U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   253
os

Bitta tarmoq 
Amaliyotda juda keng tarqalgan bo‘lmasa ham, ma’mur mijoz 
va serverni 7.18- rasmda ko‘rsatilgandek bir xil tarmoqqa 
joylashtirishi mumkin. 
Ushbu holatda operatsiyalar quyidagicha tavsiflanishi mumkin: 
1.
DHCP server 67- raqamli UDP portida passiv ochiq buyruq 
chiqaradi va mijozni kutadi. 
2.
Yuklangan mijoz 68-portda faol ochiq buyruq chiqaradi. 
Xabar 67-sonli port va 68-raqamli manba portidan foydalanib, UDP 
foydalanuvchi datagramiga kiritilgan. UDP foydalanuvchi datagrami 
o‘z navbatida, IP datagrammasida kapsullangan. O‘quvchi, o‘z IP 
manzilini (manbaa manzili) va serverning IP manzilini (belgilangan 
manzilni) bilmagan holda, qanday qilib mijoz IP datagramini 
yuborishi mumkinligini so‘rashi mumkin. Mijoz barcha 0 larni manba 
manzili sifatida va hamma 1 larni belgilangan manzil sifatida 
ishlatadi. 
7.18- rasm. Mijoz va server bir tarmoqda
DHCPMijoz 
Sozlamoq 
DHCPServe

DHCPSo‘rovi 
DHCPJavobi 
MIP SIP 
MP 
MP SP 
SIP MIP 
SP 
MP: Mijoz Port raqami 
SP: Server Port raqami 
MIP: Mijoz IP manzili 
SIP: Server IP manzili 


257 
3.
Server UDP manbasi 67- va 68- raqamli portlar yordamida 
translyatsiya yoki unicast xabar orqali javob beradi. Javob unicast 
bo‘lishi mumkin, chunki server mijozning IP manzilini biladi. 
Shuningdek, u mijozning fizik manzilini ham biladi, ya’ni manzili 
xaritalash uchun mantiqiy ARP xizmatlariga muhtoj emasligini 
anglatadi. Biroq, ba’zi tizimlar ARPni chetlab o‘tishga imkon 
bermaydi, natijada translyatsiya manzilidan foydalaniladi. 
Turli tarmoqlar 
Amaliy sathning boshqa jarayonlarida bo‘lgani kabi, mijoz bitta 
tarmoqda, server esa bir necha boshqa tarmoqlar bilan ajratilgan holda 
bo‘lishi mumkin. 7.19-rasmda vaziyat ko‘rsatilgan. 
Biroq, hal qilinishi kerak bo‘lgan bitta muammo mavjud. DHCP 
so‘rovi translyatsiya qilinadi, chunki mijoz serverning IP manzilini 
bilmaydi. Efirning (Broadcast) IP datagrami biron bir marshrutizator 
orqali o‘taolmaydi. Bunday paketni olgan marshrutizator uni rad etadi. 
Eslatib o‘tamiz, barcha 1 larning IP manzili cheklangan tarqatish 
manzili. 
Muammoni hal qilish uchun vositachiga ehtiyoj bor. Reley 
(retranslyator) sifatida hostlardan biri (yoki amaliy sathda ishlashga 
sozlanishi mumkin bo‘lgan marshrutizator) ishlatilishi mumkin. 
Bunday holatda host reley agenti deb ataladi. Reley agenti DHCP 
serverining unicast manzilini biladi va 67- portida eshitiladigan 
xabarlarni tinglaydi. Ushbu paketni qabul qilganda, xabarni unicast 
ma’lumotlar datagramiga singdiradi va so‘rovni DHCP serveriga 
yuboradi. Paketda bitta belgilangan manzilga ega paket har qanday 
marshrutizator tomonidan yo‘naltiriladi va DHCP serveriga yetib 
boradi. DHCP server xabarning reley agentidan (retranslyator) 
kelganligini biladi, chunki so‘rov xabaridagi maydonlardan biri 
retranslyator agentining IP manzilini belgilaydi. Releyagenti javobni 
olgandan keyin uni DHCP mijoziga yuboradi. 


258 
7.19- rasm. Mijoz va server ikki turli xil tarmoqda

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin