313
foydalanuvchi har safar tizimga kirishga harakat qilganida noyob
parol talab qilinadi. Bir martalik parol ishlatilgan bo‘lsa, uni qayta
ishlatib bo‘lmaydi. Bir martalik parol turli yo‘llar bilan amalga
oshiriladi:
Tasodifiy raqamlar - foydalanuvchilarga tegishli alfavit bilan
birga raqamlari bosilgan kartalar beriladi. Tizim tasodifiy tanlangan
bir nechta alifboga mos keladigan raqamlarni so‘raydi;
Maxfiy kalit - foydalanuvchiga foydalanuvchi identifikatori
bilan taqqoslangan yashirin identifikatorni yaratishi mumkin bo‘lgan
apparat ta’minoti taqdim etiladi. Tizim har safar tizimga kirishdan
oldin yaratilishi kerak bo‘lgan yashirin identifikatorni talab qiladi.
Tarmoq paroli - ba’zi tijorat ilovalari ro‘yxatdan o‘tish uchun
kiritilishi kerak bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tgan telefon yoki elektron
pochtaga foydalanuvchiga bir martalik parollarni yuboradi.
Dostları ilə paylaş: