U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   253
os

Jarayonlarni 
rejalashtirishni 
amalga 
oshiradigan 
rejalashtiruvchilar 
Operatsion tizimda jarayonlarni rejalashtirish odatda bir nechta 
rejalashtiruvchilar tomonidan amalga oshiriladi, ularning har biri o‘z 
chaqiruvlar davriga va o‘zi hal qiladigan o‘ziga xos vazifasiga ega. 
Rejalashtiruvchi (
scheduler
)bu – maxsus tizim dasturi bo‘lib, 
jarayonlarni turli usullar bilan rejalshtirishni amalga oshiradi. Asosiy 
maqsadi vazifani tizimga taqdim qilish uchun tanlash va qaysi 
jarayonlarni bajarishni hal qiladi. 
Rejalashtiruvchilar 3 turda bo‘ladi: 

Uzoq muddatli rejalashtiruvchi (
Long-Term Scheduler
); 

O‘rta muddatli rejalashtiruvchi (
Medium-Term Scheduler
); 

Qisqa muddatli rejalashtiruvchi (
Short-Term Scheduler
). 
Uzoq muddatli rejalashtiruvchi
(vazifalarni rejalashtiruvchi) – 
qaysi jarayonlarni tayyor jarayonlar navbatiga o‘tkazish kerakligini 
belgilaydi. 
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi
(protsessorni rejalashtiruvchi) 
– keyingi bajarilishi kerak bo‘lgan jarayon va qaysi jarayonlar 
protsessor bilan ta’minlanishi kerakligini belgilaydi. 
O‘rta muddatli rejalashtiruvchi
(jarayonlarni almashtirishni 
rejalashtiradi) – vaqtni taqsimlash rejimini amalga oshirish uchun 
tizimga yozishni va almashtirishni rejalashtiruvchi qo‘shilishi 
mumkin, u qaysi foydalanuvchi jarayonlarini xotiraga va diskka 
ko‘chirish (
swapping
) kerakligini belgilaydi.


55 
Rejalashtiruvchilar va jarayonlarning xususiyatlari. Har bir 
rejalashti-ruvchining, shuningdek har bir jarayonning o‘ziga xos 
xususiyatlari bor.
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi juda tez-tez chaqiriladi, masalan, 
kamida keyingi protsessor kvant vaqtining tugashi, shuning uchun u 
juda tez va samarali amalga oshirilishi kerak.
Uzoq muddatli rejalashtiruvchi nisbatan kamdan-kam hollarda 
chaqiriladi, chunki tizim jarayonni tayyor jarayonlar holatiga o‘tkazish 
to‘g‘risida qaror qabul qilmaydi. Shuning uchun u nisbatan sekin 
bajarilishi mumkin, unchalik samarali amalga oshirilmaydi.
Bunday rejalashtiruvchini o‘z ichiga olgan tizimning sxemasi 
quyidagi 2.13- rasmda keltirilgan. 
2.13- rasm. Foydalanuvchi jarayonlarini xotiraga va diskka ko‘chirish 
sxemasi 
Ammo, umuman olganda tizimning asosiy vazifasi - iloji boricha 
ko‘proq jarayonlarga xizmat ko‘rsatish, aynan uzoq muddatli 
rejalashtirish multidasturlash darajasini (koeffisientini) – tizimning 
vaqt birligida xizmat qiladigan jarayonlar sonini aniqlaydi.
Jarayonlarning o‘zi ham ularni rejalashtirish nuqtai nazaridan 
boshqacha harakat qilishi mumkin. Jarayonlar quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: 


56 

Kiritish/chiqarishga yo‘naltirilgan (I/O bilan bog‘langan - 
(
I/O bound
)) – hisoblashga qaraganda kiritish/chiqarishga ko‘proq 
vaqt sarflaydigan jarayonlar. Bunday jarayonlar odatda protsessor 
vaqtining ko‘pgina qisqa kvantlarini sarflaydi. 

Protsessordan foydalanishga yo‘naltirilgan (CPU bilan 
bog‘langan – 
CPU bound
) - bu ko‘p vaqtini hisoblash uchun 
sarflaydigan jarayonlardir. Bunday jarayonlar protsessor vaqtining oz 
sonli uzoq muddatli kvantlarini sarflaydi. 

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin