Qachon rejalashtiriladi Rejalashtirishning kalit so‘zi qarorni qabul qilish vaqti bo‘ladi.
Rejalashtirish talab qilinadigan turli xil holatlar mavjud.
Birinchidan, jarayonlarning qaysi biri birinchi bajarilishini
aniqlashtiruvchi yangi jarayonni yaratish. Har ikkala jarayon
tayyorlilik
holatida
joylashganligi
sababli,
rejalashtiruvchi
jarayonning onasi (parent process) yoki uning farzandlarini (child
process) tanlashga asoslanib qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Ikkinchidan, rejalashtiruvchi jarayon tugayotganda qaror qabul
qilishi kerak bo‘ladi. Jarayon boshqa bajarilmaydi (endilikda u
mavjud bo‘lmaydi), shu bois bajarishga tayyor bo‘lgan jarayonlar
ichidan birortasini tanlash kerak bo‘ladi. Agar jarayonlar bajarishga
tayyor bo‘lmasa, odatda tizim bo‘sh jarayonni ishga tushuradi.
Uchinchidan, jarayon belgiga yoki biron bir boshqa jarayonni
tanlash asosida kiritish/chiqarish operatsiyasini yakunlanishini
kutishda bloklansa jarayonni bajarish uchun boshqa biron bir
jarayonni tanlash kerak bo‘ladi. Ba’zida bu rolni bloklash bajaradi.
Masalan,
A muxim rolni o‘ynayapti va
B jarayonni paydo bo‘lishini
kutayotgan bo‘lsa, u holda
A jarayon ishlashni davom ettirishga imkon
berish uchun uni tang sohasidan ushbu jarayonni chiqishiga imkon
berib
B jarayonga bajarish navbatini taqdim etadi. Lekin murakkab
tarafi, odatda rejalashtiruvchi ma’lumotlarga bog‘liq bo‘lgan zarur
axborotlarga ega bo‘lmaydi.
To‘rtinchidan, rejalashtiruvchi kiritish/chiqarishda to‘xtalishlar
paydo bo‘lganda qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi. Agar
kiritish/chiqarish operatsiya yakunlangan bo‘lsa, kutishida bloklangan
qandaydir jarayonda o‘z ishini yakunlab kiritish/chiqarish qurilmasida
to‘xtalish bo‘lib o‘tgandan so‘ng, ishlashga tayyor bo‘lishi mumkin.
Rejalashtiruvchi qandaydir jarayonni ishga tushirish bo‘yicha qaror
qabul qilishi kerak bo‘ladi.