U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   253
os

Nazorat savollari 
1. Xotirani boshqarish nima uchun kerak? 
2. Xotira menejeri qanday vazifalarni bajaradi?
3. Xotira qurilmasi turlari va bir-biridan farqlari? 
4. Xotirani boshqarish uchun operatsion tizim funksiyalarini 
keltiring. 
5. Manzil turlari va bir-biridan farqlarini tushuntiring. 
6. Fizik xotira nima? 


127 
7. Mantiqiy xotira nima? 
8. Manzillar bog‘lanishini tushuntiring. 
9. Bir foydalanuvchilik xotira sxemasini tushuntiring. 
10. Belgilangan qismlarni tushuntiring. 
11. Dinamik qismlarni tushuntiring. 
12. First-fit algoritmini tushuntiring. 
13. Best-fit algoritmini tushuntiring. 
14. First-fit algoritmining Best-fit algoritmidan farqini 
tushuntiring. 
15. O‘zgaruvchan qismli sxemalarni tushuntiring. 
16. Sahifali xotirani tushuntiring. 
17. Almashtirish (swapping) nima uchun kerak?
18. Sahifali xotirani tushuntiring. 
19. Qo‘shni xotirani taqsimlashni tushuntiring. 
20. Segmentli xotirani tushuntiring. 
21. Virtual xotira nima? 
22. Sahifani almashtirish nima uchun kerak? 
23. Sahifani almashtirish algoritmlarini keltiring. 
24. Segmentli va sahifali xotiraning bir-biridan farqi? 
25. Sahifali xotiraning afzalliklari va kamchiliklari. 
26. Best-fit algoritmi afzalliklari. 


128 
IVBOB. KOMPYUTER TASHQI QURILMALARINI 
BOSHQARISH 
Operatsion tizim jarayonlar, xotira, fayllarniboshqarishdan 
tashqari kompyuterga ulangan barcha kiritish/chiqarish (K/Ch) 
qurilmalarini boshqarishni ham ta’minlashi kerak. OTning asosiy 
vazifalaridan biri dasturlar va kompyuter yordamchi (periferik) 
qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlashdir. Aslida, 
ushbu vazifani bajarish uchun operatsion tizimlarning prototiplari 
bo‘lib xizmat qiladigan birinchi tizim dasturlari ishlab chiqilgan. 
Zamonaviy OT larda yordamchi qurilmalar bilan ma’lumot almashish 
funksiyalari kiritish/chiqarish quyi tizimi tomonidan amalga 
oshiriladi. Ushbu quyi tizimning mijozlari nafaqat foydalanuvchilar va 
ilovalar, balki tizim ma’lumotlarini olishlari yoki ularni namoyish 
qilishlari kerak bo‘lgan OTning ba’zi komponentlari, masalan, 
jarayonni boshqarish quyi tizimi, faol jarayonni o‘zgartirganda, 
to‘xtatilgan jarayonning kontekstini diskka yozishi va diskdan ishga 
tushurilgan jarayonning kontekstini o‘qishi kerak. Kiritish/chiqarish 
qurilmalarining asosiy komponentlari tashqi qurilmalarni va fayl 
tizimini boshqaradigan drayverlardir.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin