Bulutli hisoblashlar va bulutli hisoblashlar uchun OTlar
Bulutli hisoblashlar (cloud computing)
. ATning eng ommaviy
rivojlanishi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. "Bulut" (cloud) bu endi
Internet yoki boshqa kommunikatsion tarmoq orqali (masalan, ATM
tarmoq orqali) taqdim etiladigan servislarni aks ettirish uchun o‘nlab
yillardan beri ishlatib kelinayotgan metafora hisoblanadi.Bulut
hisoblashlar Internet orqali servislar sifatida mumkin bo‘lgan va
ishlatiladigan va yuqori unumdor ma’lumotlarga ishlov berish
34
markazlari (data centers) yordamida amalga oshiriladigan dinamik
masshtablashtiriladigan (scalable) va virtuallashtirilgan resurslarga
(ma’lumotlar, ilovalar, OT va boshqalarga) asoslangan hisoblash
modeli hisoblanadi.
Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan individual foydalanuvchida
bo‘lmagan quvvatli hisoblash resurslaridan foydalanish uchun turli
kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan “bulutlar” to‘plami
(umumiy mumkin bo‘lgan, korporativ, xususiy va boshqalar) mavjud.
“Bulut” servislari pullik.
Bepul
servislardan
Windows
Liveni
aytish
mumkin
(http://www.live.com;).
Bulut
hisoblashlarning
kamchiligi
foydalanuvchi u foydalanadigan “bulutga” (u foydalanadigan
ma’lumotlar va dasturlar mumkin bo‘lgan) to‘liq bog‘liq bo‘lib qolishi
va nafaqat “bulutdagi” kompyuterlarni, balki hatto
o‘z
ma’lumotlardan zahira nusxa ko‘chirishni boshqara olmasligidan
iborat.
Shu sababli bulut hisoblashlarning xavfsizligi, foydalanuvchilar
ma’lumotlarining konfidensialligi va boshqalar haqidagi qator muhim
masalalar vujudga keladi. Ularning hammasi hozirgi vaqtda
yechilmagan. Ma’lumotlarga ishlov berish markazlari apparaturalari
nuqtai nazaridan bulut hisoblashlarni tashkil etishning jiddiy
muammosi elektr energiyasini tejash va yuklanishni taqsimlash
muammosi hisoblanadi, chunki har bir ma’lumotlarga ishlov berish
markazida bulutli hisoblashlarga millionlab olisdagi foydalanuvchilar
ega.
Eng ommaviy “bulut” platformalari Microsoft Windows Azure
(bulutli OT) va Microsoft Azure Services Platform (Microsoft.NET
asosida amalga oshirilgan) hisoblanadi. Foydalanuvchiga buning
uchun
zarur
resurslarga
ega
bo‘lmasligi
mumkin
bo‘lgan
kompyuterida uni o‘rnatish haqida zarurat bo‘lmaydi.
Web-brauzer va brauzer orqali bulut servislarni ishga tushirish
foydalanish uchun minimal sozlashlar paketi (plug-ins) talab qilinadi
xalos. Hozirgi vaqtda yirik kompaniyalar (Microsoft, IBM, HP, Dell,
Oracle va boshqalar) o‘z bulutli hisoblashlar tizimlarini ishlab
chiqishmoqda. Ushbu korporativ tizimlarni foydalanuvchiga mumkin
bo‘lgan yagona “bulutga” integratsiyalash (birlashtirish) yo‘nalishi
mavjud.
|