298
Fizik.
Kompyuter tizimlarini o‘z ichiga olgan sayt yoki
saytlar zararli yoki yashirin buzg‘unchilardan fizik himoyalangan
bo‘lishi kerak. Mashina xonalari ham, mashinalarga kirish huquqiga
ega terminallar yoki ishchi stansiyalar ham xavfsiz bo‘lishi kerak.
Inson.
Avtorizatsiya ehtiyotkorlik bilan bajarilishi kerak,
tizimga faqat tegishli foydalanuvchilar kira olishini ta’minlash.
Shunga qaramay, hatto vakolatli foydalanuvchilar ham boshqalarga
ularning tizimga kirish huquqlaridan foydalanishga ruhsat berish
uchun (masalan, pora evaziga) "taklif qilinishi" mumkin.
Operatsion
tizim.
Tizim
tasodifiy
yoki
qasddan
buzilishlardan o‘zini himoya qilishi kerak. Masalan, stekni to‘lib
qolishi ruhsatsiz jarayonni boshlashga imkon berishi mumkin.
Tarmoq.
Zamonaviy tizimlardagi kompyuter ma’lumotlari-
ning aksariyati xususiy ijaraga berilgan liniyalar, Internet kabi ulanish
liniyalari, simsiz ulanishlar yoki kommutatsiya liniyalari orqali
uzatiladi. Tarmoqda uzatilayotgan ma’lumotlarni tutib olish
kompyuterga kirish kabi zararli bo‘lishi mumkin.
Xavfsiz axborot tizimi - bu
1.
Ruhsat etilmagan kirishlardan ma’lumotlarni himoyalovchi,
2.
Foydalanuvchiga doimo ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor
turuvchi,
3.
Shuningdek, ma’lumotlarni ishonchli saqlash va ularni
o‘zgarmasligini kafolatlovchi tizimdir.
Xavfsiz tizim maxfiylik, yaxlitlik va imkoniylikbilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: