U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   253
os

Vazifa va jarayon holatlari 
Vazifani rejalashtiruvchi yangi (new) va tugatish (finished) 
holatlariga, jarayonlarni rejalashtiruvchi esa tayyorlilik (ready), 
bajarilish (running) va kutish (waiting) holatlarini boshqaradi. Jarayon 
operatsion tizimdan vazifa rejalashtiruvchisiga uzatilganida uning 
(jarayonning) holati har doim yangi (new) sifatida o‘rnatiladi. Barcha 
jarayonlar dastlab vazifani rejalashtiruvchiga kelib tushadi. Qachonki 
jarayon vazifa rejalahtiruvchisidan jarayon rejalashtiruvchisiga 
o‘tkazilganda uning holati tayyorlilik (ready) holatiga o‘zgartiriladi. 
Agar protsessor ishlash uchun tayyor bo‘lsa (bo‘sh bo‘lsa) barcha 
kelayotgan jarayonlarni ko‘zdan kechiradi va ma’lum algoritmlar 
asosida ularni tanlaydi va xotirani bo‘sh deb hisoblab, jarayonni 
bajarishni boshlaydi. Jarayonning holati bajarilayotgan (running) ga 


70 
o‘zgartiriladi. Oldindan belgilangan vaqtdan so‘ng jarayon to‘xtatiladi 
va boshqa bir jarayon (bajarilish uchun) protsessorni egallaydi. 
To‘xtatilgan jarayonning holati jarayon rejalashtiruvchisi tomonidan 
tayyorlilik (ready) holatiga o‘zgartiriladi. Jarayonlarning bunday 
almashtirilishi oldindan rejalashtirish siyosati deb nomlanadi. Agar 
jarayon ishga tushirilganda foydalanuvchi yoki boshqa jarayon 
tomonidan kiritish/chiqarish amali bajarilishini kutsa, u holda jarayon 
kutish (waiting) holatiga o‘tkaziladi. Kiritish/chiqarish jarayoni 
yakunlanganligi 
haqida 
xabar 
kiritish/chiqarish 
qurilmasidan 
jarayonni 
rejalashtiruvchiga 
yetkazilganda 
jarayonning 
holati 
tayyorlilik 
(ready) 
holatiga 
o‘zgartiriladi. Nihoyat, jarayon 
yakunlanganida yoki xatolik yuz berganida jarayon (oldindan) 
tugatiladi va uning holati tugatishga (finished) o‘tkaziladi. Odatda, 
jarayon holatining o‘zgarishlari jarayonni rejalashtiruvchi tomonidan 
amalga oshiriladi, va vazifani rejalashtiruvchiga bu o‘zgarishlar 
haqida axborot beriladi. Shundan so‘ng vazifani rejalashtiruvchi 
holatni tugatishga (finished) o‘zgartiradi.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin