U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   253
os

CPU sikli 
CPU sikli 
CPU sikli 
K/Ch sikli 
K/Ch sikli 
K/Ch sikli 


68 
2.17- rasm. Protsessor faoliyati davrlarining taxminiy gistogrammasi 
Diagramma shuni ko‘rsatadiki, faoliyat davri qanchalik qisqa 
bo‘lsa, bunday davrlarning chastotasi shunchalik yuqori va aksincha, 
faoliyat davrlarining chastotasi ularning davomiyligiga teskari 
proporsionaldir.
Protsessorni rejalashtiruvchi 
Rejalashtiruvchi - xotiraga yuklangan va bajarishga tayyor bir 
nechta jarayonlardan birini tanlaydigan va ulardan biri uchun 
protsessorni ajratadigan OT komponenti hisoblanadi. 
Rejalashtirish bo‘yicha yechimlar quyidagi hollarda qabul 
qilinishi mumkin, agar jarayon:
1.
Bajarilish holatidan kutish holatiga qayta ulanadi (masalan, 
jarayon kiritish/chiqarish qurilmasi ishini tugashini kutsa). 
2.
Bajarilish holatidan bajarishga tayyorlik holatiga o‘tishga 
qayta ulanadi (masalan, uzilish sodir bo‘lganda).
3. Kutish holatidan tayyorlik holatiga qayta ulanadi (masalan, 
kiritish/chiqarish hodisasi tugashi bilan).
4. Yakunlanadi.
1- va 4- turlardagi rejalashtirish jarayonni uzmasdan 
rejalashtirish (non-preemptive) atamasi bilan belgilanadi. 2- va 3- 
turlardagi 
rejalashtirish 
jarayonni 
uzish 
bilan 
rejalashtirish 
(preemptive) atamasi bilan belgilanadi. 


69 
Protsessor menejeri 2 quyi menejerdan tashkil topadi: 
1. Vazifani rejalashtiruvchi; 
2. Jarayonni rejalashtiruvchi. 
1. Vazifani rejalashtiruvchi 
Vazifani rejalashtiruvchi yuqori darajadagi rejalashtiruvchi 
hisoblanadi va uning funksiyalari quyidagicha: 

Vazifalarni kirish navbatidan tanlab oladi; 

Ularni xarakteristikasiga qarab jarayonlar navbatiga 
kiritadi; 

Maqsad: vazifalarni tizim resurslaridan maksimal 
foydalanish tartibida joylashtirish; 

Resurslarni 
doimiy 
band 
holatda 
saqlashni 
tashkillashtiradi. 

Kiritish/chiqarish 
va hisoblash 
o‘rtasidagi o‘zaro 
muvozanatni ta’minlaydi. 
2. Jarayonni rejalashtiruvchi 
Jarayonni rejalashtiruvchi past darajadagi rejalashtiruvchi 
hisoblanadi va uning funksiyalari quyidagicha: 

Jarayonlarni bajarilishi uchun protsessorni taqsimlaydi;

Protsessor resurslarini qachon va qancha muddatga 
olishini belgilaydi; 

Uzilishlarni qayta ishlashni hal qiladi; 

Qachon jarayon to‘xtatilishini va qayta tiklanib 
prtosessordan foydalanishini tashkil qiladi. 

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin