251
7.16- rasmda ushbu ikkita protokolning eng keng tarqalgan
vaziyatdagi holati ko‘rsatilgan (to‘rtinchi senariy).
7.16- rasm. POP3 va IMAP4
Post Office Protocol, version 3 – POP3
Post Office Protocol, version 3 (POP3) sodda va cheklangan.
Mijoz POP3 dasturi qabul qiluvchining kompyuteriga o‘rnatiladi;
server POP3 dasturi pochta serveriga o‘rnatilgan. Foydalanuvchi o‘z
elektron pochtasini pochta serveridagi pochta
qutisidan yuklab olishi
kerak bo‘lganda mijoz dasturining pochtaga kirishi orqali jarayon
boshlanadi. Mijoz TCP 110 portidagi serverga ulanishni ochadi. Keyin
pochta qutisiga kirish uchun foydalanuvchi nomi va parolini yuboradi.
Keyin foydalanuvchi pochta xabarlarini ketma-ket ro‘yxatlashi va
foydalanishi mumkin. 7.17- rasmda POP3 dan foydalanib pochta
xabarlarini yuklab olish misoli keltirilgan.
Mail Server
Mail Server
Internet
LAN/WAN
LAN/WAN
/
Aziza
Bobur
252
7.17- rasm. POP3 protokolimisoli
POP3 ikkita rejimga ega: o‘chirish va saqlash rejimlari. Ochirish
rejimida, har bir qabul qilishdan so‘ng,
pochta qutisidan xabar
o‘chiriladi. Saqlash rejimida pochta (xabar) qabul qilinganidan keyin
pochta qutisida qoladi. O‘chirish rejimi odatda foydalanuvchi doimiy
kompyuterida ishlayotganda foydalaniladi va o‘qigan yoki javob
bergandan so‘ng qabul qilingan xabarlarni
saqlash va tartiblashi
mumkin.
Odatda, foydalanuvchipochtasigaasosiykompyuteridan (masalan,
noutbuk) uzoqdakirganda, saqlashrejimidanfoydalaniladi. Pochta
o‘qiladi, lekin keyinchalik uni olish va tashkillashtirish uchun tizimda
saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: