlaydi (6.7- rasm).
6.7-rasm. MAC manzil tuzilishi 
Ular quyidagi vazifalar uchun mo‘ljallangan: 

birinchi bit qaysi kadr – yakka (0) yoki guruhli (1) manzillash 
uchun mo‘ljallanganligini bildiradi; 

ikkinchi bit MAC manzil global (0) yoki lokal (1) ma’muriy 
boshqariladigan ekanligini ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqaruvchi 
identifikatori 
Interfeys 
identifikatori 
48 bit 
22 bit 
24 bit 
1: mahalliy darajada boshqariladigan 
0: global darajada boshqariladigan 
1: guruhli 
0: yakka 


226 

22 bit - ishlab chiqaruvchining identifikatori hisoblanadi; 

24 bit - tarmoq qurilmasining har bir interfeysi uchun 
mustaqil ravishda ishlab chiqaruvchi tomonidan tanlanadi. 
Odatda, MAC manzil «-» yoki «:» belgisi bilan ikkitadan 
guruhga ajratilgan 12 ta o‘n olti xonali raqamlar ko‘rinishida yoziladi. 
Misol: 
000100001111000100001110001000111010001011010000 
10-F1-0E-23-A2-D0 yoki 10:F1:0E:23:A2:D0 
IP-manzil
 
Bugungi kunda IP (Internet Protocol) manzillarning ikki turi 
mavjud, ular IPv4 (Internet Protocol version 4) va IPv6 (Internet 
Protocol version 6). Bu protokol orqali nafaqat Internet tarmog‘i 
elementlarini 
manzillash, 
balki 
mahalliy 
tarmoqda 
ham 
foydalanuvchilarga noyob manzillarni berish mumkin. Manzillash 
orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq 
belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi.
IPv4 protokoli
. IP protokolining 4-versiyasida (IPv4) tarmoq 
manzili 32 bit uzunlikka ega. Mavjud bo‘lgan manzillar soni 2
32 
darajasini tashkil etadi. O‘qish qulay bo‘lishi uchun IPv4 tarmoq 
manzillari nuqtalar yordamida 4 baytga (oktetga) ajratiladi
shuningdek, IP-manzildagi har bir bayt o‘nlik sanoq tizimidagi sonlar 
bilan yoziladi. 
Misol: 
11000000 10101000 00001010 00000001 
11000000.10101000.00001010.00000001 
192.168.10.1 

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin