131
Boshqaruvning murakkabligi. Printer
uchun nisbatan sodda
interfeys kerak, diskga esa – ancha murakkabroq. Bu farqlarning OT
ga ta’siri kiritish/chiqarish kontrollerlarni murakkablashi bilan bartaraf
etiladi;
Ma’lumotlar uzatish birligi. Ma’lumotlar bloklar yoki bayt
yoki belgilar oqimlari bilan uzatilishi mumkin;
Ma’lumotlarni taqdim etish. Turli qurilmalar ma’lumotlarni
kodlashning, shu jumladan, belgilarni kodlash
va juftlikni nazorat
qilish, turli sxemalaridan foydalanadi;
Xatolik shartlari. Xatoliklar tabiati, ular haqida xabar berish
usuli, ularning asoratlari va ehtimolli javoblari bir qurilmadan boshqa
qurilmaga o‘tganida keskin farqlanadi.
Ba’zi eng keng tarqalgan qurilmalarning ma’lumot uzatish
tezligi 4.1- jadvalda keltirilgan.
Kontroller qurilmasi
Kiritish/chiqarish qurilmasi mexanik va
elektr komponentlardan
iborat. Bu komponentlar ko‘p holatlarda maksimal model va modelni
umumlashtirish maqsadida mantiqiy ajratilishi mumkin. Odatda u
shaxsiy kompyuterlarda kengayuvchan slotga o‘rnatiladigan ma’lum
bir ko‘rinishli plata shaklida bo‘ladi. Mexanik komponentlar -
qurilmaning o‘zi. Odatda kontroller platasi asosiy qurilmaning o‘ziga
kabel orqali ulanishi mumkin bo‘lgan qismlar bilan jihozlangan
bo‘ladi. Ko‘plab
kontrollerlar ikki, to‘rt, xatto sakkizta qurilmalarni
boshqarish imkoniyatiga ega. Agar kontroller va qurilma o‘rtasida
interfeys standart bo‘lsa, unda belgilangan rasmiy standartlar ANSI,
IEEE yoki ISO, yoxud alohida qurilma
va kontrollerlar ishini
soddalashtirish uchun chiqarilgan standartlar mavjud. Ko‘plab
kompaniyalar SATA, SCSI, USB, Thunderbolt yoki FireWire (IEEE
1394) bilan mos keladigan qattiq disklarni ishlab chiqaradilar.
Ko‘plab kichik kompyuterlar yagona shina modeli bo‘yicha
tashkil qilingan qurilmalar bilan birga ishlaydi (4.1-rasm). Ko‘plab
mashina,
meynfreymlar
(dastlabki
superkompyuterlar)
kiritish/chiqarish
kanali
deb
ataladigan
ixtisoslashtirilgan
kompyuterlarga kiritish/chiqarish xizmatini ko‘rsatish uchun bir
nechta shinali modelni ishlatadi. Bunday tashkil qilish asosiy
protsessorda yuklamani pasaytirishga imkon beradi.
132
4.1- rasm. Protsessor, xotira, kiritish/chiqarish va boshqa
kontrollerlarni ulanish modeli
Qurilma va kontroller o‘rtasidagi interfeys qisman past pog‘ona
interfeysi hisoblanadi. Masalan, biron bir qattiq disk sektor hajmi 512
bayt bo‘lgan yo‘lakga 2000000 sektor uchun formatlanishi mumkin.
Darhaqiqat,
kontroller
sektor
sarlavhasidan
(kirish
qismi)
boshlanadigan ketma-ket bit oqimlarini oladi,
keyin sektorda mavjud
bo‘lgan 4096 bitni kuzatadi va
xatolikni to‘girlash kodi
(Error-
Correcting Code) deb nomlangan nazorat summasi ohitiga yetadi.
Sektor sarlavhasi formatlanayotgan (shakl berilayotganda) vaqtda
diskga yoziladi. Boshqaruv qurilmasining vazifasi ketma-ket oqimni
baytlar blokiga aylantirish va kerak bo‘lganda xatoliklarni tuzatishdir.
U silindr va sektor raqami, sektor hajmi, sinxronizatsiyalash axboroti
va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Blok bayti odatda kontroller buferida
bitdan bitlarni to‘playdi. So‘ng blok nazorat
summasini tekshiradi va
agar u sektor sarlovhasida ko‘rsatilgan bilan mos tushsa, uni xatosiz
deb e’lon qilgandan so‘ng, uni tezkor xotiraga ko‘chirishi mumkin.
Monitor
kontrolleri
(videokontroller)
past
pog‘onadagi
qurilmalar kabi bitli ketma-ketlikda ishlaydi. U xotira baytlari
hisoblaniladi va o‘z ichiga signalni tasvirlash
va shakllantirish
belgilarini oladi, elektron trubka nurlarini modulyatsiyalashda
ishlatiladi, uni ekranda rasmini chiqaradi. Bundan tashqari,
videokontroller signalni shakllantiradi,
elektr nurlarni vertikal va
gorizontal joylashishini boshqaradi. Bu signallar suyuq kristall
ekranlarda alohida piksellarda ko‘rsatiladi va ularni yorug‘roq
ko‘rsatadi.
Protsessor
Xotira
Video
kontroller
Klaviatura
kontrolleri
USB
kontrolleri
Qattiq disk
kontrolleri
Shina
133
Kontrollerning ayrim qurilmalari asosan, disk bosqichma-
bosqich to‘xtalishi juda qiyin. Masalan, zamonaviy diskni o‘quvchi
kontroller qurilmalari bir necha megabaytli ichki xotiraga ega.
Kontrollerni o‘qish operatsiyasini bajarish
natijasida kerakli silindr
ko‘rsatilgandan so‘ng ma’lumotlarni hisoblash va saqlash amalga
oshiriladi (sektorga kirishga ruhsat berishni kutib o‘tirmaydi). Bunday
keshlash ma’lumotlar so‘rovi ketma-ketligida samaraliroq bo‘ladi.
Talab qilinayotgan ma’lumotni olingandan so‘ng kontroller sektorlar
ketma-ketligida keshlashni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Shunga
o‘xshash mexanizmlar diskga murojaat qilmasdan o‘qish, ko‘plab
so‘rovlariga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: